O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet50/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdek, biror ishga (masalan, taftish o‘tkazishga yoki ma’lum bir tashkilot xodimi ekanligiga) kafolat beruvchi hujjatdir.
Guvohnomaning zaruriy qismi:
1. Hujjat nomi (GUVOHNOMA).
2. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi.
3. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi sharifi.
4. Lavozimi.
5. Guvohnomaning qaysi vaqtgacha amal qilish sanasi.
6. Idora rahbarining imzosi.
7. Rasmi (surati).
8. Tashkilot muhri.
Tashkilotdan biror xodimni xizmat safariga yuborishda unga xizmat guvohnomasi beriladi. Uning zarouriy qismlari:
1. Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnoma).
2. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi.
3. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi sharifi.
4. Boriladigan joy nomi.
5. Xizmat safari muddati.
6. Xizmat safariga asos bo‘lgan buyruq yoki farmoyish tartib raqami, sanasi.
7. Guvohnomaning orqa tomoniga: xizmat safarida bo‘lgan joylar nomi, u erga etib borgan va jo‘nab ketilgan vaqtlar qaydi (imzo va muhr bilan tasdiqlanadi).
Xizmat safari guvohnomasi muassasa rahbari buyrug‘idan so‘ng xodim qo‘liga beriladi. Xizmat safariridan qaytgach, guqohnoma o‘z tashkiloti rahbariyati imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Umuman, Xizmat safari guvohnomasini rasmiylashtirishda muhrlar va imzolar bo‘lishi shart, aks holda xizmat safari bilan bog‘liq safarlar bo‘yicha moliyaviy hisob-kitob qilishda guvohnoma hujjat vazifasini o‘tamaydi. Xizmat safari guvohnomasi namunaviy shakldagi bosma ish qog‘oziga rasmiylashtiriladi.
Xizmat safari haqida xodim qisqa hisobot ham yozib topshiradi.
Xizmat safari guvohnomasi namunasi:

Old tomoni Namunaviy shakl № 288
XIZIAT SAFARI GUVOHNOMASI


1990 y.14” 04. Toshkent 2-avtosozlash korxonasining boshlig‘i
№ 108 . Diyor Sobirovich Akobirovga .
. . (lavozimi va ismi sharifi)
(adresi, muhr) O‘zR Avtomobil transporti vazirligi tomonidan berildi, u
Toshkent.sh. dan (ruvohnoma bergan tashkilot nomi)
jo‘nab ketdi Gorkiy shahriga. Avtomobil zavodiga xiziat safariga yuborildi. (jo‘natilgan joyning nomi)
1990 y. “16” 04.
(muhr) Xizmat safari muddati 6 kun-zavod bilan shartnoma tuzish
(xizmat safari uddati va maqsadi)
Asos: buyruq (farmoyish)
1990 y. 14.04 № 21
Pasport ko‘rsatilganda haqiqiy deb hisoblansin:
seriyasi V-TA № 8215
Tashkilot rahbari
(imzo)
(muhr)






Orqa tomoni

Xizmat safarida bo‘lganligi to‘g‘risida qaydlar: bo‘lgan joylari va jo‘nab ketgan vaqtlari:


sh. dan jo‘nab ketdi Gorkiy sh.ga etib keldi
19 y. . 1990 y. 16. 04 .
muhr imzo muhr imzo


Gorkiy sh. dan jo‘nab ketdi . sh. ga etib keldi
1990 y. 21.04 . 1990 y. 22.04 .
muhr imzo muhr imzo


sh. dan jo‘nab ketdi . sh.ga etib keldi
19 y. . 19 y. .
muhr imzo muhr imzo


sh. dan jo‘nab ketdi . sh.ga etib keldi
19 y. . 19 y. .
muhr imzo muhr imzo


SHaxsga muayyan malaka berilganligi haqidagi guvohnoma va shu turdagi guvohnomalarda uning muddati ko‘rsatilmaydi, bularda malaka komissiyasi raisi va a’zolari imzosi bo‘ladi. Biror shaxsga muayyan imtiyoz berilganligi haqidagi guvohnoma matnida tegishli qonun yoki hukumat qaroriga havola yozilishi kerak.
Xizmat safari bo‘yicha hisobotining zaruriy qismlari:

  1. Sarlavhasi : idora rahbarining lavozimi, ismi sharifining bosh harflari va familiyasi, kim tomonidan qanday topshiriq uchun hisobot berilyapti.

  2. Hujjatning nomi (Hisobot).

  3. Hisobot matni (“Sizning topshirig‘ingizga binoan” iboralar bilan bshlanadi, topshiriq vanday bajarilganligi aniq ma’lumotlar bilan bayon qilinadi va xulosa yasaladi).

  4. Ko‘pincha ilovalar ham ko‘rsatiladi.

  5. Hisobot beruvchining lavozimi, ismi sharifining bosh harflari va familiyasi, imzosi.

  6. Hisobot yozilgan sana (vaqti).

Xizmat safari bo‘yicha hisobotlarning namunalari:



“Asal “qandolatchilik fabrikasi direktori
B.I. Olimovga
qiyom sexi boshlig‘i D.A.Raximovaning
Germaniya Fedirativ Respublikasiga
xizmat safari haqida

HISOBOTI

Men, D.A.Raximova, 2001 yil 18-24 dekabr kunlarida Germaniya Fedirativ Respublikasining qandolatchilik fabrikalarida xizmat safarida bo‘ldim. Safardan maqsad u erdagi qandolatchilik fabrikasidagi ishlab chiqarish ilg‘or texnologiyasi bilan tanishish va tajriba almashish edi. Safar davomida bir necha fabrikaning ilg‘or sexlarida bo‘ldim. Qiyom sexi ish jarayoni bilan bafsil tanishdim. Fabrikalarning qiyom sexi keyingi yillarda yangi uskunalar bilan qayta jihozlanganligi natijasida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlari sifati yaxshilangan, xili ko‘paygan va xom ashyo ancha tejalgan. Sexlarda ish zamonaviy usulda tashkil etilgan, ishchilarning maoshi ancha oshgan.
Xullas, u erdagi fabrikalardagi ko‘pgina yangiliklar bilan tanishdim. Bizning fabrikamizga ham u erdagi kabi yangi uskunalarni o‘rnatilsa, xususan, seximizga ham yangiliklarni joriy etilsa qiyom xilini yanada ko‘paytirish mumkin bo‘ladi. Buning uchun men u erdagi fabrikalar rahbariyati bilan yangi uskunalarni qaerdan olish mumkinligi xususida fikrlashdim.
Sex boshlig‘i (imzo) D.A. Raximova



Xizmat safari bo‘yicha hisobxona (buxgalteriya) hisob-kitobi uchun maxsus ish qog‘ozi mavjud :

Old tomoni Namunaviy shakl № 280



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling