O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat
Download 0.95 Mb.
|
иш юритиш мажмуа
Ko‘rsatma idoralarda xabarsifat metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjatlardan biridir. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muxadis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi, buyruq kabi sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos qismida, falon “masalada”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llanadi va “YUKLAYMAN”, “TAVSIYA ETAMAN” so‘zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa “TAVSIYA ETAMAN” so‘zlari qo‘llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqnikiga o‘xshash bo‘ladi.
Ko‘rsatma namunasi:
Yo‘riqnoma qonun yoki boshqa normativ hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjatlardan biridir. Bu hujjat muassasa mansabdor shaxs va fuqarolarning tashkiliy, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va boshqa maxsus faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o‘rnatish maqsadida davlat boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi va rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi. Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari : 1. Hujjatning eng yuqori qismida joy olaligan tasdiqlash ustxati. 2. Hujjatning sarlavhasi, nomi (YO‘RIQNOMA). 3. Matn (kirish qismi, bo‘limlari, kichik bo‘limlari va h.k.). 4. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi sharifi, uning imzosi. 5. Yo‘riqnoma tuzilgan vaqti (sanasi) va tartib raqami, shartli raqami (indeksi). Zaruriy qismning 1-raqamida tasdiqlovchi so‘z (“TASDIQLAYMAN”), davlat boshqaruv organi rahbari lavozimi ko‘rsatilgan yozuv, uning imzosi, sanasi bo‘ladi. Masalan, “TASDIQLAYMAN” Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori . . (imzo) 2013 yil 15 yanvar YOki tasdiqlovchi buyruq yoinki yig‘ilish qarorining qaydi (tartib raqami, sanasi) keltiriladi: O‘zR Fanlar akademiyasi Hay’ati qarori bilan tasdiqlangan: Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling