О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti ekologiya yo’nalishi ekologiya asoslari fanidan kurs ishi mavzu: Muhofaza etiladiga tabiiy hududlar


Download 309.5 Kb.
bet5/22
Sana08.01.2022
Hajmi309.5 Kb.
#253524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ro'ziyev H Kurs ishi

Gidrologiyasi: Qo‘riqxona hududi suv ayirg’ichlarining G’arbiy Tyanshanning ikki asosiy daryosi Chirchiq va Ohangaron havzasi hisoblangan qismida joylashgan. Qo‘riqxona hududida jami 10 ta kichik daryo oqib o‘tadi.

Martning oxiri va aprelning boshlarida daryolarda va anhorlarda suv toshqini kuzatiladi va yoz oyining oxiriga borib bosiladi. Barcha daryolar erigan qorlar va yomg’ir suvlari hisobiga to‘yinadi. Suv toshqining davomiyligi 100-140 kunni tashklil etadi. Daryolarda suvlar shirin va sanitariya holatiga javob beradi. Oqbuloq anhorida ikkita kichii ko‘l bor bo‘lib suv sathi 2-3 ga maydonni egallaydi. Bu yerda chiroyli va gO‘zal sharsharalar bo‘lib ulardan biri oqsoq otada joylashgan.

Qishda vodiy daryolarining qor qatlamlari bilan qoplanganligi, yozda sellar kelishi kuzatiladi.



  1. O‘simliklar dunyosi

Qo‘riqxonada 1168 turdagi yuqori o‘simliklar florasiga ega. Shulardan 6 tasi endem turdagi tog‘guli shirbo‘yini, pskom piyozguli, kachimsimon etmek,chO‘ziq pufanagi, qiziltomir astragal, komarov bO‘zboshi o‘sadi. Bundan tashqari qo‘riqxona florasi texnik dorivor, efirmoyli, mevali va yembop o‘simliklar genofondiga boy hisoblanadi. Asosiy o‘rmon o‘simnligi turiga archa kiradi, unimng zarafshon, yarimshar ko‘rinishidagi, stlanikovaya formasi uchraydi. Tog‘ qiyaliklarida grek yong’og’i, kavkaz qarqarasi, tog‘ pistasi,Semenov chinori, Tyanshan oq qayinini uchratiush mumkin.

Soy qirg’oqlarida va suv ayirg’ichlarida mevali daraxtlardan: Buxoro bodomi, olma, olcha, do‘lana, gilos, namatak, maymunjon, irg’aylar o‘sadi. Bahorda lolalar, shirachlar va cho‘l piongullari ochiladi.

Kavkaz karkasini mahalliy aholi tosh va temir daraxt deb atashadi. Chunki uning yog’ochi qalin, og’ir suvda cho‘kmaydigan xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Toshlarda va tuproq bo‘lmagan joylarda o‘sadi. Quruqlik davrida ham toshda o‘sishinini kuzatish mumkin, chidamli vat emir harakterga ega.

L.S.Krasovskaya va I.G.Levichevlarning bergan malumotlariga ko‘ra (1986) Boshqizilsoy maydonida 8,5 000 152 formatsiyaga ega fitotsenoz, Maydontol uchastkasida 124 formatsiyaga ega 58 turi ikki uchastkaga barobar tegishlidir. Lekin o‘simliklarning birlashmasi balandlikninmg qonuniyatlariga bog’liq.

Qo‘riqxona hududida 57% daraxtlar va butazorlar tsenozi egallab, shulardan o‘rmon o‘simligi sanalgan archa 24% maydonni egallaydi, eng yuqori qatlamda o‘sadigan 95 li o‘simlik qatlamidagi to‘qimalar, qoyalar , do‘ngliklar va suvlar moslashuvidirlar.

O‘simliklarning faol vegetatsion davri 1100-1300 m dengiz sathidan balandlikda 3,5 oy davom etadi. 1900-2200 m4,2-4,5 oy yuqori qismlarida 3,8 oyni tashkil etadi.

Qo‘riqxona 46 turdagi turli noyob o‘simliklarni muhofaza qiladi.

Chotqol betagasi

Chotqol g’ozsifat piyozi

Lyudmila g’oz piyozi

Oqgulli shirach

Lyudmila boychechagi

Nor shirach

Butkov lolasi

Tubergen lolasi

Ajoyib bO‘zbosh

Abolin astragali

Onao‘lgansoy oksitropisi

Talas sutlamasi

Angren karragi

Angren ugamiyasi va boshqalar.

Qo‘riqxona hududidagi quyidagi o‘simliklar kamyoq o‘rganilgan.(2001-2005).

Algoflora-246 turdagi va formadagi

Dinophyta-6

Chlorophyta-69

Euglenophyta-6

Rhodonhta-2

Bcillariophyta-112

Charophyta-5

Mikloflora-260 tur

Mikromitsetlar-16 tur

Lixenoflora-87 tur va 27 urug’dosh va 15 oilaga mansub.





  1. Hayvonot dunyosi

Qo‘riqxona hududidagi hayvonot olami boy va rang barangdir. Bu yerda barcha sharoitlar mavjud. Suvning borligi, daraxtning butazorligi o‘simliklar dunyosining xilma xilligi, o‘tloqzorlar, tog‘lar, qiyaliklar va yembop o‘simliklarning mavjudligi tabiiy oziqlanishi maydonini hosil qiladi.

Tog‘li rayonlarning hayvonoq olami qator xususiyatlarga ega rang-barang yashash sharoitlarida hayot kechiradi. Sharoitlar quyidagicha

-Kunduzgi va kechki darajaning keskin tebranishi, ayniqsa yuqori qismlarda uchraydi.

-Favqulotdda rang-barang mozaikaning turli ko‘rinishlari, alp va cho‘l zonalariga va o‘rmon va qoyalarning O‘zgaruvchanligi.

-Ko‘plab tog‘ hayvonlarida uzoq muddatli, uzoq va mavsumiy bir joydan boshqasiga o‘tish ko‘pgina turlarga moslashuvi xususiyatlari. Qish oylari ular quyi qismlarga yoki janubiy qiyaliklarga qor qatlamlari sayoz joylarga tushadilar.

Tog‘ning eng baland qoyalariga yirt qich qushlar in quradilar burgutlar, boltayutarlar va boshqalar. Tog‘li o‘rmonlarda qora kalxatlar, ilonxo‘rlar, pungqush, karlik, burgut va boshqalar.

Reptiliyalardan bu yerda cho‘l toshbaqalarini sariq iloni, qora kO‘zli kaltakesak, cho‘l qora ilonini uzun oyoqli stenikni terisi qat qat bo‘ri tishni uchratish mumkin.Anhorlarda gulmohi, Turkiston laqqasi, shayton baliq, Tibet yalangbalig’I va boshqalar.

Qo‘riqxona o‘rmonlarida sut emizuvchilardan odatda bo‘ri to‘ng’iz tulki, tosh suvsar, latcha, oq sichqon, ola kO‘zan, bo‘rsiq, tolay quyon, ilvirs, elik, tog‘ echkisi, oqtirnoqli ayiqlar uchraydi. Qoyalarning yuqori qismida qorlarga yaqin joyda menzbir sug’uri yashaydi.

Tyanshan ayig’i qo‘riqxona hududining oddiy hayvoni bo‘lib, uning 70-80 bosh ekanligini aniqlashgan.(Chernogayev va boshqalar., 1996)

Maydontol uchastkasi qiyaliklarida va chiqish qiyin bo‘lgan joylarida sibir tog‘ echkilari yoki oddiy echkilar hayot kechiradilar va ular qo‘riqxonaning ko‘rki hisoblanadi. Qor qoploning hisobi keskin kamaymoqda. Qo‘riqxona hududida 2000-yilda 2 shunday hayvonni ko‘rishgan. (Chernogayev E va boshqalar.)

Qo‘riqxona hududida elik 110 boshga yetganligi malum bo‘ldi, ammo ular qo‘riqxona tashqarisida kO‘zga tashlanmaydilar.

Qo‘riqxona tashkil topghaning 60 yil to‘lgan bo‘lsa ham hali hamon ilmiy izlanishlar nihoyasiga yetgani yo‘q. Respublikamizdagi boshqa qo‘riqxonalarda bo‘lgani kabi ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.




Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling