O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. Oliy ma'naviy qadriyatlar — Vatan, shaxs, millat


Download 1.87 Mb.
bet54/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

1-fasl. Oliy ma'naviy qadriyatlar — Vatan, shaxs, millat,
adolat, haqiqat — inson ruhining Borliq haqiqati bilan
uyg'unlasfmv bosqichlari sifatida
Yevropa ilmida aksiologiya fani bor. O'zbekchaga uni qadriyatshu-noslik deb tarjima qilishadi. Qadr tushunchasi asli mohiyatiga ko'ra ma'naviyatga aloqador. Chunki qadr tushunchasi faqat Borliq mohiya-ti bilan uyg'unlikda shakllanadi. Butun olam yagona Tangrining max-luqidir, u tomonidan yaratilgan. Alloh bir zarrani ham behuda, be-maqsad yaratmaydi, demakki, mavjud Borliqdagi har bir ashyoning, narsa-hodisaning o'z qadri bor. Ayni shu haqiqatni, ya'ni Borliqdagi mavjud narsa-hodisalarning behuda yaratilmaganligi, har birining o'z vazifasi, mavqe va maqomi bor ekanligini anglab yetish tufayli inson ongida muayyan qadriyatlar tizimi shakllanadi. Tabiiyki, bu tizim o'ta murakkab ichki qurilishga ega, shu sababli har qanday nazariy yon-doshuv o'z maqsad yo'nalishiga muvofiq ravishda ushbu tizimning muayyan unsurlariga birinchi darajali ahamiyat ajratadi. Milliy ma'naviyatimiz millatning o'tmishi, buguni va kelajagini qam-raydi, ularni yaxlit tizimda tutib turadi. O'tmish ajdodlarimiz merosi-da aks etgan ma'naviy qadriyatlar bugungi bashariyat erishgan ma'naviy kamolot darajasi bilan uyg'unlashtirilsa, mamlakatimizdagi voqe ah-volga tatbiq etilsa, undan kelajak kurtaklari unib chiqadi, kelajak un-surlari shakllanadi. Ma'naviyat — insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudrati bo'lishi uchun, insonga botiniy quwat bag'ishlashga qodir manbaga aylanishi uchun inson ruhi Borliq haqiqati bilan uyg'unlik hosil qilishi, ya'ni boqiy mohiyat bilan tutashuvi kerak ho'ladi. Lekin shu uyg'unlik qan­day shakllanadi, uning muayyan pog'onalari, idrok etish darajalari ha-qida so'z yuritish mumkinmi? Biz islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma'naviyatimizning takomil bosqichlaridan kelib chiqib, ular bilan uyg'un ravishda Borliq haqiqatini anglash jarayoni bo'lmish ma'rifat yo'llari haqida muayyan tasawur hosil qildik. Ulardan — ibrat, ilm, riyozat va mehrni alohida ajratib ko'rsatdik. Ammo bular Borliq haqiqatini anglash sari olib boradigan yo'llar, xolos. Borliq haqiqatini anglash darajalari, inson ruhining Borliq haqiqati bilan tobora uyg'unlashuviga eltuvchi pog'onalar emas. Borliq haqiqati cheksiz, inson uni hech qachon tugal anglab yeta olmaydi. Ammo insoniyat-ning necha mingyillik ma'naviy kamolot tarjibasi behuda ketgan, deb tasawur qilish ham gumrohlik bo'lur edi. Ming yillar davomida inson Borliq haqiqatini anglash sari intilar ekan, qandaydir natijalarni qo'lga kiritgani shubhadan holidir. Ana shu qo'lga kiritilgan ma'naviy qadri-yatlar majmuyini muayyan yaxlit tizimlar pog'onadorligi sifatida tasav-vur qilsak, Borliq haqiqatini anglash darajalari, Inson ruhining Borliq haqiqati bilan tobora uyg'unlashuv bosqichlari ko'z oldimizda namo-yon bo'ladi. Albatta, bu tizim ham har qanday inson bilimlari kabi nisbiydir, ko'proq o'zimizning milliy ma'naviyatimiz an'analariga ta-yanib shakllantirilgandir. Balki boshqa millat, boshqa mintaqa vakilla-rining tasavvurlari boshqacharoqdir. Hatto o'zimizning milliy an'analarimizni ham har kim o'zicha tasawur qilishi mumkin. Alisher Navoiy hazratlari yozganlaridek, Haqiqat yo'llari hadsiz-hududsiz. Biz ushbu qismda Prezident asarlarida bayon etilgan mulohazalar-ga tayanib, ularning ajdodlarimiz yaratgan boy meros va xalqimiz tili-da, dilida, maqol va matallari, urf-odat va an'analarida saqlanib ke-layotgan milliy ma'naviyatimizning bosh tamoyillarini teran aks etti-rishlaridan kelib chiqib, Shaxs va millat ma'naviy kamolida besh ulug' ma'naviy qadriyatni ajratib oldik. Bular - Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat deb ataldi. Bularning har biri bir paytning o'zida ham Millat ma'naviyatining bosh tayanchlari, ham ularning har biri alohida bir tizim, murakkab ichki mundarijali ma'naviy timsol - tu-shunchalardir. Ma'naviyat haqida bahs yuritilar ekan, o'zak tushuncha Shaxs ekanligi shubhasiz. Ma'naviyat asli shaxsdan tashqarida bo'lmaydi, chunki u inson qalbida aks etgan ilohiy nur, Oliy haqiqat nuri. Ilohiy oyatga tayanuvchi bu majoziy ta'rif milliy ma'naviyatimiz takomil bosqichlari davomida shakllangan va turlicha tarzda qator allomalarimiz merosida o'z ifodasini topgan. Biz uni hozirgi zamon ilmiy tiliga ko'chirib, inson ruhiyatida aks etgan Borliq haqiqati, yanada aniqrog'i Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg'unlik deb ta'rifladik. Ammo shunga qaramay, tan olish kerakki, har bir shaxs muayyan makonda tug'iladi va hayot kechiradi. Uning ruhiyati ushbu makonda shakllanadi, shu oika unga Vatan sanaladi, ko'ngil dunyosida unga ma'naviy munosabat yuzaga keladi. Dilida Vatan tuyg'usi shakllanma-gan insonni hali shaxs sifatida tasawur etish qiyin. Demak, shaxs ma'naviy kamoloti awalida o'z kindik qoni to'kilgan zaminga mehr, uning ruhidagi ona tabiat bilan uyg'unlik yotadi. Ma'naviyat muayyan shaxsdan tashqarida bo'lmas ekan, millat ma'naviyati ham aslida ushbu millatga aloqador alohida shaxslar ma'naviyatidan tashqari emasdir. Ma'naviyatning bepoyonligi alohida shaxs ma'naviyatining behududligi bilan bog'liq. Inson ruhiyati chek-siz jilolarga ega, Borliq haqiqati asli behudud, demakki, har bir shaxs ma'naviyati ikki karra bepoyon va cheksizdir. Millat ma'naviyati ush­bu millatga qaysidir bir tarzda aloqador shaxslar ma'naviyatining maj-muyidir. Ana endi 3 karra cheksizlik hosil bo'ldi. Millat ma'naviyatini ushbu millatga aloqador shaxslar ma'naviy dunyosi majmuyi tashkil etadi, dedik. Ammo ular soni cheksiz, chunki millat ma'naviyati uning butun o'tmishi, buguni va kelajagini qamrab oiadi. O'z navbatida bugun ko'z ochib dunyoni ko'rib turgan barcha inson u yoki bu muayyan millat ma'naviyatidan tashqarida bo'la ol-maydi. Masaianing murakkabligi shundaki, hech bir inson o'zi mansub millat ma'naviyatini ota-onadan qon bilan, irsiy qabul qilib olishi ka-folatlanmagan. Agar o'zbek to'lig'icha rus madaniyati muhitida tarbi-yalansa, uning ruhida o'sha millat ma'naviyati shakllanadi. Chunki har bir shaxs ma'naviyati ushbu inson tarbiya topgan ma'naviy muhit bi­lan bevosita aloqadordir. Demak, shaxs ma'naviy to'kisligining ikkinchi nishonasi uning o'z milliy ma'naviyatiga aloqadorligi, uni qay dara-jada ruhiga singitib olganligi bilan bog'liq ekan. Albatta, Vatanga mehr endi milliy ma'naviyatning ham uzviy qismi ekanligi o'z-o'zidan ravshan. Inson Vatanni tanidi, millatni suydi. Bo'ldimi? O'z shaxsiy man-faatidan o'zgani tan olmaydigan, his qilmaydigan odam - sof jaholat banda"sidir. Ammo milliy xudbinlik ba'zan shaxsiy xudbinhkdan ko'ra xavfliroq bo'lishi mumkin. Bunga ham bashariyat tarixida istagancha foje hodisalar guvoh. Ayniqsa, Yangi tarixda. O'zgani seyishga hech kimni majburlab bo'lmaydi. Ammo inson ruhida doimo adolat tuyg'usi hukmron bo'lmog'i kerak. Bu - ayni ma'naviyat. Buni aslida uchinchi o'ringa qo'yish ham durust emasdir. Ammo adolat yuzasidan qayd etish kerakki, dilida Vatan tuyg'usi bo'lmagan, o'z millatini suymagan inson o'zgalarga nisbatan sidqidildan adolatli bo'lishiga ham bovar qilmaydi. Shu bilan birga inson ruhida tabiatga nisbatan, o'zgalarga nisbatan niehr va adolat tuyg'ulari shakllanishi uchun uning moddiyligi, undagi nafs, ya'ni g'aflat, shahvat va kibr doimo xalaqit berib turishini ham inobatga olib, hayotga sergak boqish lozim. Ushbu illatlar har bir inson fitrati bilan bog'liq bo'lgani tufayli, inson moddiy mavjudot sifatida tirik ekan, ulardan butkul qutulish umidi xomxayol, faqat ular-ni muvozanatlovchi kuch kerak, ayni shu kuch — ma'naviyatdir. Ma'naviyat - inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg'unlik dedik, ya'ni inson ruhi Borliq haqiqatini anglab yetsagina, o'ziga singdirsagi-na u bilan uyg'unlik hosil qila oladi. Demak, eng oliy poya —Haqiqat. U Borliqning mohiyatidir. Borliq haqiqati haqidagi har kimning, har millatning tasawurlari turlicha bo'lishi tabiiy. Bir kishi barchaning ko'nglini bila olmaydi. Ammo bizning suhbatimiz milliy ma'naviyatga oid bo'lgani bois Borliq haqiqati haqidagi tasavvurlarni ham ushbu hududda qidirganimiz mantiqan o'rinli deb hisobladik. Ma'rifat ma'naviy kamolot yo'li sifatida alohida shaxs ruhiga alo-qador jarayon, millat ma'naviyatida esa ushbu jarayonni ta'minlovchi usullar, vosita va imkonlar haqida so'z yuritish mumkin. lroda qudra-ti, irfon va riyozat, mehr bevosita shaxsning fardiy (individual) tajri-basiga ko'proq aloqador bo'lgani sababli, biz asosan ilm yo'lidan borib mulohaza yuritishimizga to'g'ri keladi. Oldindan aytib qo'yish kerak-ki, Vatan yoki Adolat tuyg'usi haqida ushbu kitobda yozilganlarni o'qib chiqqan odam darhol Vatanning qadriga yetadigan yoki adolat-ga xiyonat qilmaydigan bo'lib qoladi deb tasawur qilish ilm qudratiga oshiqcha bino qo'yish boiur edi. Har bir inson Vatan, Millat, adolat timsol-tushunchalarining o'z ruhidagi poydor ma'naviy qadriyatlarga aylanishi uchun o'zgalar ibratida sinashi, bu yo'lda riyozat chekishi, ularga nisbatan ko'nglida mehr uyg'onishi zarur. Bunga turli sabablar, turli vositalar bilan erishiladi. Biz tuzgan matnlar esa faqat ta'lim vositasi xolos.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling