O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 274.46 Kb.
bet7/9
Sana09.06.2023
Hajmi274.46 Kb.
#1467755
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish Just

Moʻgʻullar davri
Jaloliddin Manguberdi, toʻliq oti — 'Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu noʻyonni 45 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Gʻazni yaqinidagi Parvon jangit Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullar ustidan ajoyib gʻalabani qoʻlga kiritadi. Biroq jangdan soʻng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari oʻlja ustida oʻzaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk oʻz lashkari bilan qolgan, xolos. Chingizxon katta qoʻshin toʻplab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oʻzi otlangan. Fapdiz qalʼasi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qoʻshinining ilgʻorini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qoʻshini Jaloliddin Manguberdini daryodan utishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda boʻlgan tengsiz jangda (qarang Sind daryosi boʻyidagi jang) magʻlubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning oʻng sohiliga suzib oʻtib, choʻl ichkarisiga kirib ketdi (Bu choʻl hozirda ham Choʻli Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, oʻz oʻgʻillariga qarab: „Ota oʻgʻil mana shunday boʻlishi lozim!“, degan.
Xorazm XV - XVIII asrning birinchi yarmida
1505-yilda Xorazm Muhammad Shayboniyxon davlati tarkibiga kirdi. Amudaryo oʻzanining oʻzgarishi munosabati bilan 1573-yili Xorazm poytaxti Xivaga koʻchirildi. XVII asrdan boshlab Xorazm Rossiya tarixshunosligida Xiva xonligi deb nomlana boshladi. Davlatning rasmiy nomi qadimiy nomi boʻyicha — Xorazm edi. 1511-yildan 1770-yilgacha Xorazmni shiboniylar sulolasi boshqardi. Xorazmning mashhur oʻzbek hukmdori Abulgozi-xon (Abul-gʻozi Bahodir-xon) (1603—1664), Shayboniylarning oʻzbek sulolasidan, tarixchi va yozuvchi edi. Abulgʻoziy ikkita tarixiy asarning muallifi sifatida tanilgan: „Turkmanlarning nasabnomasi“ (1661-yil yakunlangan) va „Turklar nasabnomasi“ (Qozon, 1852 va Peterburgda nashr etilgan, 1871); u Sablukov tomonidan baʼzi Yevropa tillariga, shu jumladan rus tiliga tarjima qilingan va nashrga joylashtirilgan. I. N. Berezin „Sharq tarixchilari kutubxonasi“ (III jild, Kaz., 1854). Xorazm dostonchilik maktabining yirik vakillari: Suyav baxshi (19-asr), Jumanazar baxshi, Ahmad baxshi, Matnazar Jabbor oʻgʻli, Bola baxshi, Xudoybergan Oʻtagan oʻgʻli, Ollobergan baxshi, Murod baxshi, Boltaboy baxshi, Jumaboy baxshi, Qodir sozchi va boshqa Ular repertuarida „Goʻroʻgʻli“ turkumi dostonlari, „Oshiq Gʻarib“, „Oshiq Maxmud“, „Oshiq Oydin“, „Tohir va Zuhra“, „Layli va Majnun“, „Tulumbiy“ kabi dostonlar mavjud.



Download 274.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling