O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov
Download 5.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma
Ko`rinmas yoqlarni ajratish
Har yoqlari uchun tashqi birlik narmal vektori n berilgan ko`p yoqlikni ko`ramiz. Agar yoqning narmal vektori n va proektsiyalash yo`nalishini beruvchi vektor l o`rtasidagi burchak o`tmas bo`lsa u holda qaralayotgan yoq ko`rinmaydi va ko`rinmas yoq deb ataladi. Agar mos bo`lgan burchak o`tkir bo`lsa u holda qaralayotgan yoq ko`rinadigan yoq deyiladi. Parallel proektsiyalashda burchakka quyiladigan shartni quyidagicha yozish mumkin: (n,l)=(n 1 l 1 +n 2 l 2 +n 3 l 3 ) ≤ 0 Ushbu shart bajarilsa yoq ko`rinmas. Yoqning ixtiyoriy R nuqtasini markazi S nuqtada joylashgan markaziy proektsiyalashning yo`nalish vektori quydagicha topiladi: L=C-P Shundan so`ng yoqning ixtiyoriy R nuqtasi uchun shart tekshiriladi. (n,l)≤ 0. 5.4-chizma. Ko`rinmas chiziqlarni chiqarib yuborish Robert algaritimi. Kavrik ko`pburchaklardan tuzilgan obyektning ko`rinmas qirralarinini chiqarib yuborish algoritimi Robert algaritimi bo`ladi. Ushbu algoritimni keltiramiz. Dastlab ikkita aniqlovchi yoqlarni ko`rinmaydigan bo`lgan qirralar chiqarib yuboriladi. Keyingi qadamlarda qolgan qirralar har bir yoqlar bilan yopiqlikka tekshiriladi. Uchta holat mavjud va tekshiriladi : 1. Yoq qirrani yopmaydi, bu holda qirra chiqarib tashlanmaydi. 2. Yoq qirrani to`liq yopadi, bu holda qirra qirra chiqarib yuboriladi. 3. Yoq qirrani qisman yopadi, bu holda qirra bir necha bo`laklarga bo`linadi. (5.2.1) (5.2.2) (5.2.3) 89 5.5-chizma. Ko`rinmas yoqlarni chiqarib yuborish. Z bufer usuli. Ko`rinmas chiziq va sirtlarni chiqarib yuborish algoritimlaridan biri bu Z buffer usuli bo`ladi. Bu usul 1 yondoshishga to`g`ri keladi va har bir nuqta bilan ishlaydi. Tasvir tekisligidagi har bir nuqtaga (pikselga) (x,u) rangdan tashqari u xotirada saqlanadi. Dastlab uni (chuqurlik) +∞ teng deb hisoblaymiz. Ixtiyoriy yoqni tasvir tekisligiga tasvirlash uchun uning har bir pikseli uchun Z chuqurligi hisoblanadi. Agar u dastlabki chuqurligidan kichik bo`lsa bu qiymat Z buferi kiritiladi va eski qiymati chiqarilib yuboriladi. Shundan so`ng Z buferidagi piksellar ekranda chiqariladi. Qo`shni piksellarni Z chukurligini hisoblashdi butun qiymati Brezensheyim algoritimidan foydalanish tavsiya etiladi. Aytish joizki Z koordinatsiya qiymati obyektlarning yorug`ligini berishda yoki ularni umuman chiqarib yuborishda keng qo`llaniladi. Download 5.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling