O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Xorazm XVIII asrning ikkinchi yarmi — XIX asrning ikkinchi yarmida


Download 274.46 Kb.
bet8/9
Sana09.06.2023
Hajmi274.46 Kb.
#1467755
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish Just

Xorazm XVIII asrning ikkinchi yarmi — XIX asrning ikkinchi yarmida
1770-yillarda Xorazmda oʻzbek qoʻngʻirotlari sulolasi vakillari hokimiyat tepasiga keladi. Sulola asoschisi Muhammad Aminbiy edi. Bu davrda poytaxt Xivada Xorazm meʼmorchiligi durdonalari quriladi. 18-asrning 60-yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qoʻllab-quvvatlashiga erishgan oʻzbek qoʻngʻirot urugʻlari Xiva xonligida hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770-yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782-yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida qoʻngʻirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Bu bilan 19-asr boshlarida qoʻngʻirotlar sulolasi hokimiyatni rasman egallashiga zamin tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad Inoqlar chingiziy sultonlar nomidan hokimiyatni boshqargan boʻlsalar, ularning vorisi Eltuzar (1804—06) 1804-yilda oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shuning uchun ham Eltuzarxon Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasining 1-xoni hisoblanadi. Uning vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811-yilda bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham Xiva xonligi tarkibiga qoʻshib olgan. U oʻtkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan.
Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—55) davrlarida Xiva qoʻshinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv shahri uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha boʻlgan yerlarni boshqargan. 1855-yilda Saraxsni qamal qilish paytida Muhammad Aminxonning halok boʻlishi mamlakatda parokandalikka sabab boʻlgan. Abdullaxon (1855—56), Qutlugʻmurodxonlar (1856) 6 oydan koʻp hukmronlik qilmaslaridan oʻldirilgan. 1856-yilda taxtni Sayd Muhammadxon (1856—64) egallagan. Xiva xonligida soʻnggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II (1864—1910) boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan oʻsishi koʻzga tashlanadi. Lekin, 1873-yilda Rossiya Xiva xonligini bosib olgan, Muhammad Rahimxon II va K.P.Kaufman imzolagan Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan.
XIX asrda Budapeshtdagi Yevropa fanlar akademiyalaridan biriga lavozimda ishlagan Xorazmdan birinchi va Markaziy Osiyodan yagona olim tilshunos Mullo Isʼhoq (1836—1892) edi. Bu davrda ilk oʻzbek matbaachisi va noshiri Otajon Abdalov (1856—1939) oʻz faoliyatini boshladi. Matbaachilik faoliyatini 1874-yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. Otajon Abdalov 1876-yilda Abdunosir Farohiyning „Nisabussibyon“ asarini toshbosmada bosib xonga taqdim etdi. Bu kitob Xivadagina emas, balki butun Oʻrta Osiyo miqyosida birinchi bosma kitob hisoblanadi. Asfandiyorxon (1910—1918) Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—1913-yillarda vazir Islomxoʻja boshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan. 1914—1916-yillarda soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy ahvolning ogʻirlashishi sababli xalqning norozilik harakati kuchaydi. 1873-yili Muhammad Rahimxon II hukmdorligi davrida Xorazm Rossiya imperiyasiga tobe davlatga aylanadi. Qoʻngʻirotlar 1920-yilga qadar, Qizil Armiya bosqini natijasida agʻdarilgunga qadar, hukmronlikni oʻz qoʻlida saqlab qoldilar.

Download 274.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling