O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Mustaqil ish mavzularining qisqacha mazmuni


Download 0.95 Mb.
bet9/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Mustaqil ish mavzularining qisqacha mazmuni
1-mavzu. Rasmiy va shaxsiy xat, ularning farqlari. (Badiiy adabiyotdagi shaxsiy xat namunalarini tahlil qilish, shaxsiy xat namunalarini yozish, uning rasmiy xatdan farqini tushuntirish; Rasmiy murojaat, xatga asosnoma, iltimos yoki tashakkur bayoni, taklif yoki e'tiroz bildirish shakllari, ulardan namunalar tayyorlash). Rasmiy-idoraviy hujjatlar matnining xususiyatlari, tinish belgilarini qo'llash me'yorlari. (Matnning zaruriy qismlari, ularning mazmuni va til vositalarini belgilash). Buyruq, farmoyish matnlarining leksik-sintaktik qurilishi. (Buyruq, farmoyish matni namunalarini tayyorlash, matnda so'zlarning bir ma'noda kelishi, fe'llarning majhul daraja va buyruq-istak maylida qo'llanishi, fikrning aniqligini ta'minlash) 2 soat.
2-mavzu. Shaxsiy hujjat turlari, uning zaruriy qismlari tuzilishi. (Tarjimai hol, ariza, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma va boshqalar matnlar namunasini tayyorlash). Shaxsiy hujjat matnlarining leksik-uslubiy xususiyatlari. (Shaxsiy ma'lumotlarni ifodalovchi hujjat matnlarida dalil, aniq sana, sabab-maqsadini yoritish uchun xizmat qiluvchi til vositalari, ularning rasmiy uslubda qo'llanishi) 1 soat.
3-mavzu. Tavsifnoma, tavsiyanoma matnlari qismlarining o'zaro bog'lanish yo'llari. (Tavsifnoma, tavsiyanoma matnlari namunasini tayyorlash, matn- ning kirish, asosiy qism va xulosasining bog'liqligini ta'minlash). 2 soat
4-mavzu. Majlis bayonnomasi, uning ko'chirmasiga xos leksik-sintaktik vositalar. (Majlis bayonnomasi, uning ko'chirmasi va shartnoma namunalarini tayyorlash, til vositalarini tahlil etish). Bayoniy matnning til xususiyatlari. (Matnning tuzilishi, mazmuniy qismlari tarkibi, bosh harfda yoziladigan qismlari, fe'l shakllarining mosligi va boshqalar).2 soat.
5-mavzu. Hisobot, dalolatnoma, ma'lumotnoma, bildirish tarzidagi matnlarda ifoda uslubi. (Bunday matnlar namunasini tayyorlash. Xabar mazmunini asosiy va qo'shimcha ma'lumotlar bilan to'ldirish, ma'lumotlarning aniqligi va ixchamligini ta'minlash). Ushbu hujjatlar matnining tahriri. (Matn mazmuni asosida xat boshi(abzats) jumlalarini belgilash, ortiqcha va takror so'zlarni chiqarish, uslubiy jihatdan ta'sirchan vositalarni kiritish, gaplarni o'zgartirish, fikrning aniqligi va boyligini ta'minlash) 1 soat.
6-mavzu. Ta'rif-mulohaza matnli hujjat turlari, ularning matnini tuzish til xususiyatlarini belgilash. (Ta'rif-mulohaza mazmunli matnlarda ishga baho berish, taqqoslash, umumlashtirish uchun qo'llanadigan kiritmalar, modal so'zlar, ularni to'g'ri tanlash va qo'llash). 2 soat
7-mavzu. Taqriz, annotatsiya tarzidagi matnlarda munosabat, dalil-asos, isbot-xulosa ifodasi. (Taqriz, annotatsiya, rezyume matni namunalarini tayyorlash, til vositalarini tahlil etish). .Fikr ifodasining mantiqiyligi, izchilligi, asosiyligi, fikrni madaniy va mantiqiy ifodalashning usul va yo'llari. (Fikrni asoslashda iqtibos(o'itata), maqol va hikmatlardan foydalanish. Olinma gapni aynan va o'zlashtirib qo'llash masalasi). 1 soat.
8-mavzu. Komp`yuterda hujjat matnini tayyorlash, tahrir qilish, o'zgartirish va yangilash. Internet fakslaridan foydalanish.(Murakkab tuzilishli hujjatlar (ish rejasi, raqamli hisobot va b.) tayyorlash. Komp`yuterda matn yozishda turli xil o'lchov va ko'rinishdagi
shriftlardan foydalanish). Kompyuterda bosma ish qog'ozlari ustida ishlash. (Tayyor bosma ish qog'ozlarini tayyorlash va to'ldirish, so'rovlarga aniq va qisqa javob yozish malakasini o'stirish). 2 soat
9-mavzu. Xalqaro munshaot matnlarining asosiy belgilari. (Xalqaro rasmiy hujjat namunasini tayyorlash, ularning tarjima matnida aynanlikni saqlash yo'llari).Ish yuritishda hujjatlarni qabul qilish va jo'natishda kompyuter, telefon, telegraf aloqalardan foydalanish uchun matnlarni tuzish (1 soat).

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling