1.3. Fitopatogen viruslarni tarqatuvchi biologik omillar
Fitopotogen virusli, viroidlar va fitoplazmalar ularning tabiatda tarqalishi
uchun asosiy va yagona unsur bo‘lgan hashorotlar bilan chambarchas bog‘liq
(1-jadval). Viruslarni hashoratlar tufayli tarqalishi mumlinligi to‘g‘risidagi
birinchi malumot 1916-yilda paydo bo‘lgan. Jumladan tadqiqotlarda Aphis
gossypii shirasining bodring mazaykasi virusini tashuvchisi ekanligi isbotlangan.
Xozirgi kunda vektorlar qatoriga hashorotlarning turli oila vakillari ( Aphididae,
Chrysomelidae) kiradi.Bundan tashqari infeksiyani tarqalishida zamburug‘lar shu
jumladan: Olpidium, Spongospora va Polymyxa turkumlari ishtirok etadi. Hozirgi
kunda ushbu zamburug‘lar 20 dan ortiq viruslarning tarqalishida ishtirok etishi
aniqlangan. Kartoshka X –virusining tashuvchisi - Synchytrium endobioticum ,
bug‘doy mazaykasi virusi - Polymyxa graminis , tamaki nekrozi virusi va bodiring
nekrozi virusi –Olpidium brassicae hisoblanadi.Ulardan bazilarining tarqalishi
spetsifik bo‘ladi. Masalan Spongospora subterranean suv arisi sariq xol-xol
sharsimon virusi, boshqasi S Subterranean kartoshka uchki barglari ipsimon
virusining tarqalishin sababchisi ekanligi aniqlangan. Odatda qo‘zgatuvchilar bir
taksonomik guruhga mansub vektorlar tufayli o‘tishi mumkin.Shunday dalillar
ham mavjudki ularga ko‘ra masalan tamakining haqali dog‘lanishi virusi turli
1 7
avlod, turkum , oila va sinfga mansub tashuvchilar orqali ham tarqalishi mumkin
[9].
Do'stlaringiz bilan baham: |