O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kartoshkaning A-virusi (KAV) [R/1:3,5/6:E/E:S/O] barcha kartoshka
yetishtiriladigan mintaqalarda tarqalgan bo‗lib, birinchi marta Myorfi va Mak-Key tomonidan simtomsiz «Ayrish Chifteyn» navidan ajratib olingan [28]. Virus kartoshka o‗simligida mozaika hamda barg plastinkasining to‗lqinsimon jingalaklanishi va kichrayishi kabi kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi [9].
KAV potiviruslar oilasiga mansub bo‗lib, virioni ipsimon ko‗rinishda, o‗lchami 730 × 15nm [4], virionning 6% ni RNK, 94% ni esa oqsil tashkil etadi. Virusning sedimentatsiya koeffitsenti 114S ni, HTFY kuchli shtammlarida 52°C, kuchsiz shtammlarida 40°C, OSD esa 10 -1 - 10
-2 ni tashkil etadi, virus xona haroratida 18-24 soatgacha saqlanadi[11].
KAV tabiiy holda bir qator o‗simlik bitlari, jumladan Aphis rhamni Fonse., Aulacorthum circumfletus Buckt., Masrosiphum cuphorbiae Thomas., Myzus persicae Sulz kabi turlari yordamida tarqaladi , ammo mexanik usulda yuqmaydi [12].
Virus Solanum demissum Lindl., Solanum demissum A-6, Lycopersicum pempinellifolium Mill.o‗simliklari bargida 6-8 kunda , Petunia hybrida o‗simligida esa 20-23 kunda o‗simlikning barcha qismida qoramtir dog‗larni keltirib chiqaradi [10]. Bu virusning «kuchsiz», «o‗rtacha kuchli» va «o‗ta kuchli» kabi bir qator shtammlari ajratilgan [4].
A.V. Krilov ma‘lumotiga qaraganda KAV ituzumdoshlar oilasi vakillaridan kartoshka, tamaki, do‗rmon, fizalis kabi o‗simliklarni, dukkakdoshlar oilasi vakillaridan ayrimlarini, jumladan, Cassiatora L., Melilotus italicus Lam. kabi o‗simliklarni kasallantiradi va ularda tanasida saqlanadi [9].
Virusning alohida o‗zi hosildorlikni qancha pasaytirishi haqida aniq ma‘lumotlar uchramaydi, ammo KXV bilan birgalikda kelganda hosildorlikni 60-80% gacha pasaytirishi keltirilgan [21]. |
ma'muriyatiga murojaat qiling