O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


“Pedagogik mahorat” o’quv kursining dolzarbligi va o’qitish


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/118
Sana09.01.2022
Hajmi1.53 Mb.
#261648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
masofaviy talimni yanada rivojlantirish maqsadida pedagogik mahorat

“Pedagogik mahorat” o’quv kursining dolzarbligi va o’qitish 

strukturasi

 

 



 

«PEDAGOGIK MAHORAT»  

O’QUV KURSI BO’YICHA 

 TA’LIM TEXNOLOGIYASINING  

KONTSEPTUAL ASOSLARI 

 

 

 




 

ko’rsatishdir.  Bu  o’rinda  o’qituvchi  faoliyatini    o’rganuvchi  Pedagogik  mahorat  fanining  o’rni  va 



roli  benihoya  kattadir.  Yosh  avlodni  yangicha  ta’lim  standartlari  asosida,  jahon  talablariga  javob 

beruvchi  mutaxassislar  qilib  tarbiyalash  ishi  oliy  o’quv  yurtlarida  tahsil  olayotgan  yoshlar  uchun 

yangi  darsliklar,  o’quv  qo’llanmalari,  risolalar  tayyorlashning  ham  yangicha  uslublarini  talab 

etmoqda. Ushbu uslubiy qo’llanma yoshlarga aynan pedagogik mahorat bilimlar asoslarini bersa-da, 

umid qilamizki, ularni o’z atrofida ro’y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o’zgalarga befarq 

bo’lmaslik, o’z layoqatlarini o’stirishning elementar vositalaridan bohabar bo’lishga yordam beradi. 

Chunki shaxsgina o’z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, 

uni to’g’ri yo’naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o’ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi. 

Shunday  ekan,  hozirgi  kunda  Pedagogik  mahorat    fani  sir-asrorlarini  har  bir  talaba  uchun  zarur 

bo’lgan  jihatlarini,  chunonchi:  bu  fanning  boshqa  fanlar  bilan  integratsiyalashuvi,  hamkorligi, 

bog’liqligini;  shaxsni  psixologik  diagnostika  qilish  usullarini;  shaxs  va  jamiyat  munosabatlarini 

uyg’unligini; shaxs faoliyati va hatti-harakati motivlarini; faoliyati turlarini; shaxsda kuzatiladigan 

pedagogik-  psixik  jarayonlar:  sezgi,  idrok,  diqqat,  xotira,  tafakkur,  xayolni  bilish  va  ularni 

boshqarish  qonuniyatlarini  qo’llay  olishni;  shaxsdagi  qobiliyat,  xarakter  va  temperament  kabi 

individual  xususiyatlarning  shaxs  faoliyati  va  hayotidagi  tutgan  o’rnini;  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalar asosida dars uslubiyotini yaratish, pedagoglik faoliyati, maxorati va samarasida turli 

usullarni  bilish,  shaxsning  turli  yosh  davrlarga  bog’liq  xususiyatlarini;  shaxsning  muloqot 

jarayonidagi  shakl,  tur,  vositalarini;  shaxsning  guruhga  va  o’z  navbatida  guruhning  shaxsga 

ta’sirini; o’quv va tarbiya jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan samarali usullarni bilish, o’rganish 

muhimdir.  

 

Bakalavr  boskichi  talabalariga  mo’ljallangan  «Pedagogik  maxorat»  kursining  asosiy 



maqsadi – o’zbek xalqining qadimiy ma’rifiy me’rosining qimmatli manbalari hamda  ularda ilgari 

surilgan  g’oyalarni  o’qib  o’rganish,  shaxs  ma’naviyatini  yuksaltirish,  shuningdek,  jamiyat 

taraqqiyotini  ta’minlashga  xizmat  qiluvchi  qarashlarni  hozirgi  zamon  ilmiy  –  pedagogik  tafakkur 

iste’moliga  kiritishdan,  pedagogik  tushuncha  va  malakalarni  yanada  mustahkamlashdan,  yoshlar 

ongida 

yangicha 

tafakkur 

va 


dunyokarash 

shakllanishining 

ijtimoiy-psixologik 

ta’sir 


mexanizmlariga oid bilimlar berishdan, shaxs barkamol bo’lishida ijtimoiy omillardan hisoblangan 

guruh, jamoa, shaxs psixologiyasining o’ziga xos ta’sir sharoitlarini o’rgatish, pedagogik maxorat, 

qobiliyat, pedagogik madaniyat tushunchalarini shakllantirishdan iboratdir.  

 

«Pedagogik mahorat» kursining asosiy vazifalariga: 



               pedagogik  maxorat  kursi  bo’yicha  talabalarning  umumpedagogik  bilimlari  darajasini 

kengaytirish,  bo’lg’usi  iqtisodchi  –  pedagoglarning  pedagogik  tafakkurini  shakllantirish 

negizini yaratish; 

               pedagogik  meros  va  uning  g’oyalariga  nisbatan  to’g’ri  munosabatda  bo’lish, 

ko’nikmalarni shakllantirish; 

               respublikamizda  komil  insonni  voyaga  etkazishning  bir  butun  xolatdagi  muammolarini 

xal qilish; 

              buyuk allomalar va o’zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlarini chuqur tahlil etish; 




 

               pedagogik  qarashlar  va  ularning  mohiyati  doirasida  fikr  yuritish  va  eng  muhimi, 



iqtisodchi – pedagog faoliyatini terang anglash; 

              pedagogikaning dolzarb vazifalari, muammolarini tanishtirish, ijtimoiylashuv maskanlari 

va  ularning  shaxs  faoliyatiga  ta’sirini  o’rgatish,  muloqotni  tashkil  etishning  samarali  usul-

vositalariga  oid  psixologik  bilimlarni  berish,  shaxs  va  guruh  muammosining  o’ziga  xos 

jihatlarini  o’rgatish, liderlik  va  rahbarlik  tushunchalarini  tabiatini  ko’rsatib  berish,  shaxsning 

guruh  ta’siridagi  tipologiyasini  ko’rsatib  berish,  guruh  sharoitida  o’qishni  va  o’qitishni 

samarali  ta’sir  etish  usullaridan  hisoblangan  treninglar,  breynstorming,  munozaralarni 

o’tkazish texnikasi bilan tanishtirishdan iborat.  

 

“Pedagogik  mahorat”  kursi  bo’yicha  o’tkaziladigan  amaliy  mashg’ulotlarning  maqsadi  – 



mustaqil  fikrlashga  o’rgatish,  fikrlashga  oid  ko’nikmalarni  rivojlantirish  va  muomala  sirlariga 

o’rgatishdan  iborat  bo’lib,  pirovardda  bu  bilim  va  ko’nikmalar  orqali  pedagogik  bilimlarni 

amaliyotga tadbiq etish soha va yo’nalishlarini aniq tasavvur qilishga ko’maklashadi. 


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling