G'ilon bo'limi 18838 ga


Download 9.69 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi9.69 Kb.
#159564
Bog'liq
Muhofaza etilad-WPS Office


Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga binoan qo'riqxonalar, milliy bog'lar bilan birga zakaznikalar ham mana shunday hududlarga kiradi. Bugungi kunda Respublikamizda 10 zakaznik mavjud. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tassarufida Hisor qo'riqxonasi faoliyat yuritmoqda. Qo'riqxona 1983-yilda, ikki mustaqil Miroki va Qizilsuv tog' qo'riqxonalarni birlashtirish natijasida tashkil qilingan. Hisor qo'riqxonasining umumiy maydoni 80986 gektarni tashkil etadi. U Hisor tizmasi shimoli-g'arbiy tarmoqlari tabiiy komplekslarining tipik uchastkalarini asl holida saqlab qolish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borligini o'rganish va tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan. Hisor davlat qo'riqxonasining er maydoni 4 ta bo'limga ajratilgan:

G'ilon bo'limi – 18838 ga

Miraki bo'limi – 11821 ga

Tanhozdaryo bo'limi – 20233 ga

Qizilsuv bo'limi - 30094 ga

Qo'riqxonada o'rmonlarining aksariyati archadan iborat. Umuman olganda qo'riqxona hududidagi o'simliklar Markaziy Osiyo tog'lariga xos bo'lib, tarkibi bo'yicha turli-tumandir. Hisor qo'riqxonasi hududida o'simliklarning 870 dan ortiq turi o'rganilgan va ayrimlari endemik hisoblanadi. Qo'riqxona hududida Tubergen lolasi, ulug' lola, Bobrov astragali, O'zbekiston chinniguli, etmak, anzur piyozi, Zarafshon archasi va boshqalar bor. O'simliklarning 38 turi O'zbekiston "Qizil kitobiga” kiritilgan.

Hisor qo'riqxonasining hayvonot olami ham xilma-xildir. Qo'riqxonada 2 tur baliq, 19 tur sudralib yuruvchi va amfibiyalar, 103 tur qushlar, 28 tur sutemizuvchilar mavjud. Qushlardan burgut, boltayutar, mitti burgut, qumay, itolg'i; sutemizuvchilardan qor qoploni, Turkiston silovsini, qo'ng'ir ayiq va Markaziy Osiyo qunduzi "Qizil kitobga” kiritilgan. Qo'shtuoyoqlilardan to'ng'iz va Sibir tog' echkisi keng tarqalgan. Kaklik deyarli har qadamda uchraydi. Kemiruvchilardan qizil sug'ur va boshqalar o'tzorlardan boshpana topishgan va ularning asosiy "dushmani” - bo'ri va tulki ham mavjud. Qizilsuv bo'limidagi dengiz sathidan 4000 m dan yuqori bo'lgan "Osmon-talash” cho'qqisi eng baland nuqta hisoblanadi. Yodgorliklardan Tulkito'g'ay ota, Xo'jagul ota ziyoratgohlari, Amir Temur g'ori (uzunligi 670 metr), dinozavrlar izi, Bumni qapchig'ay, o'g'rini zindoni, Ho'kizburun, Suvtushar va Xo'jaqulbars sharsharalari mavjud. Hisor qo'riqxonasi YUNESKO Umumjahon tabiiy va madaniy meros ro'yhatiga kiritish uchun taqdim etilgan.

Qo'riqxona o'ziga xos ilmiy-tadqiqot muassasi bo'lib, uning xodimlari qo'riqxona hududida brakonerlik va tabiatga nisbatan boshqa qonunga xilof ishlar bajarilishining oldini olish yo'lida tinmay mehnat qilishmoqda. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tasarrufidagi "Jayron” Ekomarkazi 1977-yilda tashkil etilgan. U Buxoro shahridan janubiy-sharq tomon 40 kmga cho'zilib joylashgan. Maydoni 7135 ga bo'lib, ulardan 5145 ga to'r bilan chegaralangan. Ekomarkazning asosiy maqsadi nasli va turi yo'qolish arafasida turgan, Tabiatni Saqlash Xalqaro Ittifoqi (TSXI) Qizil Kitobiga kiritilgan jayron, buxoro qo'yi, burama shohli echki, morho`r va bizning hududlarda mutlaqo uchramaydigan Prejvalskiy otlar, qulonlarini saqlash, parvarishlash va ko'paytirish, hamda ularning biologiyasini o'rganishdan iborat.



Ekomarkazning ilmiy ma'lumotlariga ko'ra, bu yerdagi chegaralangan hududda 28 o'simlik oilasiga mansub 200 dan ziyod o'simlik turlari o'sadi. Yil davomida markaz hududida 257 turdagi qushlarni uchratish mumkin. Bu esa O'zbekiston ornitofaunasining 37 % tashkil etadi. Bu hududda sudraluvchilarning 21 turi, bundan tashqari 33 turdagi sut emizuvchi, 2 turdagi amfibiya va 15 turdagi baliqlar yashaydi. 2009-yil 3-oktyabr kuni bo'lgan hisoblar natijalariga ko'ra, Ekomarkaz hududida jayronlarning soni 902 (volerdagilar bilan), Prejvalskiy oti – 21, qulonlarning soni – 67 ga yetgan. Shuningdek, hozirgi kunda ekomarkazda ko'paytirilayotgan buxoro qo'yining soni 10 taga yetdi. Bundan tashqari 1 morxo`r yashamoqda. Morxo`r qo'ylarini sonini oshirish maqsadida o'tgan yili Termiz hayvonot bog'i bilan shartnoma tuzilib, 1 morxo`r vaqtinchalik saqlanishga Ekomarkazga keltirilgan.

Ekomarkaz kelajagi uning hududini kengaytirishga bog'liq. 01.01.2009-yil holatiga uning maydoni 7135 ga tashkil etgan. Lekin, 2009-yil fevral oyida "Jayron” Ekomarkazi hududiga 9369 ga er qo'shilgan. Eng muhimi «Jayron» Ekomarkazda kelajak avlod uchun butunlay yo'q bo'lib ketish xavfiga uchragan hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolishga muvoffiq bo'ldi va Markaziy Osiyoda noyob hayvonlarni qirilib ketishdan qutqarish markaziga aylandi.
Download 9.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling