O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet58/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Hisobot muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu boradagi takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hislbotlar keng qo‘llaniladi. Uning zaruriy qismlari quyidagicha:
1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan bajarilyapti.
2. Hujjatning nomi (Hisobot).
3. Hisobot matni.
4. Lavozimi, ismi sharifi (bosh harfi), familiyasi, imzo.
5.Sana.
6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.

Hisobot namunasi:



Bulung‘ur tumanidagi A.T.Raxmonov


boshqarayotgan fermer ho‘jaligining
2002 yilda rejjadashtirilgan
ishlarning bajarilishi haqida

H I S O B O T


Fermer xo‘jaligi tasarrufidagi ekin ekiladigan 100 gektar erga yil boshida 10 turdagi ekin ekish rkjjarashtirilgan edi. SHundan 8 tur ekin ekildi. Ikki tur – ukrop va kashnich sharoit yo‘qligi tufayli ekilmay qoldi. Yil oxirida rejadagi 2000 tonna o‘rniga 2030 tonna sabzavot maxsulotlari olindi. 3 gektar tokzorda 90 tonna xo‘raki uzum etishtirildi. Bu rejadagidan 26 tonna ko‘p. Kartoshka,sabzi, piyoz, pamidor gektar boshiga avvalgi yildagiga qaraganda bu yil 2-3 tonna ko‘proq ktishtirldi. Pamidor rejadagidan 3 tonna kam olindi. Sababi obi-havo noqulay kelishi oqibatida pomidor tanasi kasallandi.
Ho‘jaligimiz ishida o‘rnak ko‘rsatgan a’zolaridan: T. Turobov, T. Salimov, O‘.Ho‘jaev (oila pulrati), T.Hakimov (oila pudrati), R.G‘aniev hisoblanadilar. SHu bois yil yakuni bo‘yicha ular xizmatlari inobatga olinib, moddiy va ma’naviy rahbatlantirishga loyiq topildi.
Fermer ho‘jaligi boshlig‘i- imzo A.T.Raxmonov
2002 yil 3 yanvar.

Majlis bayonidan ko‘chirmasi ham mavjud zarurat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buruqdan ko‘chirmada bo‘lganidek, majlis bayonidan ko‘chirmada ham imzo bilan tasdiqlanadi.
Majlis bayonidan ko‘chirmasida quyidagi asosiy qismlar bo‘lishi talab etiladi:
1. Tashkilot nomi.
2. Hujjatning nomi (Majlis bayonidan ko‘chirma).
3. Majlis sanasi.
4. SHartli raqam.
5.Majlis bayoni tuzilgan joy.
6. Matn: a). KKN TARTIBI; b). ESHITILDI; v). QAROR QILINDI kabi qismlari matni.
7. Imzolar
8. Nusxa tasdiqlanganlig i haqida belgi.
Agar majlisda bir necha masalalar muhokama qilingan bo‘lsa, faqat kerakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror ko‘chirmasi olinadi.
Majlis bayonidan ko‘chirmasidan namuna:

O‘zFA TIL VA ADABIYOT INSTITUTI ILMIY YIG‘ILISHINING 17-SONLI


MAJLIS BAYONIDAN KO‘CHIRMA


1990.26.01.
Toshkent shahri
KUN TARTIBI:
3. “Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug‘ati” kitobini nashrga tavsiya etish.
R. Doniyorov axboroti.
3. ESHITILDI:
R.Doniyorov – Ilmiy kengash a’zolarini “Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug‘ati” bilan batafsil tanishtirdi. U ushbu lug‘at 10 ming so‘zni qamraganligi, ularning har biri hozirgi kun talabi darajasida izohlanganligini ko‘rsatib o‘tdi.
3. QAROR QILINDI:
1. “Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug‘ati” nashrga tavsiya etilsin.
2. Mas’ul muharrir etib filologiya fanlari doktori E.Begmatov tasdiqlansin.
3. O‘zRFA Til, adabiyot, tarix bo‘limi byurosidan ushbu qarorni tasdiqlash so‘ralsin.

Rais - imzo B.Nazarov


Kotib - imzo R.X.SHaripov



Xizmat safari bo‘yicha o‘ziga xos hisobotlar ham mavjud. Bu hisobot namunalari oldinga mavzuda qayd etilgan.





Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling