O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat
Download 45.25 Kb.
|
maryam
Shoir lirikasi
Erkin Vohidov publitsist, dramaturg, dostonnavis, tarjimon sifatida barakali ijod qilgan bo’lsa-da, avvalo, u lirik shoir sifatida adabiyotga kirib kelgan, xalqimiz qalbidan ham nafis, ham dolg’ali, isyonkor she'rlari orqali joy olgan. Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi. Shoir o’z qo’lidagi quroli — she'r, uning tabiati, shoirning el-yiirt oldidagi burchi — vazifasi xususida ko’p o’yladi, she'r va shoir haqidagi qarashlarini bayon etdi. U bular xususida so’z ochganda har doim ijod mashaqqatlarini, shoir bo’lish oson emasligini cslatadi. Uningcha, shoirlik o’z ona yurtiga, xalqiga, inson zotiga bo’Igan fidoyi mehrning samarasidir. Erkin Vohidov dastlab hayot, go’zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo’lib maydonga chiqdi. Taqdir in'om etgan hayot, saodat, yoshlik, muhabbat sumrini, hayotdan rizolikni to’lib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning shonli tarixi, qo’lga kiritgan g’alabalari to’g’risida faxr-iftixorga to’la satrlar bitdi. Jumladan, ,,Yoshligim" g’azalida yoshlik sururidan jo’shib yozadi: Yoshligim, kel, kuyga to’lgan Qalbim oltin sozi bo'1. Men qo’shiq aytay to’lib, Bir lahza jo’r ovozi bo'l. 40—50- yillarda ,,vulgar sotsiologizm" deb atalgan qarash oqibati o’laroq, sevgi, shaxsiy kechinmalar badnom etilgan, she'riyatdan quvg’in qilingan edi. 50- yillar oxiri, 60- yillarga kelib vaziyat o’zgara boshladi, inson shaxsiga hurmat, qalbiga e'tibor birmuncha oshdi, kishining xilma-xil kechinmalari, jumladan, an'anaviy sevgi taronalarini kuylash uchun yo'l ochildi. Bu hol an'anaviy she'riy shakl, ayniqsa, g’azalning jonlanishiga olib keldi. Tabiiyki, bu jarayon o’sha kezlari osonlikcha, silliq kechgani yo’q. AbdullaOripov yozganiday, ,,mumtoz g’azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qiJishayotganda yosh avlod orasidan birinchilardan bo’lib Erkin Vohidov aruzning tabarruk ostonasida posbon yanglig’ paydo bo’Idi". Ba'zi munaqqidlar ishqiy kechinmalarni kuylash, ko’hna she'riy shakl—aruzga murojaat qilishni zamondan uzoqlashish deb ataydilar. E. Vohidov ,,Yoshlik devoni" kitobining ,,Debocha"sida shunday qarashlar bilan bahsga kirishadi: Istadim sayr aylamoqni Men g’azal bo’stonida. Kulmangiz, ne bor senga deb Mir Alisher yonida. She'rJyat dunyosi keng, Gulzori ko’p, bo’stoni ko’p, Har ko’ngil arzini aytur Neki bor imkonida. Ey munaqqid, sen g’azalni Ko’hna deb kamsitmagil, Sevgi ham Odam Atodin Qolgan inson qonida. Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy tuyg’u — sevgini kuylagan qadimiy g’azal shaklini himoya qiladi. She'rda g’azal shunchaki she'riy shakl ma'nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg’ular ramzi tarzida ham qo’llangan: Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. Barcha dildorlik senga-yu, Barcha xushtorlik menga... Bu jahonning rohatin ol, Bor azobin menga ber. Senga bo’lsin barcha orom, Barcha bedorlik menga. ( “Barcha shodlik senga bo 'lsin” ) Shoir oshiq ko’ngilning ma'shuqaga bo’lgan mayli ifodasida xuddi mumtoz she'riyat namoyandalari kabi mubolag’ani hadsiz oshiradi: Seni yotlar tugul hatto — Qilurman rashk o’zimdan ham, Uzoqroq termulib qolsam Bo’lurman g’ash ko’zimdan ham. Ko zim yongay senga nargis — Ko’zin tiksa chamanlarda, Yashirmam, lolaga rashkim Ayon bo’lgay yuzimdan ham. (,,Rashkim") Oshiq yigitning dil rozlari, ma'shuqaning ta'rif-tavsifi har qancha mubolag’ador, romantik bo’yoqlar bilan zeb berilgan bo’lmasin, har ikkisi ham zamon va zamin farzandi, ular shoir aytmoqchi, ,,o'z zamonin zayli"ga itoat etadigan bizga zamondosh odamlardir. Bora-bora shoir ijodida o’shanday romantik jo’shqinlik, hayotsevarlik tuyg’ulari yoniga jiddiy realistik mushohadakorlik kelib qo’shila boshladi. Shoir hayotni nuqul madh etish bilan chek-lanmay, uning tub mohiyatiga, ichki ziddiyatlariga ham nigoh tashlaydi, qalamga olingan hodisani qarama-qarshiliklari, ziddiyatlari, manfiy va musbat tomonlari bilan birgalikda idrok etadi. Natijada shoir she'rlari o’ziga xos bahs-munozara tusini oladi. 70 — 80- yillarga kelib shoir sevgi, ,,hayot kuychisi'lgina emas, ko’proq hayotning, inson qalbining badiiy tadqiqotchisi sifatida ko’rina boshladi. ,,Hozirgi yoshlar", ,,Inson", ,,Sirdaryo o’lani", ,,Arslon o’ynatuvchi" she'rlari, ,,Ruhlar isyoni", ,,Istambul fojiasi" singari dostonlari bu jihatdan shoir ijodida olg’a tashlangan qadam bo’ldi. Hayotga, el-yurtga mehr — bu faqat shirin so’zlar, madhiyalar, hamd-u sanolar orqali ifodalanmaydi. Yetuk adabiyot, yuksak she'riyatda mehr-sadoqat hayotning teran tahlili orqaligina ro’yobga chiqadi. Hayotning shafqatsiz haqiqati, chigalliklari, xalqimiz, butun insoniyat oldida turgan o’tkir muammolami bor holicha ko’rsa-tadigan, odamlar ko’nglidagi dard, tili uchida turgan gap bor ovoz bilan aytilgan asarlargina butun xalqning diliga kirib boradi, koriga yaraydi. Shuni ham aytish kerakki, Erkin Vohidov ijodida goho madhiyabozlik, qasidachilik, ona yurtning ,,dimyoda tengsiz" ekani, xalqning ,,cheksiz erki va baxti"dan, ,,ulug’ ishlari", ,,erishgan g'alabalari"dan o’rinsiz faxr-iftixor tuyg’usi bilan to’lib-toshgan she'rlarhamuchraydi. ,,O'zbekiston" faxriyasi, ,,Iftixor tuyg'usi", ,,O'zbekiston kommunistlari" she'rlarida ham shu hol mavjud. Shoir adabiyotdagi o’rinsiz madhiyabozlikni, o’zining shu ruhdagi satrlarini ham nazarda tutib deydi: Bas, yetar, yolg’on saodat, Yolg’on erk, yolg’on Vatan! (,,Vatan istagi") Erkin Vohidovning yetuk asarlari yolg’ondan begonaligi, shaf-qatsiz haqiqati, rosTgo’yligi va samimiyligi bilan hozirgi jahon taraqqiyparvar adabiyotining eng yaxshi namunalariga ham-ohangdir. Shoirning ,,lnson" she'ridagi inson talqinini eslaylik. Shoir insonning bugungi kamoloti, inson dahosining zakovati — fan-texnika bobida erishilgan mislsiz zafarlar haqida yozadi: Minding ilm narvoniga, Chiqding funun osmoniga, Bu jahon ayvoniga Arkon o’zing, vayron o’zing. Qarang, shoir fan-texnika taraqiyoti tufayli bugungi kunda inson jahon ayvoniga n,arkon" (ustun) darajasiga ko’tarilganini ayta turib, shu ,,arkon" ayni paytda ,,vayron" ekanini pisanda qilib o’tadi. So’ng bu fikrni rivojlantirib deydi: Zarrani ijod etib, Dahshat balo bunyod etib, Oqibatni yod etib, Hayron o’zing, hayron o’zing. Yo’q, shoir insonning buyuk kashfiyoti oqibati nuqul dahshat-u balolardan iborat deb bilmaydi, buyuk kashfiyotlarni ezgulikka xizmat ettirish ham shu insonning o’z qo’lida, o’z ixtiyorida: Bog’i arz obod erur, Sendin agar imdod erur, Yo’qsa u barbod erur, To’fon o’zing, to’g’on o’zing. Shoirning ona zamin qismati haqidagi alamli o’ylari ,,Sirdaryo o’lani" she'rida o’ziga xos tarzda ifodalangan. Bu she'rxalq o’lanlari ruhi, ohangida bitilgan: bir tomonda ona daryoning go’zal ta'rif-tavsifi, ikkinchi tomonda shoirning daryoning hozirgi holati, achchiq qismatidan bezovtaligi, tashvish-zorlari. Shoir nazarida Sirdaryo ko’hna Jayhun (Amudaryo) bilan birga ona vodiy hayoti, bori, quvonchi, alami, zori; yurt uchun ham tomir, ham yurak... Shoir g’urur bilan: Sen borsanki, keng vohada hayot bor, Demak, yurling labida bol, nabot bor... ...Sen paxtasan, olma, anor va nursan, o’zbek uchun surursan ham g’urursan, o’zni yerga tomchi-tomchi berursan, Daryo emas, xalq timsoli erursan, Oqib turgin, qurib qolma, onajon singari misralar tizadi. Shoirni mana shu ta'rif-tavsifga sig’mas azim daryoning, chindan ham xalq timsoli deyishga loyiq ona daryoning bugungi qismati qattiq tashvishga, iztirobga soladi. .Nega bukun bemadorsan, haloksan?" deya uni alamli savolga tutadi. Darhaqiqat, hozir-u huzurini o’ylaydigan iste'molchilik kasaliga mubtalo kimsalarning aybi bilan daryolar ham mushkul ahvolga tushib qoldi. Bu haqda hozirgi kunda ham ko’p gapirilyapti, yozilyapti. Shoir esa daryo qismati haqidagi o’y-tashvishlarini o’quvchi qalbini hayajonga, larzaga soladigan bir tarzda ta'sirchan ifodalaydi. She'rning har bir batidi oxirida daryoning ayanchli ta'rif-tavsifidaxuddi naqarotdek takrorlanadigan ,Oqib turgin, qurib qolma, onajon"degan o’ta samimiy, cheksiz mehr, o’kinch to’la satrlar xuddi xalq o’lanlaridagi kuygan dilning o’tli zoriari singari o’quvchi qalbining tub-tubigacha yetib boradi, uni titroqqa soladi. ,,Arslon o’ynatuvchi" — ijtimoiy pafosi jihatidan 70- yillar o'zbekmilliyshe'riyatiningjiddiyyutug’i. Xorijiy safartaassurotlari asosida yaratilgan bu she'r qaramlikka, mutelikka qarshi o’tkir aybnoma kabi yangraydi. Faqat bugina emas, unda qaramlik dunyosining shafqatsizligi — tirikchilik, kundalik hayot tashvishlari tirik mavjudotni, odam zotini ne ko’ylarga solishi ramziy tarzda butun dramasi, keskinligi bilan ko’rsatiladi. She'rda qaramlarni bir-birlari bilan bog’lab qo’ygan ko’zga ko’rinmas kishanlar ildizi ochib tashlanadi. Uni o’qib, alam-iztirob bilan qalamga olingan hodisa, ya'ni to’qaylar podshohi arslonni charsillab yonib turgan olov halqa ichidan sakrab o’tishga majbur qilgan, sher zotini masxaraboz qo’liga berib, gumroh tomoshabin — olomon uchun ermak — tomoshaga aylantirgan kuch nima, degan savolga o’zingiz javob topasiz. Muallif hodisaning zamiriga, ichki mohiyatiga nigob tashlaydi; chuqur va nozik poetik tahlil orqali haqiqiy bosh aybdor sirk maydonidagi she'r va masxaraboz emas, balki sahna ortidagi ularni shu ko’ylarga solib qo’ygan shafqatsiz falak, hayotning o’zi — muhit, sharoit ekani ma'lum bo’ladi: bularning bari falak ishi, biriga qamchi, boshqasiga qafasbergan bu — tirikchilik! Arslon o’ynatuvchining arslon isyoni, ta'nalariga javoban aytgan mana bu so’zlarini tinglab ko’ring: Sening har bir o’tli na'rang — Menga tarsaki. Netay, men ham egaiik qul. Boshda xo’jam bor, g’azab qilsa, Ko’zlarimga dunyo bo’Iar tor. Menda-ku dard, iste'dod bor, Bor andak sehr, Hech bo’lrnasa hayvonotga Shafqat-u mehr! Tomoshagoh egasi kim Mening qoshimda! Ammo qamchi o’ynatar u Doim boshimda. Holatimni tushun, Isyon qilma, birodar, Charx oldida ikkimiz ham Asli barobar. ...Goh jonimdan o’tsa zulm Na'ra tortaman, Lekin bundan Faqat boshga balo ortaman. Asar xotimasi nihoyatda hayajonli: Bu so’zlarga chidolmadi, To’lg’ondi arslon: - Bo’ldi, bas qil! Yuragimni qon qilma, inson! O’t olsin bu charxi falak Rizq-u ro’zini!.. Arslon olov chambarakka Otdi o’zini.! 80- yillar oxiri, 90- yillar boshlarida yuz bergan jamiyatimiz hayoti, ma'naviyatidagi o’zgarish, yangilanishlar, odamlar ongidagi evrilishlar Erkin Vohidov she'riyatida, xususan, ,,Yaxshidir achchiq haqiqat" kitobida o’z aksini topdi. Shoirning bu davr ijodidagi eng xarakterli xususiyat unda chin ma'nodagi ruhiy erkinlikning namoyon bo’lishidir. Totalitar tuzum, mustabid adabiy siyosatning so'z san'atiga, birinchi galda she'riyatga keltirgan eng mudhish zarari shu bo’ldiki, bunday siyosat bir qator iste'dod egalaridagi ,,men"ni, ya'ni shoir shaxsiyatini mavh etdi, uning o’zligini, isyon tuyg’usini so’ndirdi. Ko’p asrlik she'riyatimizga xos iztirob-u mashaqqatlar, shubha-gumonlar ichida mardona turib o’zlikni qidirish, taftish qilish, shu orqali haqiqatni anglash an'anasi susaydi. 90- yillarga kelib milliy she'riyatimiz, aniqrog’i, iste'dodli shoirlarimiz shu azaliy muqaddas an'analarga dadil qadam qo’ya boshladi. Mana shu yangi jarayonntng boshida turganlardan biri E. Vohidovdir. Shoir ,,Kechir, yo rab!" she'rida chin dildan shunday yozadi: Kechir, yanglishmagan kim bor, Mening ham ko’p gunohim bor. Odamzod asii nokomil, Kechir yo rab, kechir yo rab! Shoirning ,,Yaxshidir achchiq haqiqat" kitobida ,,Tush" degan mo’jazgina voqeaband she'r bor. Unda tush bilan o’ng — odamning arosatdagi mudroq, lanj holati ustida gap boradi: lirik qahramon takror-takror tush ko’radi, tushida mudrab yurgan el ichida yuradi, ular bilan o’zi ham mudrab asta qadam sudraydi: Bu tush, deyman, Uyg’on, deyman. Uyg’onolmay mudrayman. Inson bolasi uchun bu og’ir ruhiy qiynoq. Koshkiydi, bu shunchaki tush, birgina odamning arosatdagi ruhiy qiynoqlari bo’lsa! Aslida bu butun xalq boshiga tushgan kulfat! Bu mustabid tuzum sharoitida g’aflat bosgan bandalar orasida bo’lgan shaxsning musibati, fojiasi. Shoir yaratganga iltijo qilib, bunday mudhish kechaning — og’ir qiynoqning oxiri tezroq kelishini iltijo qiladi. Aslida mudroqltkdagi holat qullikning bir ko’rinishidir. Shoir ,,Yuragingda makon tutgan qul" she'rida yozganidek, ,,Qullar ichra eng bechorasi" odam bolasi yuragiga makon tutgan qullikdir, bunaqa qullik — judolikdan adolik ma'qul. Shoir ,,Vatan istagi" she'rida baralla ,,O'zni ozod qush kabi ko 'rmoqni istaydi ko "ngii" deydi.Faqat o’zligini to’la anglab yetgan, yuragi qullik tuyg’usidan xoli, isyonkor — dovyurak, imoni butun, e'tiqodli shoirgina shunday mardona so’zni bor ovoz bilan ayta oladi! Shoir ijodidagi ana shu tamoyillar — hayot haqiqatini murak-kabligi, ziddiyatlari, shafqatsizligi bilan bor holicha berish, o’tkir ijtimoiy-ma'naviy masalalarni dadil o’rtaga qo’yish, falsafiy mushohadalarga moyillik, ruhiy erkinlik uning dostonlarida, xususan, ,,RuhIar isyoni" asarida yana ham yorqinroq, ta'sir-chanroq namoyon bo’lgan. Download 45.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling