O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat


Download 45.25 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi45.25 Kb.
#241843
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maryam


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MUQIMIY NOMIDAGI QO'QON DAVLAT
PEDAGOGIKA INSITUTI


«O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI” fakulteti


303-GURUH TALABASI TOJIBOYEVA MARYAMXON


MAVZU: ERKIN VOHIDOVNING “YOSHLIK” DEVONIDA YOSHLIK, VATAN SEVGI MUHABBAT MOTIVLARI.

KURS ISHI


TALABA :TOJIBOYEVA MARYAMXON

ILMIY RAHBAR: TOJIBOYEVA. M

ERKIN VOHIDOVNING “YOSHLIK” DEVONIDA YOSHLIK, VATAN SEVGI MUHABBAT MOTIVLARI.


Reja:
I Kirish


II Asosiy qism


a) Shoir lirikasi


b) Vatan, sevgi, yoshlik mavzusidagi she’rlari.



d) “Yoshlik devoni haqida. Uning mavzu mundarijasi.

III Xulosa

She’r shoir qalbida tug‘ilgan hayotiy tuyg‘ularni ifoda etadi va shu bilan o‘quvchi yuragini rom qiladi. Shoir o‘zi yonmasa, boshqalami ham yondira olmaydi, qalb hislarida otash bo‘lmasa, boshqa qalblarga harorat berolmaydi Shunday iste’dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmatini qozonish baxtiga muyassar bo‘lmaydilar. Buning ustiga o‘z zamondosh ustozlari e’zozidan bahra topadilar. Ijoddagi bunday holat faqat o‘sha iste’dodning baxtigina bo‘lib qolmay, balki u mansub bo‘lgan adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir. Bizning adabiyotimizda ham shunday iste’dodlar anchagina. Bunday iste’dodlardan biri o‘zining maftunkor she’riyati bilan o‘zbek adabiyoti ravnaqiga munosib hissasini qo‘shgan, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hisoblanadi. She’riyatning ham aruz, ham barmoq, ham sarbast vaznlarda birdek yuksak saviyada barakali ijod qilgan adib o‘zining beg‘ubor va mazmundor she’rlari bilan adabiyotimiz xazinasini boyitdi. Shoir har bir she’rida, har bir doston-u qasidasida insonni ulug‘laydi. Zerokim, Erkin Vohidov ijodining bosh g‘oyasi insonparvarlikdir. Inson va jamiyat muammosi shoir she’riyatining bosh o‘zagi hisoblanadi. U xoh tabiat, xoh muhabbat haqida, xorijiy mavzuda bo‘ladimi, hamma - hamma o‘rinda jamiyat taqdiri, inson kelajagi haqida o‘zining falsafy mushohadalarini o‘rtaga qo‘yadi.


Shoir “Inson” qasidasida:
Sobit-u sayyorada inson о‘zing, inson о‘zing,
Mulki olam ichra bir xoqon о‘zing, sulton о‘zing.
Ijodkorning har bir asari zamirida, uning ortida ulkan qalb egasi inson mujassamdir. Shoirga she’riyat nima? deb savol berishganda, she’riyat dil savoliga dil javobidir, deb javob bergan edi. Shuning uchun ham shoirning har bir she’ri qalbga yaqindir. E.Vohidovning deyarli barcha she’rlarida ko‘ngil bilan muloqot bor. Erkin Vohidov ijodiga nazar soladigan bo‘lsak, uning nafaqat iste’dodli shoir, balki mohir tarjimon boiganligiga ham guvoh bo‘lamiz. U Yevropa she’riyatining tog‘ cho‘qqisi bo‘lgan Gyotening “Faust” asarini tarjima qilish uchun umrining 5 yilini sarfladi. “Faust” ni tarjima qilish uchun Gyote darajasidagi shoirlik. Gyote darajasidagi olimlik, Gyote darajasidagi ulkan bilim egasi bo‘lish talab qilinar edi. Bu xislatlaming barchasi Erkin Vohidovda bor edi. Uning o‘zbek tiliga tarjima qilingan Gyotesini tom ma’noda, Vohidovning Gyotesi deyish mumkin. Yoki rus shoiri Sergey Yeseninning “Fors taronalari” turkumidagi she’rlarining tarjimasi ham shoiming mahoratini ko‘rsatib turibdi. Kalom bilan kamol topgan shoir san’atning, adabiyotning sharti barkamolHk va mukammallikdir, deb ta’kidlagan edi. o‘z ijodi orqali elning nazariga tushgan, xalq e’tirofga sazovor bo‘lgan shoir
doimo o‘zbek xalqini ulug‘ladi:
Bu dunyoda yaxshi-yomon kunlar kо ‘rdim,
О‘kinchim yo‘q mayli yillar qaddim egdi.
Men ham bir askaringman, onayurtim,
Sen tomonga otilgan о ‘q menga tegsin

Erkin Vohidov o’zbek she`riyatining zabardast vakillaridan biridir. Uning
ijodi inson ruhiy holati bilan bevosita bog’liq bo’lib, buni bahor va kuz fasllarini
rang-barang hamda ta`sirchan qilib ifodalaganidan ham bilishimiz mumkin.
Ijodkor bu fasllar bag’riga yashiringan haqiqatning go’zalliklarini hissiy tafakkur
ila idrok eta olgan. Uning she`rlaridagi tabiat manzaralari, fasllar tasviri aksariyat
shoirning ruh va kayfiyatinigina emas, qay bir darajada g’oya va maslagini ham
o’zida namoyon etadi. Buni Erkin Vohidovning saylanmalaridan olingan
parchalardan ham bilishimiz mumkin.
Ajab, bir kechada o’zgarmish olam
Bir kechada borliq olmish ozga tus
Inson umri kabi tezdir fasl ham
Kecha yoz edi-ku, bukun, qarang, kuz
Ushbu parcha orqali shoir bir kechaning o’zida olamning o’zgarishi va
borliqning o’zga tus olishiga ajablanadi hamda bu holatni inson umriga qiyoslaydi.
Xususan, kechagi saratondan so’ng bugungi so’lim va sokin kuzning kelishi
go’yoki inson ruhiyatiga ham aloqadordek va bu muallif va uning hislari orasidagi
birlikni yuzaga keltirgan.
Erkin Vohidovning “Bizlar ishlayapmiz” nomli she`ri bir muxbirga
murojaat tarzida bitilgan bo’lib, unda ertadan kechgacha dalada ter to’kib mehnat
qilayotgan xalqimizga hech qanday baland parvoz so’zlar va maqtovlar shart
emasligi aytilib, “bizning tilagimiz – el bo’lsin omon, Omon bo’lsin doim ota
yurtimiz” deya yakunlanadi. Ushbu she`rdan olingan quyidagi misralarda kuzgi
terim mahalidagi fidokorliklar ochiq oydin aks ettirilgan:
Termini aytmayman,
ortiqchadir gap,
Kuzda kelsang, o’zing ko’rasan, ukam.
Raislar uyiga bormas haftalab,
Yigirma to’rt soat
sekretarga kam.
Terim ham mashaqqat,
ham quvonch,
tashvish,
Paxta doim birdek
ochilmas qiyg’os.
Bari bir
terim ham o’zimizning ish,
Bizlar ishlayapmiz,
Bu – mehnat xolos.
Yuqorida aytilganlardan shoir ijodining qimmati uning sof shaxsiy
kechinmalari tasviri bilan emas, balki zamonasining ijtimoiy jihatdan muhim
hodisalarini o’zining shaxsiy tarjimai holigaiga aylantira olishi bilan belgilanadi,
degan xulosa chiqadi. Erkin Vohidovning “Vafo”deb ataluvchi
she`rining birinchi qismi o’zbek she`riyatining taniqli namoyandasi bo’lmish
Zulfiyaning:
Sog’inganda izlab bir nishon
Qabring tomon men olaman yo’l.
Keltirarding menga bi zamon
Endi har chog’ men eltaman gul.
misralariga nisbat berib yozilgandir. Unda shoiraning Hamid Olimjonga aytgan
so’zlari Erkin Vohidov tilidan sodda va samimiy yo’sinda tasvirlangan.
Garchi yillar changi har nega qodir
Men qilolmadi yodingdan nari
Yana huzuringda turibman shoir
Qo’limda bir quchoq bahor gullari
She`r davomida Zulfiyaning ichki kechinmalari poteik ko’chimlar vositasida aks
ettirilgan bo’lib, shoira tabiatidagi sadoqat va to’g’rilik timsollarini ifodalash orqali
muallif kitobxonlarda ham ezgu hislarni uyg’otmoqchi bo’ladi.
Tobora ketmoqda yoshlik yiroqlab
Lahza orom bilmas xanuz dil sensiz
Har bahor kelganda seni so’roqlab
Olamda yashabman o’ttiz yil sensiz.
Yuqoridagi parchada lirik qahramondan yoshlikning tobora
yiroqlashayotgani, dili hanuzgacha orom bilmayotgani va har yili so’roqlab kelgan
bahorlar olamda o’ttiz yil “u”siz yashaganidan darak berayotgani ta`kidlaydi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Erkin Vohidovning badiiy mahorati
uning har bir she`rida aks etgan. Ayrim bandlarida mahzun kayfiyat, tushkun
ruhiyat ta`siri sezilib tursada, misralar tagma`nosida buyuk shoirning yorqin
falsafiy qarashlarini anglash qiyin emas.



Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling