O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universtiteti


Download 138 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi138 Kb.
#1511673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shokirov Farruh O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati.

Kirish.
Mavzuni dolzarbligi O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, bozor iqtisodiyotiga asta-sekin bosqichma-bosqich o’tishimiz, ko’p ukladli mulk shakllarining paydo bo’lishi jamiyatimizda ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar va fan texnikaning jadallik bilan rivojlanishi ta’lim mazmuniga, maktab hayotiga, qolaversa, dars mohiyatiga va mazmunining takomillashuviga, obyektiv omil vazifasini bajaradi. Respublikamizda ta’lim sohaida chuqur islohatlarning o’tkazilayotganligi, xorij ta’lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlar jahon ta’lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlar jahon ta’lim standartlariga yaqinlashishga intilish, darslik va o’quv dasturlari yangi dasturlarni yaratish darsni ixcham va qiziqarliroq shaklda tashkil etishimiz uchun zamin bo’ldi
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» deb nomlangan kitobida mamlakatimiz geosiyosiy o‘rni har tomonlama va chuqur tahlil etilgan. Unda O‘zbekiston qulay geostrategik o‘ringa ega ekanligi asoslab berilgan. O‘zbekiston qulay geostrategik o‘ringa egaligidan tashqari O‘rta Osiyo mintaqasining iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakati hamdir.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyoning markazida joylashgan bo‘lib, hududi shimoli g‘arbda Orol dengiz va Ustyurt platosidan, janubda Afg‘oniston bilan Amudaryogacha, sharq va janubi sharq tomonlarda Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog‘larigacha cho‘zilgan. Hududining eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu yerda qorli cho‘qqilar, baland tog‘ muzliklari, katta vodiylar, keng vohalar bilan birga bepoyon cho‘l va qir-adirlar mavjud.
O‘zbekistonning mezogeografik o‘rni ham makrogeografik o‘rniga o‘xshab ketadi. Shu bilan birga mamlakatning mikrogeografik (ya’ni O‘rta Osiyo mintaqasidagi) o‘rni qulay deb baholanadi. O‘zbekiston O‘rta Osiyo mamlakatlari o‘rtasida joy­lashgan, shuning uchun uning hududi boshqa mamlakatlar uchun ko‘prik vazifasini bajaradi.O‘zbekistonning makrogeografik o‘rni noqulay. U Dunyo okeanidan ancha uzoqda, materik ichkarisida joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish uchun shimol tomonda Qozog‘iston va Rossiya (Novorossiysk, Naxodka), Latviya (Klaypeda) portlari, janubi g‘arb tomonda Fors ko‘rfazidagi (Bandyr-Abbos) portga Turkmaniston va Eron hududlari orqali avtomobil va temiryo‘llarda borish mumkin. Undan tashqari Qirg‘iziston va Xitoy hudud­lari orqali (Toshkent-Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar-Tinch okean) Tinch okeanga, Afg‘oniston va Pokiston hududlari orqali hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. Ammo oxirgi yo‘nalish to‘g‘risida Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat yanada yaxshilangandan keyingina so‘z yuritish mumkin.

Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling