O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet61/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Tushuntirish xati xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir. YUqori ta’rifdan ko‘rinadiki, tushuntirish xati xuddi ma’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xususiyatga ega. Tushuntirish xatining ham zaruriy qismlari va yozilish shakli ham arizaga o‘xshash bo‘ladi. Faqat arizadagidan chiqish kelishigida emas, balki qaraiqich kelishigida rasmiylashtiriladi.
Tushuntirish xatining ham zaruriy qismlari:
1.Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdorshax sning to‘liq nomi.
2. Hujjat tayyorlangan(yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi.
3. Hujjatning nomi (Tushuntirish xati).
4. Hujjat matni (mazmuni).
5. Imzo.
6. Sana (hujjat yozilgan vaqt).

Toshkent qishloq xo‘jalik mashinalari zavodi


Ta’minot bo‘limining boshlig‘i A.Z. Alimovga
Haydovchi (shafyor) H.Rahimovdan

TUSHUNTIRISH XATI


Topshirig‘ingizga muvofiq shu yil 14 iyunda Bekoboddagi O‘zbekiston metallurgiya zavodi bizga ajratilgan quyma shakllarni olib kelish uchun ketgan edim. Biroq avtomashinamning noshozligi tufayli yarim yo‘ldan yuksiz qaytib kelishga majbur bo‘ldim.
(imzo) (H.Rahimov)
2013yil 15 iyul






Qurilish fakulteti dekani R. Otaxonovga
3-kurs talabasi Olima Islomovadan

TUSHUNTIRISH XATI


2009-yilning 20-oktabridan 10-noyabrigacha kasalligim tufayli darsga kela olmadim.
Ilova: kasal bo'lganim haqidagi ma'lumotnomani ilova qildim.
(imzo) (Olima Islomova)
2009. 11.11.

Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi shaxsga ishonch bildiradigan yozma shakldagi vakolatli hujjatdir. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum, boyliklarning olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi. Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat vazifasi) va shaxsiy turga bo‘linadi.
Rasmmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari:
1. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi.
2. Ishonchnoma tartib raqvmi va berilgan vaqti (sanasi).
3. Ishonchnoma berilayotgan (ishon bildirayotgan) shaxsning lavozimi va to‘liq nomi (ismi sharifi, familiyasi).
4. Qimmatdor buyumlar olinadigan(beriladigan) muassasaning nomi.
5. Ishonchnomaning berilish sababi.
6. Ishonchnomaning amal qilish iuddati.
7. SHonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi.
8.Moddiy buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma).
Qayd etilgan zaruriy qismlar aniq va buzilmasdan-tuzatishlarsiz ramiylashtirilishi shart, aks holda ishonchnoma hujjat sifatida o‘z kuchiga ega bo‘lmaydi (qabul etilmaydi).


Tashkilotga xos to‘rt burchak muhri (xo‘jalik ning to‘liq nomi, ishochnoma raqami va vaqti-20.13.22.01) aks etadi

ISHONCHNOMA
Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi 75-sonli qurilish-montaj zavodi-ning bosh iqtisodchisi Ahmad Salimovich Eshmatovga Bekobod qurilish jihozlari korxonasi bilan 2013 yilning 2 va 3-choragida zavodga 60 mingta qo‘rilishbob g‘isht va 100 tonna ohak etkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzish hamda mazkur topshiriq bilan bog‘liq barcha ishlarni bajarishga vakolat beradi.
Ishonchnoma 2013 yilning 5 fevraligacha amal qiladi.
Zavod direktori (imzo) A.Bobobekov
(yumaloq muhr)

Ishonchnoma namunalari:
Xizmat ishonchnomalari, asosan, muassasa yoki tashkilotning maxsus tayyorlangan gerb alomatli boma ish qog‘ozida rasmiylatiriladi. Unda hujjatda uchburchak muhr bosilmaydi, zero uchburchak muhrda qo‘yiladiga (talab etiladigan) ma’lumotlar uchun boma ish qog‘ozda o‘rin ajratilgan bo‘ladi.

Oddiy (shaxsiy) ishonchnoma namunasi:



ISHONCHNOMA


Men, Olim Qodirovich Raximov, turmush o‘rtog‘im Anisa Ne’iatovna Rahimovaga SamDAQI kassasidan mening 2013 yil sentyabr oyi uchun yozilgan (beotladigan) maoshimni olishga ishonch bildiraman.
(imzo) O.K.Rahimov
2013 yil 10 noyabr

O.K.Rahimovning imzosini tasdiqlayman


Institut kadrlar bo‘limi yoki bosh hisobchisi (imzo) S.Komilova
(muhr)
2013 yil 12 noyabr






ISHONCHNOMA


Men, “Iqtisodiyot” fakultetining 1-kurs talabasi Qosim Mirzaeqich YOqubov kursimiz talabasi SHavkat Turobovich Hakimovga (V,XIII-YUC seriyadagi 686520 raqamli pasportiga ega) institut kassasidan menga tegishli 2013 yil iyun oyi stipendiyasini olish uchun ishonch bildiraman.

2013 yil 28 may (imzo) Q.M.YOqubov


K.M.YOqubovning imzosini tasdiqlayman
“Iqtisodiyot” fakultetining dekani (imzo) K.S. Olimov
(muhr)
2013 yil 30 may


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling