O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Din va ma'naviyat. Unjumiy va farqli jihatlar
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
3-fasl. Din va ma'naviyat. Unjumiy va farqli jihatlar
Alloh imonli odamning qalbida bo'ladi. Imonli odam imonini bi-rovning «boshini urib yorish»ga vosita qilmaydi. "Xalqimizning mingyil-lik tarixini, bugungi ma'naviy hayotini, din-u diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda", deydi I. Karimov1. Bu shunchaki gap emas. Ayni shu ma'no Alloh-ning kitobida qator oyatlar mazmunini tashkil etadi. Ushbu matn boshida eslab o'tilgan "Nur" surasining 35-oyatida esa bu g'oya be-vosita ifodalangan. Keyinchalik bu g'oya payg'ambar hadislarida, buyuk tasawuf shayxlari, piri murshidlarning hikmatlarida mukammal tal-qinini topdi. Milliy ma'naviyatimiz an'analariga tayanib xulosa qiladigan bo'lsak, insonning Haq bilan bog'lanuvi ikki yo'nalishdadir. Birinchisi, insonning moddiy vujud sifatida Alloh tomonidan yaratilganligiga oid bo'lib, bunda inson tabiatning uzviy qismi sifatida namoyon bo'ladi. Biz bu haqda oldingi bobda ham aytib o'tdik. Ammo insonning Haq bilan tutashuvi faqat "birinchi turtki" masalasiga borib taqalmaydi. Ikkinchi yo'nalish ham bor. Ma'lumki, insonning har bir xatti-harakatida Al-lohning irodasi namoyon bo'ladi. Alloh insonning yaratuvchisi, unga rizq ato etuvchi bo'lish barobarida uni hidoyatga yo'llovchi hamdir. Oxirgi masalada bir o'ziga xos jihat bor. Alloh insonni yaratadi, shu bilan birga moddiy dunyoning turli ne'matlari orqali uning rizqini ham sochib qo'yadi. Biroq bu dunyo inson uchun sinov dunyosi. Shunday ekan, Alloh hidoyati majburiy tarzda emas, balki ixtiyoriy bir shaklda, da'vat, taklif shaklida namoyon bo'ladi. Ya'ni, bu dunyo-da Alloh taolo insonga to'g'ri yo'lni tanlash imkoniyatini bermoqda. Inson hayotining o'ziga xosligi, boshqa mavjudot-u maxluqotlardan farqi shunda. Chunki Alloh insonni yer yuzida xalifa qilib yaratgan, shu sababli unga bu dunyoda iroda erkinligini ham bergan. "Fayzi ilohiy" masalasi ham oldingi bobda yoritildi. Payg'ambarlarga Alloh hidoyati bevosita vahiy shaklida g'ayrimoddiy mavjudotlar bo'lmish farishtalar orqali yuborilsa, oddiy insonlarga "fayzi ilohiyni" yetka-zuvchi, biz iste'dod, ilhom, karomat, bashorat kabi nomlar bilan belgilovchi, g'ayri moddiy vositalar ham mavjud. Bu hodisalarni moddiy asosda turlicha izohlashga urinishlar fanda hech qachon ko'ngildagidek samara bergan emas, chunki mohiyatan g'ayri moddiy hodisalarni moddiy dunyo qonuniyatlariga tayanib izohlashga urinish o'zi aslida g'ayriilmiy tamoyillarga yetaklovchi harakatdir. Ma'naviyat insonning Haq bilan bevosita bog'lanishidir. Bu — asos mohiyatiga ko'ra g'ayri moddiy munosabat. Demak, ma'naviyatni birinchi yo'ldan emas, ayni ikkinchi yo'ldan borib qidirgan maqsadga muvofiqroq. "Din xalq uchun afyundir" deguvchilar insonning eng muhim ehti-yojlaridan bo'lmish imon ehtiyojini tan olmaydilar yoki nazarga il-maydilar. Imon-e'tiqod ehtiyoji, agar u samimiy inson bo'lsa, hatto dahriyda ham bo'ladi. Faqat u o'z botiniy ehtiyojini ko'pchilik e'tiqod qiluvchi dinlardan emas, turli "izm"lardan qidiradi yoki shaxsan o'zi uchun alohida e'tiqod tizimi yaratishga urinadi. Bu, albatta, insonga xos kibr va gumrohlikning nishonasi, xolos. Yo'q, narsani kashf etish-ga urinishdan ko'ra, ko'pchilik tan olgan narsani tushunib, mohiyatan anglab yetishga harakat qilish, bizning nazarimizda, samaraliroq yo'ldir. Qalbni, ko'ngil ko'zgusini poklash awalo imon-e'tiqoddan boshla-nadi. "Ezgulikka sadoqati bo'lmagan, biror narsaga ixlos qo'ymagan, ishonmagan odam qo'rqinchlidir", deb ogohlantiradi Prezident1. Albatta, ma'lum bir davrda kommunistik g'oyaga ham samimiy ishon-ganlar bo'lgan, sof vijdonli dahriylar ham hayotda uchrashi mumkin. Ammo dahriylik inson tarixida alohida holatlarda bir-bir namoyon bo'luvchi hodisa. Din esa asrlar davomida million-million insonlar-ning e'tiqodini shakllantirib kelgan. Jumladan, islom dini 14 asrdan beri ulug' bir mintaqada insonlar tafakkur yo'nalishiga ta'sir o'tkazib kelmoqda. Marksizm ongimizda ajdodlar salohiyatiga nopisandlikni tarbiyaladi. Kimki 5—6 asr ilgari o'tgan bo'lsa, uning mulohazalari bizga noqis ko'rinadigan bo'lfli (ayni marksizm aqidalariga nomu-vofiqligi tufayli). O'z vaqtida biz Imomi A'zam, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va hokazo yuzlab jahonshumul ulug' allomalarning e'tiqodini "afyun" deb e'lon qildik va aslo etimizga o'ylab ko'rmadikki, "xo'sh, ular yaratgan ulkan ma'naviy merosga o'zimiz bir misqol qo'shish qudratiga egamizmi?" Mustaqillik bizga imonimizni, e'tiqodimizni qaytarib berdi. "Islom dini bu ota-bobolarimiz dini, - deydi I. Kari-mov, — u biz" uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik"1. Bugungi kunda diyonat, axloq tushunchalari imon-e'tiqoddan ajral-mas ekanligi ravshan bo'lib qoldi. Ammo islom ma'rifati masalasida hanuz jiddiy xulosaga kela olmay, gumon aralash turibmiz. Ongimizni marksizm aqidalari tugal tark etmas ekan, bu masalada uzil-kesil xulosaga kelishimiz, albatta, mushkul. Chunki tug'ilganimizdan buyon marksistik mafkura bizning yoshimizdagi avlodga birdan-bir haqiqiy ilm - faqat hayotni materialistik idrok etishga asoslangan ilmdir deb uqtirib kelgan. Yaqin o'tmishda shunday yalpi targ'ibot ta'sirida ta'lim olgan ko'pchilik tengdoshlarimiz (ustozlarimiz ham) "ilm boshqa, din boshqa" degan aqidani tark etishga botinmay turishibdi. Diniy ilm-larni haqiqiy ilm qatoriga qo'shish mumkinligiga shubhalari to'liq tar-qagan emas. Mashhur akademiklarimizning kitoblarida bugun ham Payg'ambarimizga "vahiy" kelishini siyosiy maqsadlar bilan iz'ohlash-ga intilish kuzatiladi. Aslida esa ilm faqat aqlga tayanmaydi. Ayniqsa, ijtimoiy soha, ma'naviyatga aloqador sohalarda aqliy va naqliy ilmlar mutanosibhgi muhim o'rin tutadi. Bizgacha o'tmishdan yetib kelgan kitoblar ham ikki toifa ilohiy matnlarga tayanuvchi, ya'ni "vahiy" orqali yetib kelgan, insoniy matnlar asosidagi, ya'ni insonlar ijod et-gan kitoblar. Bulardan birinchilarining mazmuni azaliy va abadiy mohiyatga tutashadi, ikkinchilari esa muayyan zamon va makonda yashab o'tgan insonlarga tegishli bo'lgani tufayli, ayni o'sha zamon va makonning ta'siridan xoli emas, ya'ni ularga mutlaq haqiqat sifa-tida yondoshish noto'g'ri bo'ladi. Masalan, Qur'on oyatlari mazmuni o'zida mutlaq haqiqat sirini yashirgandir, ammo uning turli tafsirlari mufassirlar shaxsi bilan, ularning turlicha talqini bilan bog'liq. Umlar-ni turlarga ajratadigan bo'lsak, masalan, maqsad yo'nalishiga ko'ra farqlash mumkin. Shunda dunyoviy maqsadlarga yo'nalgan yoki ux-raviy (oxiratga, ya'ni bu dunyodagi faoliyatimizning u dunyodagi oqi-batiga oid) maqsadlarga yo'nalgan ilmlar haqida gapirish mumkin bo'ladi. Ma'naviyat ayni dunyoviy va uxraviy maqsadlarimizni uyg'unlashtirishga oid sohadir. Xulosa qiladigan bo'lsak, Haq yo'lida qilinadigan har qanday ilm haqiqiy ilmdir va u inson ruhini poklashga xizmat qiladi, ilmda haqiqatdan har qanday chekinish esa jaholatga olib keladi. Yuqorida sanab o'tilgan umumiy jihatlardan kelib chiqib, ba'zilar din va ma'naviyatni bir narsa deb qarashga moyil boiishadi. Bu un-chalik to'g'ri emas. Har bir insonning o'z dini bo'lmaydi. Dinlar ko'p dunyoda, lekin ular muayyan. Din — ilohiy kitoblar orqali nozil etilgan alohida qonun-qoidalarni bildiradi. Ma'naviyat qat'iy qonun-qoi-dalar tarzida tasawur qilinmaydi. Har bir shaxs ma'naviyati o'ziga xos, har bir insonning o'z ma'naviy olami mavjud. Din insonning dilida bo'lishi kerak, albatta, ammo har bir inson bir dinni qabul qilib oladi va uning qonun-qoidalariga umr bo'yi rioya qiladi. Ma'naviyat esa inson qalbidagi nur, u tanlab olinmaydi, u Allohning inoyati, odamni Haq yo'lga yetaklovchi hodiy, uning qonun-qoidalari ochiq bayon qilingan hukmlar bilan chegaralab berilmaydi. Ma'naviyat inson umri davomida, millatning tarixiy taraqqiyotida takomil topib boradi, din esa ilohiy vahiy asosida, payg'ambar hadislariga tayangan holda ulamolar tomonidan muayyan chegaralarda qat'iy qilib belgilab beriladi, bu chegaralarni har kim ham o'zgartira oladigan narsa emas. Harholda bizning tasawurlarimiz shunday. Navoiy "Talab vodiysi-ning sifati"da yozadi: Kufr ila imonga urgaysen ilik, Bu ta 'madinkim ochilgay bir eshik. Chun eshik ochildi ne kufr-u ne din, Ichkari kirgach qutulding barchadin. Kufr-u imon rohravg'a kesh emas, Asliyo'lda bandirohe, besh emas'. Samimiy diniy e'tiqod ma'naviyat eshiklaridan biridir. Yana bir nozik masala. Ko'proq oddiy e'tiqod egalari dinni sunna darajasida idrok etadilar. Yaqin o'tmishda, ilm va imon ikki qutbga ajratib tash-langan, san'at marksizm g'oyalarining targ'ibotchisiga aylantirilgan bir sharoitda, darhaqiqat, Qur'on va payg'ambarimiz hadislari din ahli uchun yagona ma'naviy panoh bo'lgan edi. Ammo voqelikda milliy ma'naviyatimiz maydonlari behududdir. O'z vaqtida buyuk al-lomalarimiz ijodida ilm va mantiq, irfon va badiiyat olamlari imon-dan tashqari bo'lmagan, balki ilm va imon bir-biriga quvvat bag'ishlagan, tavhid e'tiqodini idrok etish ilm va irfon orqali teranlik kasb etib borgan. Din va ma'naviyatni birlashtiruvchi fazilat e'tiqoddir. Dinning zohiriy va botiniy jihatlari bor. Botiniy jihati imon bo'lib, qolgani — ibodatlar - zohiriy jihatlar, ular imonni muayyan tashqi harakatlar bilan tasdiqlaydi. Ammo imon faqat tilda bo'lsa, islomiy hayot qonunlari bilan ichki ma'naviy uyg'unlik hosil qilinmasa, unda ma'naviyat nuq-tayi nazaridan dahriyning o'z aqidasiga e'tiqodi munofiqning tashqi dindorligidan afzal bo'lib chiqadi. Chunki e'tiqodli dahriy do'zax azoblari xavfi oldida ham o'z bilganidan qaytmaydi. Munofiq esa o'z hayot tarzi bilan halol insonlaming dinga ixlosini qaytaradi. Dinning zohiri saqlab qolinsa-yu, botiniga e'tibor yetarli bo'Imasa, din xuro-fotga aylanadi. Dinni xurofot darajasida tushungan zohirbin aqidapa-rast nuqtayi nazarida din va ma'naviyat butkul bir-biriga zid narsalar bo'lib qoladi. Dinni aqidaparastlik darajasida tushunish insonlar orasida arzimagan narsadan nifoq chiqishiga, balki og'ir xunrezliklar-gacha olib kelishi mumkin. Bunday yondoshuvda turli din vakillari orasidagina emas, hatto bir dinga e'tiqod qiluvchilar orasida ham qonli nizolar kelib chiqishi hech gap emas. Tarixda bunday fojeiy voqealar ko'p bo'lgan. Payg'ambarimizning eng yaqin sahobalari, Haq yo'ldagi xalifalardan(xulafoyi roshidin) hisoblangan hazrati Usmon va Alilarning shahid etilishi g'ayridinlar tomonidan emas, ayni islom aqi-daparast oqimlarining vakillari tomonidan amalga oshirilganligi ta-rixdan ma'lum. Sunniy-shia qirg'inlari-chi? Ayni shu sabablar tufayli Prezident dinga ma'naviy qadriyat sifatida yondoshuvni izchil qo'llab chiqmoqda. Mustaqil O'zbekiston rahbariyati dinning zohiriy jihat-larini inkor qilmagan holda, uning botiniy, ma'naviy jihatiga birinchi darajali ahamiyat qaratishni maqbul ko'rmoqda. Chunki jahon dinla-rining botiniy jihati o'zaro uyg'unlikni taqozo etadi. Ma'naviyat uchun turli dinlararo farqlar muhim emas, inson qal-bidagi imon nuri muhim. Bunday yondoshuv ko'proq tasawuf irfoni sohiblariga oiddir. Har qanday bo'lganda ham, e'tiqod dilda bo'ladi, u insonning o'zi uchundir, ibodatlar tashqi xatti-harakat bilan ifodalanadi, bunda inson ham shaxsiy e'tiqod tuyg'usini qondiradi, ham qaysi dinda ekan-ligini o'zgalarga zohir etadi. Ibodatni ado etmaslikning ham sababi ikki xil bo'lishi mumkin. Biri - agar shaxs o'zgalar uchun biror-bir savobli ishni bajarishni o'zi uchun (ibodat doim insonning o'zi uchundir) bajariladigan ibodatdan ortiq bilsa (albatta, bunda yanglishuvi ham mumkin). Ikkinchisi, o'z shaxsiy g'arazi yo'lida ibodat o'rniga boshqa bir yumushga chalg'isa. Har ikki holatda ham inson o'z kela-jak taqdirini xavfga qo'yadi. AUoh oldida buning javobi qanday — yolg'iz Yaratganga ayon. Harholda ma'naviyat uyg'unlikka intiladi, shu jihatdan mo'min faqat ibodat bilan qoniqib, o'zga amallarini ezgulik bilan uyg'unlashtirishga e'tibor qilmasa, bunday insonni ma'naviy barkamol deyish qiyin. Dinda e'tiqod, taqvo, halol va harom masalalari asosiylardan bo'lib, bular bevosita inson ma'naviyatiga aloqadordir. Ma'naviyat muayyan maMnoda dinning botiniy jihati bilan tutashadi. Taqvo ma'naviyat bel-gisi bo'lib, halol rizq taqvoning eng o'zak tushunchasi hisoblanadi. Bu masalalar xususida kelgusida yana batafsil suhbatlar bo'ladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling