O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet57/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

FARRUX ZOKIROV
Biletlar soat 11 dan sotilmoqda.



Majlis bayoni turli yig‘ilish, kengash, va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarinining chiqishlarini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi hujjatdir.Majlis bayonining yozilishini shakllantirish kotibning asosiy vazifasidir. Majlis bayonlari turli organlarning doimiy tayinlab qo‘yilgan kotiblari tomonididan yig‘ilish jarayonida yozib borilib, rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish yuruvchi organlar majlislarida esa yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu vazifani bajaradi.
Majlis bayonining asosiy zaruriy qismoari:
1. Muassasa nomi.
2. Ish ko‘ruvchi tashkilot yoki yig‘ilish nomi.
3. Hujjatning nomi (Majlis bayoni).
4. Yig‘ilish sanasi.
5. SHartli raqami.
6. Yig‘ilish joyi.
7. Tasdiqlash ustxati (agar majlis bayoni tasdiqlanishi zarur bo‘lsa).
8. Yig‘ilish raisi va kotibning ismi sharifi.
9. Matn : a). Qatnashuvchilar ro‘yxati yoei soni; b) .Kun tartibi; v).Eshitildi; g). So‘zga chiqdilar; d).Qaror qilindi (bularning barchasi o‘z o‘rnida bosh haoflar bilan yoziladi- KUN TARTIBI, ESHITILDI, SO‘ZGA CHIQDILAR, QAROR QILINDI kabi) .
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa).
11. Imzolar.
Majlis bayonidan namunalar:

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA


VA QURILISH INSTITUTI QURILISH FAKULTETI KASABA UYUSHMASI
TASHKILOTI UMUMIY YIG‘ILISHINING 3-SONLI
M A J L I S B A YO N I
2013. 13.02.
Samarqand shahri
Rais – M. S. Raximov
Kotib - S.P.Mahmudov
QATNASHDILAR : 65 kishi (ro‘yxat ilova qilinadi)
KUN TARTIBI :
1.Kasaba uyushmasi tashkiloti a’zolarining yarim yillik ish faoliyati. Ma’ruzachi O.Karimov.
2. Kasaba uyushmasi tashkilotining ikkinchi yarim yil uchun tuzilgan ish rejasini tasdiqlash. Ma’ruzachi O.L.Solieva.
3. Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan adabiy-badiify kecha uyushtirish. S. Hamdamovning axboroti.
1. ESHITILDI:
O. Karimov – m’ruza matni ilova qilinadi.
SO‘ZGA CHIQDILAR :
E.Salomov – nutqining qisqa mazmuni yoki savoli yoziladi.
K.Jalolov– nutqining qisqa mazmuni yoki savoli yoziladi.
QAROR QILINDI:
( Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi).
2. ESHITILDI:
O.L.Solieva – Ma’ruzaning qisqa mazmuni yoki to‘liq bayoni yoziladi.
SO‘ZGA CHIQDILAR:
T.Ahmedlva – nutqining qisqa mazmuni yoki savoli yoziladi.
QAROR QILINDI:
( Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi).
3. ESHITILDI:
S. Hamdamov axboroti – (Axborotning mazmuni bayon qilinadi).
QAROR QILINDI:
( Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi).
Rais – imzo M. S. Raximov
Kotib - imzo S.P.Mahmudov


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling