O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Milliy ma'naviyatimizda xalq hokimiyatchiligi
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
3-fasl. Milliy ma'naviyatimizda xalq hokimiyatchiligi
masalasi Milliy ma'naviyatimizda xalq hokimiyatchiligiga munosabat masalasi nihoyatda muhim, ham o'ta murakkab. Manbalar ahvoli, ularni o'rganish darajasi, talqinlar va umuman qamrov masalasi bir kishiga benihoya og'irlik qiladi. Kelgusida bu yo'nalishda jiddiy tadqiqotlar talab etiladi, hozircha bor ma'lumotlarga tayanib, masalaning faqat bir-ikki jihatiga ishora etib o'tish bilan cheklanamiz. Payg'ambarimiz davrlaridan boshlab islomda musulmonlar jamoasi ma'nosini bildiruvchi "umma" tushunchasi shakllandi. Uning hech bir a'zosi Alloh oldida o'zgalardan ortiq imtiyozga ega emas edi. Albatta, "umma"ning mohiyati bir kunda, bir yilda, hatto bir asrda to'liq anglab yetilgani yo'q. Uning ma'nosi asta-sekin teranlashib, ma'naviy va siyo-siy hayotdagi qator o'zgarishlar natijasida VIII asr ikkinchi yarmi — IX asr boshlarida mintaqada yagona madaniyat shakllandi. Mintaqadagi uch buyuk millat — arab, fors, turk xalqlarining orasida sobit muvo-zanat qaror topdi. Islom huquqshunoslari musulmon jamiyatini boshqarish asoslarini ishlab chiqa boshladilar. XI asrning buyuk siyosatshunosi Abulhasan Ali ibn Muhammad al-Mavardiy (974—1058) mashhur "Al-ahkom as-sultoniya" (Hukmdorlik qonunlari) kitobida hukmdor va musulmon jamoasi orasida ijtimoiy shartnoma (akd) asosini ishlab chiqdi. Qur'oni karimda insonlaming eng muhtaramlari eng taqvodorlaridir, degan hukm bor. Shundan kelib chiqib, yurt hukmdorining tayinlanishida islom jamoasining mo'tabar kishilari — mujtahid faqihlar, ulamolar va oliy martabali a'yonlarning mulohazalari inobatga olingan. Hukmdorlar, odatda, muhim qarorlar qabul qilish oldidan yurtning yirik ulamo va faqihlari, obro'li a'yonlarni yig'ib maslahat solardilar. Abbosiylar xalifaligi to mo'g'ullar bosqiniga qadar, rasman bo'lsa ham, ushbu qoidaga muvofiq amal qilgan. Xalifa tirik chog'ida o'ziga voris tayinlamoqchi bo'lsa ham, ushbu mo'tabar jamoa roziligini oli-shi zarur bo'lgan. Agar yurt hukmdori o'z vazifasiga munosib ish olib bormasa, musulmon jamoasi uni o'z mavqeyiga noloyiqligi haqida xulosa berish huquqiga ega bo'lib, muammoni qanday hal qilish tar tiblari ham huquqshunoslik ilmida batafsil ishlab chiqilgan edi. Qoida-ga ko'ra islom dunyosida hukmdor faqat ijro hokimiyatini boshqarib boradi, qonun ishlab chiqish esa, mujtahid faqihlar vazifasi hisoblan-gan. Sudlov hokimiyati mustaqil ravishda yurt qozilari tomonidan amalga oshirilgan. Ibn Xaldun o'zidan oldingi qonunshunoslarning qarashlarini rivoj-lantirib, bir qator yangi mulohazalarni bayon qildi. U diniy va dunyo-viy hokimiyatni bir-biridan farqlash va ajratish tarafdori bo'lib, davlat boshqarishni dunyoviy hokimiyat sifatida talqin qiladi. Ibn Xaldun, shuningdek, hukmdor faqat arablarning Quraysh qabilasidan bo'lishi kerak, degan xurofotni ham keskin rad etdi. Davlatni qanday asoslarda idora etish masalasida faqat musulmon huquqshunoslari, fiqh ulamolarigina emas, islom ma'rifatchiligining boshqa yo'nalish vakillari ham jiddiy mulohazalar bayon etganlar. Jum-ladan, Forobiy "Fozil shahar odamlarining qarashlari" risolasida davlat hukmdori qanday fazilatlarga ega bo'lishi va qanday talablarga javob berishi lozim ekanligini batafsil tahlil etib bergan. Botiniylar va mutakallimlarning ham bu xususdagi o'ziga xos qarashlari ma'lum. "Qobusnoma", "Siyosatnoma", "Axloqi Muhsiniy" kabi didaktik risola-lar, XI asr turkiy she'riyatining yuksak namunasi bo'lmish "Qutadg'u bilig" ijtimoiy-falsafiy dostonida davlatni boshqarish, turli ijtimoiy toi-falarning o'zaro munosabatlari va jamiyatdagi mavqelari xususida mu-fassal tahlil va xulosalar mavjud. Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" asarida asosiy voqealar "Qush-lar ijtimol va taqdim va ta'xir uchun bir-biri bila nizo'i" deb ataluvchi bob bilan boshlanadi. Bu asarda, shunday qilib, qadr tushunchasining siyosatda (ya'ni insonlararo munosabatlarda) namoyon bo'lish shakli - mavqe va maqom masalasi bosh mavzu qilib olingan va bu muam-mo ma'naviy zaminda mukammal yechib berilgan. VIII-XV asrlar milliy ma'naviyatimizning umumbashariy miqyos-ga yuksalish davri bo'lib, bu davrda millatimiz o'zini bashariyatning uzviy bir qismi sifatida anglab yetdi. Bu davrda yurtimizning ulug' allomalari ilohiy kitobning asosiy g'oyasi — tavhid ta'limotini borgan sari teranroq va mukammalroq talqin qilib borish orqali Yangi davr qadriyatlarini birinchi bo'lib idrok etish darajasiga yetishdilar va faxr bilan aytish mumkinki, Yevropadagi keyingi besh asrlik ijtimoiy taraq-qiyot yo 'lini bevosita oldindan bashorat eta bildilar. Ammo biz uchun alamli bo'lsa ham, voqelikni tan olmog'imiz kerak, islom mintaqasida Haqiqat tantanasi ma'naviyatda qoldi, siyosat-ga tugal ko'chmadi. Afsus va nadomatlar bo'lsinki, Yevropa islom ma'naviy qudratidan turtki olib, faol ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirishga kirishganda bizning mintaqa orqada qola boshladi, siyosat sohasidagi xurofiy tamoyillarni o'z vaqtida va dadil yengib o'ta olmay arosatga tushib qoldi. Keyinchalik ushbu arosat holati ming yildan oshiq dunyoning katta qismini bemalol idora qilib kelgan turkiy xalqlarni qaramlik vaziyatiga tushib qolishiga sababchi bo'ldi. Ijtimoiy munosabatlarda haqiqatning voqe, ochiq-oydin tantanasi Yevropa mintaqasida boshlandi. Qadim Yunonda mushriklik tafakkuri qa'ridan Arastu falsafasi o'sib chiqqanidek, O'rta asrlar feodal bosh-boshdoqligi zulmatidan "xalq hokimiyati" tushunchasi o'sib chiqdi. Tavhid ta'limotining Alisher Navoiy "qushlar till" bilan ifoda etgan falsafiy-ma'naviy talqini Yevropada amaliy harakatga aylanib, awal diniy tafakkurda (Reformatsiya), keyincha borib siyosiy tafakkurda (Niderlandiya va Angliya burjua inqiloblari) to'liq yangilanishga olib keldi. Tan olish kerak, Yevropada bu yangicha siyosiy tafakkur g'alabasi osonlikcha bo'lmadi, balki millionlab insonlarning qonlari va jonlari evaziga ta'minlandi. Qirol hukmronligi g'oyasi baronlar yoki burjua hukmronligi g'oyasi bilan emas, "xalq hokimiyati" g'oyasi bilan almashdi. Bu Qur'oni karimda hidoyat etilgan har bir insonning "yer yuzida xalifaligi" g'oyasiga eng muvofiq siyosiy tafakkur yo'nalishi edi. Oxirgi paytda islom dini nomidan o'z g'arazli manfaatlarini ko'zlab «fatvo» chiqaruvchi bir guruh buzg'unchilar «demokratiya — kufr nizo-mi» deb da'vo qilmoqdalar. Mazkur guruhning yana bir iddaosi yer yuzidagi barcha musulmonlarning yagona diniy-siyosiy rahbari — «xali-fa» bo'lishi kerak, deb qilayotgan da'volaridir. Bunday g'arazli da'volarga uzil-kesil javob berish uchun yana bir marta islom e'tiqodining bosh manbayi bo'lmish Qur'oni karim oyatlariga murojaat etish lozim bo'ladi. Chunki boshqa barcha manbalar, jumladan, Rasululloh hadislari ham Allohning oyatlariga muvofiq bo'lgan taqdirdagina «sahih» (ya'ni, ha-qiqatga muvofiq) deb tan olinadi. Qolaversa, Qur'oni karimdan o'zga jamiki manbalar, jumladan, tafsir va ta'villar ham, insonlar tomonidan ijod etilgani sababli malum darajada o'z zamonasi va o'zi yaratilgan muhitdagi mavjud tasawurlarni aks ettiradi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining birinchi bo'lim, ikkinchi bob, 7-moddasida aniq qilib «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir» deb yozib qo'yilibdi1. Ayni shu prinsip «xalq hokimiyatchiligi* (demokratiya) tushunchasining bosh va asosiy ma'nosidir. Islom va demokratiyani bir-biriga zid qo'ymoqchi bo'layotganlarning asosiy da'vosi davlat hokimiyatining manbayi masalasiga oid bo'lib, ularning aytishicha, hokimiyat manbayi xalq emas, balki yagona Allohdir. Uning hukmi esa ilohiy vahiy bo'lmish Qur'oni karimda ifo-dalangan. Biz ham bir musulmon farzandi sifatida ilohiy vahiyni tan olamiz va shundan kelib chiqib ayni «xalq hokimiyatchiligi» xususida AJlohning kalomini tushunib yetishga harakat qilamiz. Mavjud tafsirlar ikki muhim asosni, albatta, hisobga oladi. Biri — asbobi nuzul, ya'ni u yoki bu oyatning nozil bo'lish vaqti bilan bog'liq muayyan tarixiy vaziyat, ikkinchisi — o'sha davr tilining o'ziga xos jihatlari. Bu -tafsirshunoslikda keng ma'lum bo'lgan qat'iy talablar. Ammo Qur'on oyatlarining mo'jizaviyligi shundaki, ularda bir paytning o'zida ham Payg'ambarimiz zarnonidagi muayyan tarixiy hodisaga munosabat osh-kor etiladi, ham insonlarni Haq yo'l ("shot ul-mustaqim")ga hidoyat etuvchi boqiy haqiqatlar tizimi o'zligini ko'rsatadi. Faqat ushbu tizim insonlarga birato'la butun borlig'i bilan namoyon bo'ladi, deyish qi-yin. Ulug'larimiz qalbini "haqiqat asrorining ganjinasi" deb atagan inson ma'naviy kamolot pillapoyalaridan yuksalib borar ekan, o'zligini tanigani sari Haq kalomi-ning boqiy mo'jizalarida ham kun sayin te-ranroq ma'nolarni kashf etib bora beradi. Qur'oni karimning «Baqara» surasi 30-oyatida shunday deyiladi (Ab-dulazizMansurtarjimasigako'ra): — «Eslang, (Ey, Muhammad), Rab-bingiz farishtalarga: «Men yerda xalifa (Odam) yaratmoqchiman», de-ganida (ular) aytdilar: «Unda (Yerda) buzg'unchilik qiladigan, (nohaq ravishda) qonlar to'kadigan kimsani yaratmoqchimisan? Holbuki, biz Senga hamding bilan tasbehlar aytamiz va Seni muqaddas deb bi-lamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsani bilaman».Ushbu oyat ma'nosini chuqurroq anglab yetish uchun biz «xalifa» so'zining ma'no-mundarijasiga e'tibor qaratishimiz lozim. Albatta, tafsir-larda bu so'zning qaysi oyatda kelishiga qarab turli talqinlari uchraydi. Ammo Qur'oni karimda bir necha bor qaytariluvchi iboralar ma'nosi o'zaro qiyoslab o'rganilsa, bu takrorlarning hikmati yanada oydinla-shib boraveradi. Qur'oni karim matnida «xalafa» fe'l o'zagi bilan bog'liq turli so'zlar 125 martadan ortiq uchrashi aniqlangan. Shundan «xalifa» so'zi va uning ko'plikdagi shakllari jami 9 marta («xalifatan» 2 marta, «xaloifa» 4 marta, «xulafo» 3 marta) uchraydi. Diqqatga sazovor joyi shundaki, bu holatlardan 6 o'rinda «yer yuzidagi xalifa» yoki «yer yuzidagi xali-falar» mazmunini anglatuvchi birikmalar ishlatilgan («xalifatan fil-arz» 2 marta: Baqara surasi, 30-oyat, Sod surasi, 26-oyat; «xaloifa fil-arz» 2 marta: Yunus surasi, 14-oyat, Maloika yoki Fotir surasi, 39-oyat; «xaloifa-l-arz» 1 marta: An'om surasi, 165-oyat; «xulafo-al-arz» 1 marta: Naml surasi, 62-oyat). Bundan tashqari Nur surasi 55-oyatida, A'rof surasi 129-oyatida «yastaxiifu» fe'l shakli ham ayni shu «fil-arz» birikmasi bilan yuqoridagilarga muvofiq ma'noni ifodalab kelgan. O'zbek va rus tiliga qilingan qator tarjimalarda bu holatlarni «xali-fa», «o'rinbosar», «namestnik», «preyemnik», «naslednik» so'zlari bilan anglatishga urinilgan. Ammo agar qiyoslab ko'rilsa, yuqorida ko'rsatilgan oyatlarning barchasida yagona ma'no — «yer yuzida xali-fa» yoki «yer yuzida xalifalar», (ruschada — «HaMecTHHK Ha 3eMJie» yoki «naMecTHHKH Ha 3eM.ne») mazmuni qandaydir bir yagona "xali-fa" haqida emas, balki bani basharning barchasi, ya'ni tamomi insoni-yatni nazarda tutib ishlatilayotganiga amin bo'lamiz. Gapimiz isho-narli bo'lishi uchun yana 2 misol keltiramiz: An'om surasi, 165-oyat: «U sizlarni yerning xalifalari qilib qo'ygan va ato etgan (ne'mat)larida sizlarni smash uchun ba'zilaringizni ba'zilaringizdan (yuqori) darajalarga ko'targan zotdir...» Fotir(Maloika) surasi, 39-oyat: «U sizlarni yerda xalifa qilib qo'ygan zotdir. Bas kim kofir bo'lsa, uning kufri faqat o'zining zarariga bo'lur...» «Xalifa» so'zi bu jumlalarda dini, millati, ijtimoiy ahvolidan qat'iy nazar barcha inson zotiga nisbatan qo'llanilayotgani, ularning har biri bu dunyoda muvaqqatan, ya'ni insoniyatning yer yuzidagi hayoti da-vomida Alloh tomonidan (sinov uchun, imtihon qilib ko'rish uchun) moddiy boriiqqa «ish boshqaruvchi vakil», oddiyroq qilib aytilsa, «noib» («naMecTHMK») qilib qo'yilganligini anglatib kelmoqda. Demak, har bir inson Alloh tomonidan bu yorug' dunyoga xalifa (HaMecTHHK) qilib yaratilgan. Bu vakolat, birinchidan, insonga yer yuzidagi hayoti davomida to'liq iroda erkinligi, jumladan, o'z hayoti-ni siyosiy jihatdan ham o'zi ma'qul topgan tarzda tashkil etish erkinligini beradi. Ikkinchi jihatdan, bu imkoniyatlarning bani basharga AJloh tarafidan imtihon, sinov uchun berilganligi har bir inson shaxsi-ga o'z hayotini to'g'ri tashkil etish borasida jiddiy mas'uliyat yuklaydi. Kim bu vakolatdan mas'uliyatni his qilgan holda, to'g'ri foydalanadi, kim mas'uliyatsizlik bilan buzg'unchilikka, fasodga, kufrga beriladi -o'z aql-irodasiga bog'liq, uning mukofoti yoki jazosini esa yagona AJloh beradi (xohlasa bu dunyoda, xohlasa oxiratda). Bu yerda alohida bir insonning barcha mo'minlar ustidan "xalifa" bo'lishi kerakligi masalasi umuman yo'q. Qolaversa, bunday "vakolaf'ni unga kim beradi? Allohdan vahiy kelishi "xotimat-un-nabi" bo'lmish Muhammad (s.a.v.) davrlarida tugallangan bo'lsa. Ma'lum bo'ladiki, bunday da'volar, umuman, Allohning kitobi va Payg'ambar hadislari-ga zid va ularning g'arazli talqinlari asosida sun'iy to'qib chiqarilgan-dir. Insonlarning (qandaydir u yoki bu muayyan shaxsning emas, barcha insonlarning) «yer yuzida xalifalar» qilib yaratilganligi ularning bu vakolati doirasida teng huquqli ekanliklarini, demakki, siyosatda «xalq hokimiyatchiligi» islom arkonlariga eng muvofiq tamoyil ekanligini anglatadi va, demak, ekstremistik kayfiyatdagi buzg'uneh'ilaming «xa-lifalik» haqidagi barcha da'volari jaholat yoki g'arazdan boshqa narsa emasligi ma'lum bo'ladi. Nazariy jihatdan olganda, siyosatdagi diniy fundamentalizm g'oyalari ilohiy vahiyning asl mohiyatiga emas, balki bugungi kun voqeligidan butkul boshqacha davrlarda yashagan insonlarning o'sha tarixiy sharoit doirasida turib, Alloh kitobidagi mazmunlarni o'z sharoitlariga tat-biqan amalga oshirgan talqin va tafsirlariga tayanish natijasida kelib chiqadi. O'tmish allomalarining bu boradagi izlanishlarini islom ma'naviyatining takomil bosqichlari doirasida tarixiy izchillikda mu-kammal o'rganib chiqish alohida qiziqarli va keng ko'lamli mavzu bo'lib, o'z navbatida yosh avlod ma'naviy kamolotini shakllantirishda samarali natijalarga olib kelishi mumkin. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling