O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kartoshkaning M-virusi (KMV) [R/1:*/6:E/E:S/Ap] ham karloviruslar
oilasiga mansub bo‗lib,butun dunyoda tarqalgan. Virusni birinchi marta B.X. Nurmiste (1956) aniqlangan [11].Buvirus o‗simlikda bargning mozaikali buralishi kabi kasallik belgilarini keltirib chiqaradi va uchki yosh barglarda vegetatsiyaning birinchi yarmida yaxshi namoyon bo‗ladi [9,17]. KMV kartoshkaning L-virusidan farqi, o‗simlikda umumiy xloroz alomatlarini keltirib chiqarmaydi hamda barg elastikligi yo‗qolmaydi [17].
Virus ipsimon ko‗rinishda bo‗lib, o‗lchami 660 × 13 nm ni tashkil etadi. Virionini 6% RNK, qolgan 94% ni esa oqsil tashkil etadi. Uning HTFY darajasi «paraktinkl» shtammida 60°C, tomirlar orasi mozaikasi 65-70°C va mozaikali buralish shtammi esa 70-75°C da o‗z aktivligini yo‗qotadi. Virusning OSD 10 -4
bo‗lib, xona haroratida 2-4 kungacha saqlanadi [9,10].
KMV mexanik usulda oson yuqadi, tabiiy sharoitda esa o‗simlik shiralarining Myzus persicae Sulz. va Myzus pelargonii (38%), Masrosiphum solanifolii Ashm. kabi turlari yordamida tarqaladi, ammo o‗simlikning bir-biriga tegishi orqali yuqmasligi aniqlangan [9].
Virus D. metel o‗simligida 8-14 kunda, D. tatula o‗simligida esa3 kundan so‗ng bargda xloritik dog‗larni [12,17], Vigna siensis va Nicotiana debneyi Domin.kabi o‗simliklarda10-14 kunda qoramtir doirasimon dog‗larni, Gomphrena globosa o‗simligida esa qizil halqali nekrozlarni keltirib chiqaradi [13]. Gollandiyada virusning uchta shtammi [22] aniqlagan bo‗lib, ular bir-biridan yuqumliligi bilan farqlanadi. Tabiiy sharoitda KMV botqoq quddusi (Stachus
bo‗ztikan (Sonchus sp.) kabi o‗simliklarni kasallantiradi va ular tanasida saqlanadi. Virus hosildorlikni 19,5%, tuganak tarkibidagi kraxmalni esa 0,9% gacha pasaytiradi [9,13,17].
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling