O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. Kartoshka o„simligi viruslari va virusli kasalliklari
Butun dunyoda kartoshka o‗simligini 20 dan ortiq viruslar kasallantirishi aniqlangan bo‗lib, ularning nomlanishi turli lotin harflari bilan belgilangan: X, S, M (K), A, Y, F (G), L va boshqalar [17]. Bu viruslarning har biri yoki bir nechtasi birgalikda kartoshka o‗simligini kasallantirib, unda turli xarakterli kasallik alomatlarining kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Ularga xol-xol (krapchatost) mozaika (X va S- viruslari), chiziqli (poloschataya) mozaika (Y-virusi), mozaikali burishish (morщinistaya) (Y, X va A-viruslari), bargning jingalaklanishi (kurchavost) (A-virusi), mozaikali buralish (mozaichnoe zakruchivanie) (M- virusi), bargning buralishi (skruchivanie) (L-virusi), aukuba-mozaika (F (G)-virusi) kabilar kiradi. Ayrim hollarda o‗simlikda kasallik alomatlari namoyon bo‗lmasdan yashirin holatda ham o‗tishi mumkin [6].
O‗zbekistonda kartoshka viruslari bir qator mualliflar [12] tomonidan o‗rganilgan bo‗lib, o‗simlikda kartoshkaning A,S,M,L,X kabi viruslari keng tarqalganligi aniqlangan [13] Quyida kartoshka hosildorligiga katta zarar keltiradigan bir qator viruslar haqida to‗xtalib o‗tamiz.
O‗simlik viruslarini nuklein kislotalari, ularning tiplari, virion tuzilishi va uning murakkabligi, virus yuqtiradigan xo‗jayinlari, tarqatuvchi hasharotlari va boshqa xususiyatlari kriptogramma ko‗rinishida beriladi. Kriptogrammada 4 juftli va 8 ta simvollar mavjud bo‗lib ular virusga aloqador ko‗pgina xususiyatlarni aks etdiradi. Hali aniqlanmagan viruslarning xususiyatlari yulduzcha (*) ko‗rinishdagi belgi bilan nishonlangan.
Kriptogrammada quyidagi elementlar bo‗lib, virus xususiyatlari harflar - simvollar orqali belgilanadi. Har bir kriptogramma 4 juft simvollardan iborat:
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling