O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat
Download 0.95 Mb.
|
иш юритиш мажмуа
Tavsifnoma ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir. Tavsifnoma muassasa ma’muriyati tomonidan o‘z xodimlariga bir qancha maqsadlar uchun (ma’lum bir o‘quvga, vazifaga, mansabga-lavozimga saylashga, tavsiya etilishiga yoki o‘quv yurtiga kirishda, horijiy mamlakatlarga chiqishida va boshqa yumushlarda) beriladi. Tavsiyanomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va aqloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch asosiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismida shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya’ni uning mutaxassisligi, aynan shu korxona yoki tashkilotda qaysi muddatdan bo‘yon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi. Ikkinchi qismida uning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassisligi bo‘yicha mahorati, siyosiy va iqtisodiy bilimlarini oshirishi, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy axvoli, xulq atvori, hatto ba’zida siyrati, ishdagi o‘rtoqlariga munosabati, xodimning qanday hukumat mukofotlariga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlar, berilgan ma’muriy jazolar ham qayd etiladi. Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilganligi ko‘rsatiladi. Tavsifnoma matni 3-shaxs tilidan yoziladi. Tavsifnomaga qoidaga ko‘ra uch shaxs muassasa boshlig‘i, ma’naviyat tashkilotining rahbari va kasaba uyushmasining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifnoma xodimning qo‘liga beriladi yoki talab qilingan muassasaga jo‘natiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling