O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov
Download 5.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5. Proyeksiyalar
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ko`chish matritsasi (translation) haqida nima bilasiz? 2. Cho`zish (siqish) matritsasi(dilatation). 3. Burish matritsasi (rotation) haqida nima bilasiz? 4. Akslantirish matritsasi(reflection). 5. Akslantirish: XY tekisligiga nisbatan akslantirish. 6. YZ tekisligiga nisbatan akslantirish qanday bajariladi. 7. ZX tekisligiga nisbatan akslantirish qanday bajariladi. 3.5. Proyeksiyalar Biror bir uch o`lchovli obektni ikki o`lchovli tekislikda (kompyuter ekranida) qurish uchun avvalo uni qaysi qismlari ko`rinarli, qaysi qismlari ko`rinmas, yani obyektning boshqa yoqlari bilan yopiqligini aniqlash kerak. Proektsiyalashda markaziy yoki paralel proektsiyalash ishlatiladi. Proektsiyalashda proektorlar obektning har bir nuqtasidan o`tadi. Proektsiyalash yo`nalishi buycha tasvir tekisligiga yaqinroq masofadagi nuqtalar (3.4.20) (3.4.21) 54 ko`rinadigan hisoblanadi. Sodda ko`ringanligiga qaramay ushbu masalani yechish ancha qiyinchiliklarga va ayrim hollarda biroz hisob kitoblarga olib keladi. Ushbu masalani yechishda kompyuter grafikasida ikkita asosiy yondashish mavjud: 1. Proektsiyalash yo`nalishi bo`yicha tasvir tekisligiga yaqinroq masofada joylashgan obyektning nuqtalarini aniqlash. Bunda displeyning rastr xossalaridan foydalaniladi. 2. Obyektlarni yoki obyekt qismlarini o`zaro taqqoslab obyektlarni yoki obyekt qismlarini ko`rinishligini aniqlash. Ikki yondashishni o`zaro ichiga oluvchi algoritmlar ham mavjud. Agar biror bir geometrik obyekt n-ta nuqtalardan iborat bo`lsa (ya’ni berilgan bo`lsa), u holda almashtirish matritsasi M aniqlangandan so`ng, berilgan nuqtalarni V i (x i , y i , z i ), i=1, n matritsasini hosil qilamiz va so`ng ko`paytirish amalini bajaramiz: Platon jismlari (ko`pyoqliklar). Barcha yoqlari to`g`ri ko`pburchaklardan va barcha uchlariga tegishli burchaklar o`zaro teng bo`lgan qavariq ko`pyoqliklar muntazam ko`pyoqliklar deb ataladi (Platon jismlari). Beshta muntazam ko`pyoqliklar mavjud (Buni Evklid isbotlagan): to`g`ri tetraedr, geksaedr(kub), oktaedr, dodekaedr, ikosaedr. Ularning asosiy xakteristikalari: Nomi Yoqlari (Yo) soni Qirralari (Q) soni Uchlari (U) soni Tetraedr 4 6 4 Geksaedr 6 12 8 Oktaedr 8 12 6 Dodekaedr 12 30 12 Ikosoedr 20 30 20 Ko`pyoqlarning xarakteristikalari jadvali (3.5.1) 55 Yo, Q va U o`zaro quyidagi Eyler tengsizligi bilan bog`liq: Yo+U=Q+2. Ko`pyoqliklarni qurishni ko`ramiz. Buning uchun ularni uchlarini topish yetarli hisoblanadi. Geksaedrni (kub) qurish qiyinchilik tug`dirmaydi. Tetraedrni qurish uchun kubning qarama – qarshi yoqlaridagi ayqashgan diagonallarini o`tkazish kerak. Oktaedr qurishda quyidagi xossadan foydalanamiz: oktaedrning uchlari kub yoqlarining markazlariga (og`irlik) mos keladi, ya’ni yoqlar uchlarining o`rta arifmetik qiymatlari. Ikosaedrni qurishni ko`ramiz. Z o`qida Z = ±0,5 markazi, r=1 radiusi va XY tekisligiga parallel ikkita aylana o`tkazamiz. Har aylanani beshta teng bo`lakka bo`lib, ularni rasmda ko`rsatilgan tartibga mos birlashtiramiz va ikosaedrning yoqlarini tashkil qiluvchi o`nta muntazam uchburchakni olamiz. Qolgan yoqlari uchun 𝑧 = ± √5 2 nuqtalarini olamiz va mos aylanalarning nuqtalari bilan tutashtiramiz. Dodekaedrning uchlari ikosaedr yoqlarining og`irlik markazlari bo`ladi.[4] Download 5.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling