O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Tabiatga mulkiy munosabat. Uning ma'naviy jihat-lari
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
4-fasl. Tabiatga mulkiy munosabat. Uning ma'naviy jihat-lari
Islom davriga kelib insonning tabiatga munosabatida yangi bosqich boshlandi. Qur'oni karimning nozil bo'lishi asotir tafakkurga oxirgi hal qiluvchi zarba bo'ldi. Odam Ato aviodlari yer yuziga xaiifalik mas'uliyati bilan yaratilganliklari haqida aniq xabar berildi. Bu inson tafakkuri-ning yangi rivojlanish darajasiga muvofiq keluvchi ma'naviy vazifa bo'lib, endi faqat yaratuvchilik mehnati bilan faxrlanish, yer, suv, olovni e'zozlash kifoya qilmas edi. Islom mintaqa madaniyatida asta-sekinlik bilan inson ongidagi asotir tafakkur unsurlari ilmiy va badiiy tafakkur qudrati bilan siqib chiqaril-di. Asotir tafakkur o'rnini ilmiy tafakkur mustahkam va asosli egallay boshlaganligi sababli endi atrof-voqelik bilan munosabatlarni ham ilmiy asosga qo'ymoq taqozo etilardi. Bu mas'uliyatni to'kis-tugal anglab yetish osonlikcha kechgani yo'q. Bu davrdagi insonning tabiatga munosabatida bir necha yo'nalishni tilga olib o'tish lozim. Birinchisi, tavhid ta'limotidan kelib chiqqan holda inson o'zini tabiatning uzviy bir qismi sifatida anglab yetishi bo'lib, bu hoiat tafsi-lotlarining tahlili asosan islom ma'rifatchiligi vakillari tomonidan amalga oshirildi. Ikkinchisi, insonning yer yuzida xalifaligi, ya'ni insonning tabiat sohibi ekanligi masalasi. Bu masala mulk munosabatlari biian bog'liq ravishda islom davrida asosan fiqh ilmi allomalarining diqqat markazi-da bo'ldi. Yerga, suvga, ma'danlarga insonning mulkiy munosabatlari darajasi bu yo'nalishdagi muhim muammolardan bo'lib, vaqf masala-sida bevosita ma'naviyat va iqtisod nisbatiga oid masalalarga tutashib ketadi. Qur'oni karimning "Mulk" surasi shunday boshlanadi: "Taborak-al-lazi bi-yadihi-1-mulk va huva ala kullishay'in qodiyr" (Abdulaziz Mansur tarjimasi: "(Mutlaq) hukmronlik "qo'li"da bo'lgan zot - Alloh bara-kotli (buyuk)dir va U har narsaga qodirdir"). Bu yagona Allohning sifatidir. Butun borliqni u vujudga keltirgan, demak, borliq uning tasar-rufidadir. Inson esa - uning yer yuzidagi xalifasi Har bir insonning moddiy borliqni tasarruf etish huquqi ushbu mantiq asosida belgilana-di. Adolat har bir shaxsning unga Alloh ato etgan qudrati va salohiya-tiga yarasha, mehnatiga loyiq mulk egasi bo'la olish huquqidadir. Inson o'zi yaratmagan, o'zi yarata olmaydigan narsalarga mutlaq egalik qilishi joizmi? Albatta, uning mehnati va salohiyati bilan yaratilgan narsalar uning inon-ixtiyoridan tashqari o'zgalar tasarrufiga zo'rlik yoki tazyiq bilan o'tkazilishi adolatsizlikdir. Tabiiy boyliklar esa Yaratgan-ning mulki, muqaddas mulk. Yer, suv, qazilma boyliklar, tabiiy o'rmon va hokazolar Xalloqi olam tomonidan o'sha zaminda yashovchi aholi foydalanishi uchun yaratilgan boiib, davlat qonunlari va xalqaro ke-lishuvlar asosida tasarruf etilmog'i lozim. Tabiatni o'zboshimchalik, zo'ravonlik va tazyiq yo'li bilan inson ehtiyojiga moslashga urinish o'ta xavfli tamoyildir. Tabiiy muhitga avaylab-e'zozlab munosabatda bo'lish, yer, suv, have pokligi faqat biz uchun, bugungi avlod uchungina emas, necha mingyillik kelgusi avlodlar uchun ham atalgan ekanligini nihoyatda hushyorlik bilan yodda tutish, demakki, o'ta qat'iy qoidalar bilan muho-faza qilish lozimligi milliy ma'naviyatimizning tabarruk an'analaridandir. Yerdan, suvdan oqilona foydalanish zarur - ma'lum hudud yoki daryo, soy, ko'l, dengiz xususiy mulk bo'lishi, ya'ni to'hg'icha yakka bir shaxs inon-ixtiyoriga o'tib, obod-u vayronligi uning irodasi, xohishiga mutlaq bog'liq bo'lib qolishi Borliq haqiqatiga ziddir. Hatto davlat yoki umumxalq mulki deb hisoblanishi ham shartli holat. Shu ma'nodaki, hech bir davlat, hech bir xalq o'z kelajak avlodini, kelajak insoniyatni AUoh yaratgan tabiiy imkoniyatlardan mahrum etishga haqqi yo'q. Har kim bir narsani yaratsa, o'sha uning mulki bo'lsin - xohlasa sotsin, xohlasa buzib tashlasin. Ammo shunday deymiz-u, bu qoida hatto buyuk iste'dodlar qudrati bilan yaratilgan boyliklarga ham to'liq daxldor emas. Chunki iste'dod Alloh in'om etgan ne'matdir, demak, bu iste'dod mevasi ham o'z qiymati, ahamiyatiga ko'ra kamida umum-milliy, ko'p hollarda umumbashariy mulkka aylanadi. Demak, na uni yaratgan inson, na boshqalar bu mulkka shikast yetkazishga huquqli bo'lmay qoladi. Iste'dod egasining bashariyat oldida, AUoh oldida alohida ma'naviy mas'uliyati mavjud. U o'z iste'dodini Allohning ne'mati sifatida qadrlashi, uni botil xayollar ixtiyoriga berib qo'ymasligi, bepisand munosabatda bo'lmasligi kerak. Har kim o'zidagi yashirin iste'dodni izlashi, topishi, tarbiyalab kamolga yetkazishi, millat va bashariyat ma'naviy ravnaqi uchun hissa bo'lib qo'shiladigan voqe boylikka aylantirishi vojibdir. Iste'dod egasi el e'zoziga loyiq. O'z iste'dodlarining qadriga yetmagan xalq esa, shubhasiz, tanazzulga yuz tutadi. Uch/ncM muhim jihat insonning tabiat oldidagi mas'uliyati va tabi-atga mehr masalasi bo'lib, bu muammo "Avesto"da asotir darajasida hal qilingan bo'lsa, islom davriga kelib ko'proq badiiy tafakkur ixti-yoriga o'tdi va "majoz tariqi" bosqichida mukammal hal qilindi. Yan-gi davr Yevropasida, ayniqsa, marksistlar tafakkurida, ilm va imon, aql va tuyg'u, mulk va mehnat, moddiyat va ma'naviyataro ziddiyat, kurash yetakchi o'rin egallab, faqatgina ijtimoiy taraqqiyotni inqiloblar orqali amalga oshirish emas, balki tabiatni ham o'zboshimchalik, zo'ravonlik va tazyiq yoii bilan inson ehtiyojiga moslash harakati rasm bo'ldi. Islom mintaqasida allomalarimiz uyg'unlik va yaratuvchilikni birinchi o'ringa qo'yib, o'zini va o'zgani tushunishga intilish, jumladan, tabiat va inson munosabatlarini asl mohiyatiga muvofiq anglab yetib, shunga yarasha muomalani shakllantirishga intildilar. Navoiy nazdida tabiatning biror unsuriga ongli ravishda zarar yetka-zish Allohga xiyonat darajasida tushunilar edi. Shu ma'noda Vatanga xiyonat ham faqat jang paytida dushman tarafga o'tib ketish emas, birinchi navbatda, ona yer, suv, havo, tuproqni qadr etmaslik, ularni bulg'ash, millat mulkiga ziyon yetkazish, avlodlar haqqiga xiyonat qilishda deb anglangan. Milliy ma'naviyatimiz uchun tabiatga muno-sabatda Yangi davrga o'tish bosqichining Navoiydan keyingi rivojini nazariy jihatdan Bedil merosidan va amaliyotda Milliy uyg'onish namo-yandalari faoliyatidan qidirish maqsadga muvofiq bo'lsa kerak. Mana shu tabarruk ta'limlar bugunimiz uchun ham ma'naviy tarbiyaning ibtidolari hisoblanmog'i kerak. Shundagina Vatan obod, inson ruhi pok va barkamol boia borishi mumkin. 2-BOB. INSON VA SHAXS Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling