O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Kartoshkaning mop-top virusi (KMTV)
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kartoshkaning mop-top virusi (KMTV) Bu viruni birinchi bo‗lib 1966-yilda Shotlandiya va Peruda, Calvert va Harrisonlar tomonidan aniqlangan. So‘nggi yillarda qator davlatlarda (Shimoliy Irlandiya, Angliya, Shveysariya, Niderlandiya va h.k.) ―mop-top‖ nomli virusli kasallikni tarqalishi tobora ko‘payib bormoqda. O‘simlik vegetatsiyasining qisqarishi poyalarni kalta bo`lib qolishiga, hosildorlikka, natijada esa o`simlikni nobud bo`lishiga olib kelmoqda. KMTV o`simlikda mozaika, barg to‗qimasini zararlanishi, barglarida aylana nekrozlar, kartoshka sariq dog‗lari,barg yaprog‗ining qisqarishi va barg buralishi, kasallangan o‗simliklarda poyasining pastligi va g‗ujlanib o‗sishi kabi alomatlarni keltirib chiqaradi[13]. Bu virus kartoshka tuganagida nekrotik xalqali dog‘lar, ko‘zchalarni o‘yiqlanishi, keyinchalik esa tuganaklarni kuchli darajada yoriq-yoriq bo‘lib qolishi va ularni ichki to‘qimalarini nekrotizatsiyasi kabi alomatlarni keltirib chiqaradi. Kasallikka chalingan o‘smliklar sharbatini olib elektron mikroskop yordamida kuzatilganda tayoqchasimon zarralar aniqlangan, ular bitta yoki tartibsiz ravishda to‘p-to`p bo‘lib joylashgani kuzatilgan. KMTV ning o‗lchami 100-150 yoki 250-300 nm, eni 18-20 nm kattalikda bo‗ladi. Virusning HTFY 75- 80 o
-2 -10
-4 , in vinto sharoitida 1 kunda yuqumliligini yo‗qotadi, ammo juda oz miqdori yashovchanligini 10 haftagacha saqlab qoladi. Bu virus bir o‗simlikdan ikkinchi bir o‗simlikka tuganak orqali yuqadi (tarqaladi) [17].
KMTV tabiiy holda kartoshka qora kuya zamburug‗lari tomonidan yuqadi (spongospora subterranea). Kartoshka o‗simligi rivojlanishiga qaramasdan KMTV yuqishi tuproqda mavjud bo‗lgan turg‗un viruslarga ham bog‗liq. Bu viruslar bir daladan boshqa bir dalaga tuganak tomonidan spongospora subterranea zamburug‗i sporasi bilan birgalikda ko‗chib o‗tishi aniqlangan. 1 4
Tuproqning kasallik tarqatishi tahlili. Tuproq namligini va tuproqdagi mavjud nematodalardan tozalash uchun tuproq 20 0 C da 2 hafta davomida quritiladi va nicotina debneyi ekiladi. N. debeyida 5-6 haftadan so‗ng poyadan barg yuzasini markaziga qarab tarqalgan yorqin nekrozlar hosil bo‗ladi. KMTV kartoshka o‗simligi barglarida paydo bo‗lganidan so‗ng Ch. amaranticolor o‗simligiga mexanik usulda yuqtirilganida, o‗simlikda yoyilgan kichkina aylanasimon xloritik dog‗lar paydo bo‗ladi va sekin asta bosqichma-bosqich aylanasimon xloritik dog‗lar kattalashadi va kasallikning asl ko‗rinishi namoyon bo‗ladi. Xloritik dog‗lar bargning katta qismini egallaydi. Lekin bu sistemali xloritik dog‗larni hosil qilmaydi. Ch. quinoada ham xloritik dog‗lar paydo bo‗aldi. N.tabaccum (oq Burley) N.clevandii va D.stramonium o‗simliklari bargidagi nekrozlar issiqxonada qishda ham paydo bo‗ladi. KMTV tobacco ga yuqtirilganda ch.amaranticolor o‗simligiga qaraganda 2 hafta oldinroq simptomlar paydo bo‗ladi [13]. Ba‘zi bir kartoshka navlarida (―Arran pilot”, “Konsul”, “Alfa”, “Ulster premier” va boshqalarda) kabilarni tuganaklarini 50 % yoki undan ortig‘i shikastlanishi aniqlangan . Mamlakatimizda ko‘p yetishtirilayotgan “Pskom”, “Umid”, “Zuxro” kabi navlarda ham KMTV uchrashi aniqlandi. Virus tuganak qismini iste‘molga yaroqsiz qilib kartoshkani savdo sifatiga salbiy ta‘sir ko`rsatadi. Bunda umumiy hosildorlik 25% gacha, kasallanishning juda kuchli darajasida esa xatto 50% gacha tushib ketishi aniqlangan[17].
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling