O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
3-fasl. Ma'naviyat va bozor
Ma'naviyatning bozori bormi? Yo'q. Chunki bozor insonlararo iqti-sodiy muomala maydoni, iqtisod esa ma'naviyatga emas, moddiyatga aloqador hodisa. Ammo inson moddiy vujud ekan, uning ma'naviyati ham moddiy voqelikda o'zligini namoyon etishi tabiiy. Bu — madani-yatdir. Madaniyat — inson ma'naviyatining moddiy voqelik shaklida namoyon bo'lishi. Demak, ma'naviyat va bozor munosabatlarining ikkinchi muhim jihati madaniyat va bozor nisbati tariqasida bugun-ning eng dolzarb muammolaridan bo'lib turibdi. Madaniyat o'z-o'zicha olib qaralmaydi, u kimgadir nima uchundir kerak. Masalan, sho'rolar tuzumida "sotsialistik madaniyat" degan tushuncha boiardi. Bu kom-munistik partiya va uning mutlaq hukmronligini ta'minlashga xizmat qilgan "sovet davlati" uchun kerak bo'lgan "madaniyat" edi. "Sotsia-listik madaniyat" totalitar tuzum qadriyatlarini insonlar ongiga singdirish-ga yo'naltirilgan edi. "Burjua madaniyati" esa xususiy mulk egalari uchun qadrli bo'lgan timsollarni ilgari suradi. Dunyoda ijtimoiy toifalar ko'p. Har biri o'zi qadrli deb bilgan narsalarni, o'z manfaati uchun xizmat qiluvchi g'oyalarni himoya qila-di. Ammo haqiqiy madaniyatni o'zligidan kechib qo'ygan, xolis Alloh bergan iste'dodni uning roziligi yo'lida yuzaga chiqarishni o'ziga burch deb bilgan insonlar yaratadi. Haqiqiy madaniyat namunasidan ma'naviyat nuri yog'ilib turadi. Chunki iste'dodli shaxsning qalbidagi nur uning asariga ko'chadi. Bun-day asarlar insoniyatning boqiy mulkidir. Ammo inson moddiy, bu dunyo moddiy voqelik, shunday ekan, iste'dodli insonlarning ham ro'zg'ori, oddiy insonga yarasha turmush tashvishlari bor. Madaniyat bozori eng murakkab voqelikdir. Bozor iqtisodining ibtidoiy bosqich-larida bu bozor butkul parokanda shaklda bo'ladi, unda noqislik komillik bahosida, yuksak iste'dod bir qop somon bahosida ketishi mumkin.Ammo bu bozorning noqisligi ibtidoiyligi belgisidir, bozor iqtisodi rivojlangani sari madaniyatning bahosi oshib, ma'naviyatning mavqeyi yuksalib bora beradi. Bugun jahonning yuksak rivojlangan mamtakat-larida ilm, axborot, sifat ko'rsatkichlari (masalan, dizayn) jumladan, oziq-ovqat sifati, borgan sari yuqori baholanmoqda. Insonni tushunish endigi insoniyat rivojining belgilovchi omiliga aylanib borayotgani bunga dalildir.Demak, ma'naviyatga, madaniyatga e'tibor bozor iqtisodining bu-gungi jahon talablari darajasiga ko'tarilib borishida yetakchi ko'rsat-kichlardan hisoblanadi. Ammo masalaning ikkinchi jihati ham bor. Biz - ma'naviyat va madaniyat sohasining odamlari, o'zini ziyoli sanab yurganlar ham eski aqidalardan, ko'nikmalardan iloji boricha tezroq forig' bo'lishimiz, Alloh bergan farosatimizni ishga solib, o'z sohamiz-da mantiqli tadbirlar ishlab chiqishimiz kerak. Agar qo'limizdan kel-masa, olimligimiz, ustozligimiz haqidagi da'volafni yig'ishtiraylik va boshqa kasbning boshini tutaylik. Ammo olim va ustoz bo'lish niyati-miz bo'lsa, haqiqiy olim, haqiqiy ustoz bo'laylik, ya'ni qilayotgan ishimiz, gapirayotgan gapimiz bugungi voqelikka qanchalik muvofiq ekani ustida o'ylab ko'rib, el tilagan ishni qilaylik. O'zimiz o'rgangan "eski plastinka"ni qayta-qayta aylantira bermaylik. Sotsializm yo'q, uning talablari bugun bekor bo'ldi. Bugunning talablari qanday? Shu savolni o'z oldimizga qo'yib, bir tanamizga o'ylab ko'raylik. Qisqasi, bu yerda farosat masalasiga ahamiyat berish zarur bo'ladi. Tadbirkorga farosat kerak, lekin bugungi ma'naviyat va madaniyat sohasi xodimla-riga o'n karra farosat lozim. O'z holimizni to'g'ri idrok etib, o'zgani ham tushunishga intilib, voqelik haqida to'g'ri tasawur hosil qilmas ekanmiz, o'zimizga ham, jamiyatga ham, millatga ham tayinli foy-damiz tegmaydi. Bozor iqtisodi insonni o'ylashga, farosatini ishlatish-ga majbur qilishi bilan qimmatlidir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling