O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet53/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Tavsiyanoma biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun tavsiya etuvchi rasmiy hujjatdir. Tavsiyanomalar ijodiy uyushmalar, muassasa ma’muriyati yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Har qanday tavsiyanoma matnida tavsiya qilingan shaxsning xususiyatlari-mutaxassis sifatida malakasi, ishchanligi, oilaviy, aqloqiy jihatlari va ijtimoiy faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, tavsiya etilayotgan lavozimga yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarga a’zo bo‘lishiga munosib ekanligiga ishonch bildiriladi.
Tavsiyanomalar ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi. Shu sababli ham tavsiyanomalarning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanomalar shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa shaxsning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi. SHuningdek, turli mukofotlarga taqdim etish ham tavsiyanoma zimmasida bo‘ladi.
Tavsifnoma va tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari o‘xshashdir ular quyidagilardan iborat :
1.Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar (ismi sharifi, familiyasi, tug‘ilgan yili, millati, partiyaviyligi, ma’lumoti, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni).
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma).
3. Matn.
4. Imzolar.
5. Sana.
6. Muhr.
Tavsifnomaning “ishlab chiqarish tavsifnomasi”,“tavsifiy tavsiyanoma”, “partiyaviy tavsifnoma” kabi bir qancha turlari bor.

Tavsifnoma namunalari:





Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
iqtisodiyot fakultetining 4 kurs talabasi,
19780 yilda tug‘ilgan, o‘zbek Nazar SHaripovga
TAQSIFNOMA
Nazar SHaripov 2010 yilda mazkur institutdagi iqtisodiyot fakultetining 1-kursiga o‘qishga kirdi. Institutda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. O‘quv mashg‘ulotlariga jiddiy yondoshadi va dars jarayonida o‘tilgan har bir mavzularni qunt bilan o‘zlashtib olishga harakat qiladi. U ayniqsa, iqtisod va matematika fanlariga alohida qiziqish bilan qaraydi. 2009 yilning apred oyida talabalarning Respublika ilmiy nazariy konferensiyasida “O‘zbekistonnning bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” nomli ma’ruza bilan qatnashdi. Uning botboshimiz I.A.Karimovning shu mavzuda yozgan asari asosida qilgan ilmiy ma’ruzasi faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
N.SHaripov fakultet va institut miqyosidagi jamoat ishlariga faol qatnashib keladi. U fakultetning “YOsh iqtisodchi” devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi hamda institut kasaba uyushmasining a’zosi. N. SHaripov aql-zakovat, bilimdonlik talab etadigan har qanday ishda o‘zini ko‘rsata oladi va o‘ziga topshirilgan vazifani dadillik bilan bajarishga harakat qiladi. U kamtarin va to‘g‘ri so‘z, do‘silarga nisbatan doim g‘amxo‘r va mehribon. SHu bois fakultet jamoatchiligi, xususan kursdoshlari unga hurmat-ehtirom bilan qarashadi.
Tavsifnoma Samarqand shahar kasaba uyushmasiga tashkilotiga taqdim qilish uchun berildi.
Iqtisodiyot fakulteti dekani: (imzo) T.Salimov
Kasaba uyushmasining raisi: (imzo) O‘. Qayimov
(iuhr)
(sana)




O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Til va adabiyot institutining katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi, 1968 yilda tug‘ilgan, o‘zbek, partiyasiz, oliy ma’lumotli Salim Kattaevga
TAVSIFIY TAVSIYANOMA

Salim Kattaev Toshkent universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatib, 1991 yil oktyabr oyidan boshlab O‘zFA ning Til va adabiyot institutida lobarant, 1992 yildan-kichik ilmiy xodim, 1995 yildan hozirgi paytgacha katta ilmiy xodim vazifasida ishlab kelmoqda.


Institutda ishlash jarayonida S.Kattaev o‘zbek tilshunosligining muhim va dolzarb masalalarini mustaqil tadqiq qilishga layoqatli olim sifatida tanildi.Uning ilmiga qiziqish faoliyatining ko‘llami juda keng.
S.Kattaev 1985 yilda “O‘zbek tili leksikasining tadrijiy taraqqiyoti” mavzuida fan nomzodligi dissertatsiyasini mkvaffaqiyatli himoya qildi. Uning jurnal va to‘plamlarda 30 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabob maqolalari chop etildi. Jumladan, u ko‘gina respublika miqyosidagi va xorij ilmiy anjumanlarda maruzalari bilan ishtirok etdi. SHuningdek, institutning rejali ishlarini badarishda va jamoatchilik tshlarida ham faol ishtirok etadi.S.Kattaev institut yosh olimlari kengashi raisi va kasaba uyushmasi tashkiloti byurosining a’zosi. Umuman, u institut jamoasi orasida alohida hurmatga ega.
S. Kattaev muntazam ravishda respublika radiosi orqali hukumatimiz qarorlarini, shuningdek, fan-texnika yangiliklari, o‘zbek filologiyasi sohasida erishilgan yutuqlarni targ‘ib qilib keladi. Rejali ishlarda muqaffaqiyatli vatnashganligi va jamoat ishlarida faolligi uchun S.Kattaev bir necha marta institut ma’ikriyati tomonidan pul mukofotlari va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan. Ayniqsa, u doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat, sabr-toqat bilan ishlaydi.
S.Kattaev har ishda tashabbuskor jur’atli, to‘g‘ri so‘z, ma’naviy etuk, o‘z safdoshlariga nisbatan doimo mehribon va g‘amxo‘r. Uylangan ikki bolasi bor.
O‘zRFA Til va adabiyot institutining ma’muriyati Salim Kattaevni “O‘zbek tili va turkiy tillar” mutaxassisligi bo‘yicha 2 yil muddat bilan Turkiyada ishlash uchun tavsiya etadi.
Tafsivnoma institut Ilmiy kengashi yig‘ilishida tasdiqlangan (2000 yil 15 maydagi 10-majlis bayoni)
O‘zRFA Til va adabiyot institutining direktori imzo T.M.Mirzaev
Kasaba uyushmasi tashkilotining raisi. imzo A.V. Matvaliev
(muhr) (sana)
O‘zR Toshkent shahri hokimiyat ma’muriyati Salim Kattaevni mutaxassisligi bo‘yicha 2 yil muddat bilan Turkiyada ishlash uchun tavsiya etadi.
O‘zR Toshkent shahar hokimi imzo
(muhr) (sana)


TAVSIYANOMA


Men Gulchehra Xoliqovani 1990 yildan beri yaqindan taniyman. SHu yildan boshlab Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti “Tillarni o‘rganish” (“O‘zbek tili va adabiyoti”) kafedrasida birga ishlaymiz. Bu davr ichida o‘zbek tili mutaxassisli bo‘yicha etakchi mutaxassis, katta o‘qituvchi, mohir pedagog sifatida tanildi bir necha uslubiy ko‘rsatma va qo‘llanmalar yaratdi. Uning o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari bo‘yicha yozgan ishlari, bir qancha maqolalari ilmiy puxtaligi bilan ajralib turadi.Har yili iqtidorli talabalarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilib, ularni institut ilmiy anjumanlariga tayyorlaydi.Talabalar yotoqxonasida vaqt-vaqti bilan ma’naviy-madaniy sohalar bo‘yicha maroqli davra so‘hbatlari, turli mavzularda ma’ruzalar qilib keladi.


G.Xoliqova nafaqat pedaglglik va ilmiy sohada, balki oilaviy-aqloqiy jihatdan va ijtimoiy faoliyat sohasida ham namunali insondir. U o‘ziga topshirilgan ishni halol va maromiga etkazib bajaradi. Intizomi va qatiyatligi bilan jamoada oboo‘ qozongan, totuv oilaning boshlig‘i. Institut ijtimoiy hayotida ham faol qatnashib kelmoqda, bir necha yillar davomida institut xotin-qizlar va kasaba uyushmasi tashkilotining a’zosi bo‘ldi.
G.Xoliqovaning yuqoridagi singari fazilatlari uning har qanday mas’ul ishni bajara olishiga ishonch bildirishga asos bo‘ladi. SHu bois men Gulchhra Xoliqovani O‘zR “Xalq ta’limi alochisi” mukofotiga tavsiya etishga loyiq deb bilaman.

(imzo) Filologiya fanlari doktori U.S.Sanaqulov


2013 yil 16 iyun




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling