O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet64/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Tasdiq xati ma’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so‘rovlarga javob tarzida yoziladigan xabarning bir turidir. Masalan,

Sizni xom ashyo so‘rab 12 yanvarda jo‘natgan A – 22-18 raqamli xatingirzni olganligimizni tasdiqlaymiz. Bu to‘g‘ridagi bizning javobimiz 22 yanvargacha xabar qilinadi.








Bugun, 5 iyunda Sizdan bizning byurtmamiz bo‘yicha maxsulot ishlab chiqarayotganligingiz haqida xabar berilgan telegrammani oldik. O‘z vaqtida


qaytarilgan javob uchun Sizlarga minnatdorchilik bildiramiz.






15 iyundagi Sizning 200 000 (ikkiyuz ming) g‘isht so‘rab yozgan 10125 raqamli xatingizni olganligimizni tasdiqlaymiz.Biroq ayni paytda zavod o‘zida mavjud buyurtmalarni bajarishga ulgurmayotganligi sababli Sizning iltimosingizni bajara olmasligimizni ma’lum qilamiz.





Farmoyish xati bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‘llangan rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u tashkilot qaramog‘idagi korxonalarni u yoki bu masala haqida xabardor qiladi yoki tegishli farmoyishlar beradi. Ba’zi farmoyish xatlarda matnga nisbatan manzillar nomi ko‘proq joy egallaydi. SHu bois ham ularda xat yo‘llanayotgan tashkilotlarning umumiy nomi yozilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan: “Barcha tuman maoruf bo‘limi boshliqlariga; Barcha maktab direktorlariga; Barcha litsey va kollej direktorlariga” kabi.
Farmoyish xatlar bosh muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Agar xat matnida moliyaviy hisob masalalaribo‘lsa, bosh hisobchi ham imzo chekadi. Bosh rahbar imzolangan xatning bir nusxasi muassasada asliyat sifatida saqlanadi, boshqa nusxalari esa umumiy bo‘lim yoki muassasa kotibi tomonidan tasdiqlanib tarqatiladi.
Farmoyish xati namunasi:



O‘zR Fanlar akademiyasining


barcha ilmiy muassasalari va
tashkilotlari rahbarlariga

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1988 yil 28 sentyabrdagi 347 raqamli qarorlarini bajarish uchun fan bo‘limlariga joriy yilning 25 noyabrigacha muassasa qaramog‘idagi bo‘limlarning takliflari asasida chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni O‘zRFA Hay’atida umumlashtirish va tasdiqlash uchun O‘zRFAning respublika oliy maktablari bilan aloqalar kengashiga taqdim etish topshirilsin.


O‘zbR Vazirlar Kengashi tadbirlarining komleks rejasidan ko‘chirma ilova qilinadi.
Vitse-prezident: (imzo) E.YUsupov






Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling