O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-BOB. BOZOR IQTISODI VA MA'NAVIYAT
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
5-BOB. BOZOR IQTISODI VA MA'NAVIYAT
l-fasl. Ma'naviy merosimizda bozor iqtisodiga munosabat Inson farishta emas. U moddiy vujud sifatida yaratilgan. Shunday ekan, uning inkor etib bo'lmaydigan moddiy ehtiyojlari atrof- tabiat va o'zga mavjudotlar bilan doimiy amaliy munosabatlarni taqozo qila-di. Iqtisod ayni shu inson jismining moddiy voqelik bilan amaliy mu-nosabatlariga oiddir. Insonning tabiatga munosabati iqtisodning asosini tashkil etadi, dedik, ammo bugungi kunda har bir inson o'z moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun faqat tabiat bilan emas, balki o'zga in-sonlar bilan ham turli munosabatlarga kirishadi. Bunday munosabatlarni, maqsad yo'nalishidan kelib chiqib, iqtisodiy munosabatlar deb ataymiz. Ularning tagzaminida mulk tushunchasi, talab va taklif nisba-ti asosiy nuqtalardan hisoblanadi. Insonlar jamoasida iqtisodiy munosabatlarning turli daraja va yo'nalishlarini kuzatish mumkin: 1. Agar moddiy ehtiyojlarni qondirishda har bir inson tabiat bilan bevosita amaliy munosabatga kirishib, o'z aqli, malakasi, mehnati vosi-tasida rizq topsa, bu ibtidoiy (natural) xojalik bo'ladi. Hayotda bun-day xo'jalik usuli sof holda juda kam uchraydi, faqat badiiy adabiyot-dagi Hayy ibn Yaqzon, Robinzon Kruzo faoliyatlari uning yaqqol namunasidir. Odatda ibtidoiy xo'jalik kamida oila miqyosida faoliyat olib boradi. Agar har bir mustaqil xo'jalik bir turda yoki yo'nalishda mah-sulot ishlab chiqarib, so'ng bozorda uni boshqa mahsulotlarga almash-sa, ibtidoiy bozor iqtisodi vujudga keladi.Agar barcha mulk davlatga qarashli bo'lib, barcha ishlab chiqa-rish va taqsimot davlat ixtiyorida bo'lsa, total (yalpi) davlat iqtisodi vujudga keladi. Bu juda qadim utopiya (xomxayol) asosida sobiq SSSR da zo'rlik bilan shakllantirilgan va zo'rlik bilan ushlab turilgan iqtisodiy tuzum 70 yil ichida butkul yaroqsizligini isbot qildi. Bugungi kunda butun dunyoda yetakchi mavqeda bo'lgan rivoj-langan bozor iqtisodi tizimi yuqoridagi jo'n shakllardan farq qilib, murakkab ko'rinishga ega. Jahondagi iqtisodga oid ilmlar asosan ana shu rivojlangan bozor iqtisodiga taalluqli muammolar bilan shug'ullanadi. Haqiqiy bozor iqtisodiy adolatdir. Chunki unda hech kim o'z qa-rashlarini birovga zo'rlik bilan o'tkaza olmaydi. Burjua sinfining dik taturasi (mutlaq istibdodi) haqiqiy bozor emas, balki iqtisodiy zo'ravbnlikdir. "Yowoyi bozor" ("otkhh KairaxaJiM3M") mutlaqo orzu qiladigan narsa emas. U ham insoniyat uchun bir sinov bosqichidir. Insoniyatning katta bir qismini 70 yil davomida "sotsialistik umumxalq mulki"ga sadoqat ruhida "qayta tarbiya qilishga" urinishgan bo'lishlariga qaramay, o'zbek xalqi, o'lkamiz xalqlari bozorni unutmadi, chunki bozor munosabatlari milliy ma'naviyatimizning necha mingyillik qadri-yatlaridan bo'lib kelgan. Bozor insonni o'z-o'zini qadrlashga o'rgatadi, muomala odobiga o'rgatadi, o'zga mehnatining qadriga yetishga o'rgatadi. Bizga yaqin-gacha "ta'lim" berganlaridek, bozor tovlamachilar, "chayqovchi" makoni emas, balki ibrat va tarbiya maktabidir. Bozor aylangan kishi ona yer, tabiatimiz saxovatini ko'rib, Vatanga mehr tuyg'ulari qalbini to'ldiradi. Albatta, buni his etish uchun ham inson ma'naviy kamolo-tining ma'lum darajasi talab etiladi. Dehqonning, hunar egasining mehnati va bardoshiga, mahorati va didiga bozor aylanganda, bir yax-shi narsa xarid etganda baho beramiz, tasanno aytamiz. Didsizlik, uquvsizlik, o'z ishiga e'tiborsizlik bozorda darhol o'zini oshkor etadi. Demak, bozor va ma'naviyat aslo zid tushunchalar emas. Biz bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat qurmoqchi ekanmiz, ayni o'z milliy an'ana va qadriyatlarimizga qaytgan bo'lamiz, kelajak sari ularga tayanib olg'a siljiymiz. Albatta, bu yangi tizim shundayicha oldingi asrlarni qayta-rish bo'lmaydi, XX asrning jahon taraqqiyoti erishgan barcha yutuqlaridan ijodiy foydalaniladi, ammo hech bir o'rinda ko'r-ko'rona nusxa ko'chirish naf keltirmasligini ham unutmaslik lozim. Bu mavzuda ham qadr masalasiga yana bir qaytishga to'g'ri keladi. Qadr tushunchasi iqtisod yo'nalishida qiymat, baho tarzida namoyon bo'lib, sof iqtisodiy mazmun kasb etadi. Bu yerda endi har bir inson-ning salohiyati, iste'dodi, malaka va uquvlari, bilimi o'z muayyan va aniq qiymatiga ega bo'ladi. Inson o'z yaratuvchilik mehnatining nati-jasiga qarab, u yaratgan moddiy yoki ma'naviy boylik o'zgalar uchun qanchalik muhim va zarur ekanligi, qanchalik sifatli va zamon talab-lariga javob bera olishi, boshqa turli jihatlari asosida muayyan daro-madga ega bo'ladi, jamiyatda muayyan obro', ehtiromga, muayyan mavqe va maqomga sazovor bo'ladi. Shunday qilib, iqtisod sohasida moddiy qadrlanish doimo inson imkoniyatlarining amalda qanday tat-biq etilishi bilan bog'liq. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling