O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi murotali Irisaliyevich Bazarbayev, Islom Mullajonov, Umida Mashrukovna Abdujabborova, Abdusamad Zoxidovich Sobirjonov, Indira Shamsutdinovna Saidnazarova
Download 6.53 Mb.
|
14.6-rasm. To’g’ri burchakli chiqish kuchlanishi
Multivibrator chiqish kuchlanishi UM ning xarakteri unga kiruvchi rezistor, kondensator va transistor parametrlariga, shuningdek, ,,chapdagi“ elementlar parametrlarining nisbatan simmetrik bo‘lishi va hokazolarga bog‘liq bo'ladi. Chiqish kuchlanishi qariyb ,,to‘g‘ri burchakli“ xarakterda bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollardan birini keltiramiz (14.6- rasm). 5-rasm. Ossilografning electron-nur trubkasini tuzilishi Ossilograf – o’lchov asbobi bo’lib, uning yordamida tebranma jarayonlarning tez o’zgaradigan ikki yoki bir necha kattaliklari orasidagi bog’lanishlarni o’lchash va qayd qilish mumkin. Unda biologic ob’ektlarning past kuchlanishli potensiallarini bevosita qayd qilib bo’lmaydi, chunki ossilografning sezgirligi pastdir. Shuning uchun elektrik potensiallarni yozib oluvchi qurilmaga uzatishdan kuchaytirgichlar yordamida kuchaytiriladi. Ossilograf klinik amaliyotda ayniqsa funksional diagnostikada va ilmiy tekshirishlarda keng qo’llanilmoqda. Elektron ossilograflarni magnitoelektraviy, elektromagnit, elektron-nurli, magnitaviy turlariga ajratish mumkin. Elektron nurli yoki elektron ossilograf eng yuqori sezgirlikka ega bo’lib, chastotalarning keng diapazonidagi jarayonlarni qayd qilish imkonini beradi. Asbobning ishlash prinsipi elektron-nurli trubkaning hossasiga asoslangan, chunki asbobning asosiy qismini elektron nurli trubka tashkil etadi. U yuqori vakkumli shisha ballon va elektronlar oqimini boshqarib turuvchi elektrodlardan iborat bo’ladi. Uning tuzilishi quyidagi 1-rasmda berilgan 1-rasm Bunda 1-katodni qizdiruvchi element (qizdirgich), 2-katod (elektronlar manbai), 3-tasvir ravshanligini boshqaruvchi elektrod (modulyator), 4-fokuslovchi anod (birinchi anod), 5-tezlashtiruvchi anod (ikkinchi anod), trubkaning og’diruvchi plastinkadagi kuchlanish va sezgirligini tezlashtiruvchi anoddagi kuchlanishga bog’liq, 6-gorizontal og’diruvchi plastinkalar (kondensator), 7-vertikal og’diruvchi plastinkalar (kondensator), 8-tezlashtirgich (uchinchi anod) bo’lib, ekranga yaqin joyda shisha ballonning yon sirtidagi o’tkazuvchi qatlamdan iborat, 9- flyurensiyalovchi ekran. Qizdirgich, katod, boshqaruvchi elektrod va birinchi ikkita anod electron zambarakni tashkil qiladi. Trubkaning qizdirilgan katodi elektronlar manbayi bo’lib, xizmat qiladi. Ekrandagi yorug’lanayotgan dog’ning ravshanligi modulyator yordamida boshqariladi, bu esa boshqaruvchi elektroddagi (modulyatordagi) manfiy siljishni o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Boshqaruvchi elektrod va anodlar sistemasi fokuslovchi sistemani tashkil qiladi. Elektron nurli trubka yordamida vaqt davomida o’zgaruvchi elektrik signallarni o’rganish juda qulay. Trubka ekranida shunga o’xshash signalning grafigini tasvirlash uchun, vertikal og’diruvchi plastinkalarga tekshiriladigan signal uzatiladi, gorizontal og’diruvchi plastinkalarga arrasimon shakldan kuchlanish beriladi. Bunday kuchlanishni tiratronda to’plangan yoyish generatori hosil qilib beradi. Tiratron – gorizontal lampa bo’lib, uning ichida qizdirilgan katod va boshqaruvchi to’r bor. Davriy va ayniqsa tez o’tuvchi jarayonlarni kuzatishda ossilograf ekranida signalning qo’zg’almas tasvirini olish juda zarur. Buning uchun yoyilishning bitta davriga tekshirilayotgan signalning butun son davrlari to’g’ri (mos) kelishi kerak. Lekin amalda ikkala davrning mos kelishi qiyin. Chunki o’rganiluvchi jarayonning o’zi va yoyish generatori barqaror bo’lmaydi. Shuning uchun davrlarni sinxronlash majburiy ko’rinishda bo’lib, o’rganiluvchi kuchlanish o’z davrini yoyish generator davriga mos keltirishga “majburlaydi”. Ossilografning asosiy elementi bo’lib vertikal og’ish kanalining kuchaytirgichi hisoblanadi (kuchaytirgich Y). u kuchaytirmasdan ishlashi mumkin emas, chunki trubkaning kuchlanishga sezgirligi yuqori emas va 1,5-2 mm\V ni tashkil qiladi. Ko’p hollarda kuchaytirgichning sifatiga qarab (uning chiziqaviyligi va kuchaytirgich o’tkazadigan chastotalar diapazoni) ossilografning sifati aniqlanadi. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling