O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. Yosh avlodni rnilliy ma'naviyatimiz an'analari ruhida


Download 1.87 Mb.
bet15/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

4-fasl. Yosh avlodni rnilliy ma'naviyatimiz an'analari ruhida
tarbiyalash — ular ongini turli g'arazli «oqimlar» ta'siridan
himoyalashning eng samarali yoii
E'tiqod ma'naviyatning o'zak tomiri. E'tiqodsiz kishida ma'naviyat bo'lmaydi, tashqi madaniy ko'rinish, hatto ancha-muncha bilim ham bo'lishi mumkin, ammo mag'zida ma'naviyat bo'lmaydi. Kishida umurtqa pog'onasi shikastlangan bo'lsa, unday inson gav-dasini tik tutib tura olmaydi. Ma'naviy olam uchun e'tiqod ham shunday bir narsadir. Kommunistlar olg'a surgan g'oyalarga xalq ozmi-ko'pmi ishongan, umid bog'lagan davrda Sovet davlati ancha-muncha o'sdi, rivojlandi. "Kommunizm" g'oyalari puch narsa ekani ma'lum bo'lib qolgach, asta-sekin bu tuzum ich-ichidan yemirila boshladi va oxiri barbod bo'ldi. Shuning uchun yolg'on g'oyalarga ishonish, o'ylab topilgan aqidalarning etagini tutish yaxshilikka olib bormaydi. E'tiqod masalasi — jiddiy masala. Tarixda turli yolg'on payg'ambarlar ko'p bo'lgan. Ular oxir-oqibat beburdlikka mahkum bo'lganlar. Bashari-yat, el, xalq qabul qilgan Oliy haqiqatlar esa asl ma'nosi bilan ilohiy, azaliy va abadiy manbaga egadir. Islom dinimiz ana shunday ilohiy inoyat hisoblanadi. Bizni 70 yil bu e'tiqoddan qaytarishga urindilar, jazoladilar, masxaraladilar, taqiqladilar. Bari befoyda bo'ldi. SSSRda mafkuraviy tazyiq kuchaygan sari, jahonda islomning nufuzi oshib bordi. Amerika, Yevropa, Avstraliyaga islom dadil kirib bormoqda. Marksist dahriylar islomni arab bosqinchiligi bilan bog'lamoqchi bo'ldilar. Nahot 1400 yil awalgi bosqinchilik asorati shuncha kuchli bo'lishi aqlga to'g'ri kelsa? Aleksandr Makedonskiy, Chingizxon, chor Rossiyasi olib kelgan e'tiqodlar qani? Haqiqat boshqa narsa, bosqin­chilik boshqa. Imom Buxoriy kabi ulug'larimiz birovning tazyiqi bilan musulmon bo'ladigan shaxslar emasdi. Ular haqiqat iidoiylari edi.
"Lo ikroha fid-din", ya'ni "dinda zo'rlash yo'q" deyilgan. Awalo, islomda tadrijiylik mavjud, Muhammad (s.a.v)ga nozil etilgan ilohiy kitobda o'zidan awalgi kitoblar va barcha payg'ambarlar, jumladan, Muso va Iso alayhissalomlar to'liq e'tirof etiladi va barcha payg'am-barlarning hurmati barobar ekanligi ta'kidlanadi. Qolaversa, ma'naviyat ahli uchun yuzta musulmonlik da'vosini qiluvchi riyokordan bitta e'tiqodli dahriy yoki butparast afzal. Ajdodlarimiz bizga shunday ta'lim beradi. Masalan, Amir Xusrav Dehlaviy "Shirin va Xusrav" dostoni-ning "Dar fazilati ishq" bobida yozadi:
Ba ishq gar butparast/, din-t pok ast,
Vagar toat kuni bi ishq xok ast1.
(Sen ishqda butparast bo isang — dining pok,
Agar ishq boimasa, toat erur xok.)
Payg'ambarimiz uchun vatan va imon tushunchalari bir-biridan ajralmas edi. Makkadan Yasribga hijrat qilish ul janobning imonlarini yanada baquvvat qildi. Bugun ham xorijdagi birodarlarimizning ko'pchiligi uchun imon va Vatan mehri bir-birini quwatlab turibdi, zero Vataniga tosh otgan kimsalardan imon umidi ham behudadir.
Ma'rifat yo'llari behisob. Biz imon haqida gapirdik. Ammo imon darajalari ham har xil: taqlidiy imon bor, unga ibrat bosqichida erishi-ladi, agar uni ilm bilan mustahkamlanmasa, oqibati yaxshi bo'Imasligi mumkin, chunki bunday insonlar ishonuvchan bo'ladilar, bugungi murakkab dunyoda makr tuzog'iga tushib qolishlari xavfi bor. Ibrat va ilmdan tashqari, milliy ma'naviyatimiz an'analarida riyozat va mehr yo'llari ham ma'rifatga oid hisoblanadi. Inson ruhi Borliq haqiqati bilan doimiy uyg'unligini saqlashi uchun ibrat va ilm, riyozat va mehr ma'rifati uni bir zum tark etmasligi talab etiladi, ayni shular ko'ngil ko'zgusini pok tutib turadi. O'z navbatida Borliq haqiqatini anglab yetishning ham o'z darajalari borki, ular ulug' ma'naviy qadriyatlar — Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat atalmish silsilada ifodasini to-padi. Bularning har biri haqida O'zbekiston Prezidenti asarlarida kel-tirilgan qimmatli fikr va mulohazalar tahlili alohida tadqiqotlarga mavzu bo'la oladi. Biz hozircha faqat ba'zi eng umumiy mavzularga qisqacha to'xtalib ulgurdik. Yana ko'p masalalar haqida bahs hali davom etadi. Ammo baribir ma'naviyat xususidagi bahs inson hayoti davomida tugamaydi. Din va ma'naviyat nisbati haqidagi suhbatning xulosasi shuki, dinni siyosiylashtirishdan qochish, unga buyuk ma'naviy qadriyat sifatida yondoshib, yoshlarimizdagi e'tiqod ehtiyojini ayni shu yo'nalishda, Prezidentimiz "Jaholatga qarshi ma'rifaf'deb chi-royli ifodalagan ma'noda botiniy qudratga, ma'naviy kamolot sari yetaklovchi boqiy quwatga aylantirish uchun butun imkoniyatlarni safarbar qilmog'imiz zarur.
5-BOB. UMUMINSONIY QADRIYATLAR VA MIL-LIY MA'NAVIYATIMIZNING UYG'UNLIGI

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling