O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov
Download 5.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qirralarda va uchlarda normallarni aniqlash
- SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Fong usulini tushuntiring. 2. Qirralarda va uchlarda normallarni aniqlash haqida nimalarni bilasiz 3. Delta-modullash nima
Fong usuli Fong usuli har bir nuqtada normal vektorni hisoblashdan iborat so`ng qaralayotgan nuqtadagi yorug`lik intensivligi formulaga asosan hisoblanadi. Bu yerda interpolyatsiya sxemasi Guro bo`yash interpolyatsiyasiga o`xshaydi W nuqtaning normal vektorini nw topish uchun ushbu nuqtadan gorizoantal to`g`ri chiziqni o`tkazamiz va yoqning qirrasini kesuvchi nuqtalarning U va V normal vektorlaridan foydalanilgan holda topamiz: U va V nuqtalarda normal vektorlarni topish uchun mos qirralarning uchlarini normal vektorlardan foydalanamiz. (5.3.1) (5.3.2) (5.3.3) (5.3.4) (5.3.5) (5.3.6) 92 Fong usuli orqali bo`yashda tasvir Guro usuliga nisbatan realroq bo`ladi, ammo hisob-kitoblar sezilarli ko`p hajmni talab qiladi. Qirralarda va uchlarda normallarni aniqlash Faraz qilamizki bitta nuqtada tutashuvchi qirralar yotadigan tekisliklar tenglamalari quydagicha: Ushbu tekisliklarning normal vektorlari mos ravishda: Agar ular tashqi normal vektorni bermasa ularning koordinatalarini ishorasini o`zgartirishi kifoya. Taqribiy normal vektorning yo`nalishini aniqlovchi vektor quyidagicha topiladi: Quyidagi rasmda ko`rsatilgan V 1 uninig tashqi normal vektorini topish uchun mos vektor ko`paytmalar yig`indisi hisoblanadi: (5.3.7) (5.3.8) (5.3.9) (5.3.10) (5.3.11) Vektor yo`nalishi 93 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Fong usulini tushuntiring. 2. Qirralarda va uchlarda normallarni aniqlash haqida nimalarni bilasiz? 3. Delta-modullash nima? 5.4. Nur izini hosil qilish va yorug`lik tarqatish usullari. Real tasvirlarni ko`rishda nurni yo`nalishini kuzatish usullari, uning qayta (aks etish) va sinish effektlarini hisobga olgan holda, keng qo`llaniladi. Bunda yorug`lik manbasidan to`g`ri chiziqli trayektoriya bo`yicha biror bir obyektga tushadi. Obyektga tushgan yorug`lik nuri sinib obyektning ichiga ketishi yoki qaytishi mumkin. Obyektdan qaytgan nur yana to`g`ri chiziqli tarqalib keying obyektga tegishi mumkin va hokazo. Oxirida nurlarning bir qismi nazoratchi ko`ziga tushib unda tasvirni xosil qiladi. Agar nazoratchi ko`zi oldida tasvir tekisligini joylashtirsak uni kesib o`tgan nurlar unda tasvirini paydo qiladi. Yuqorida aytib o`tilgan jarayon nurlarni to`g`ri yo`nalishini kuzatish deyiladi. Bu holda yorug`lik manbasidan tarqalgan ko`pgina nurlar obyektlarga tushmasligi yoki nazoratchi ko`ziga yetib kelmasligi mumkin. Shuning uchun kompyuter grafikasida faqat foydali nurlar, ya’ni nazoratchi ko`ziga tushuvchi nurlar hisobga olish tavsiya qilinadi. Shu sababli nurlarni yo`nalishini kuzatish teskari bajariladi, yani yorug`lik manbasidan emas nazoratchi ko`zidan boshlab biror bir obyektning nub bilan kesilish nuqtasiga qadar. Yuqorida aytib o`tilgan jarayon nurning yo`nalishini teskari kuzatish yoki shunchaki nurning yo`nalishini kuzatish deyiladi. Aynan shu Vektor yo`nalishi (5.3.12) 94 usulni quyda ko`ramiz: Nurni yo`nalishini kuzatish usulida obyektning ixtiyoriy nuqtasining yorug`ligini va berilgan yo`nalishida undan qaytuvchi yorug`lik energiyasini qismini aniqlash masalasi ko`riladi. Bu energiya ikkita qismdan tashkil topadi-bevosita (dastlabki) yorug`lik, yani yorug`lik manbasidan bevosita olinuvchi energiya va ikkinchi yorug`lik, ya’ni boshqa obyektlardan keluvchi energiya. Bu bo`lish nisbiy. Ma`lumki, bevosita yorug`lik tasvirga katta hissa qo`shadi.[4] 5.7-chizma. Nurning yo`nalishini kuzatish asosiy modeli. Odatda amaliyotda obyektning sirti taqsimot qonuni berilgan tasodif orientatsiyalangan tekis ideal mikroyoqlardan tashkil topadi deb hisoblanadi. Faraz qilamizki: n-sirtning R nuqtadagi normal vektori ya’ni o`rta tekislik normal vektori; h- mikroyoqning normal vektori; α- ular orasidagi burchak: α=arccos(n,h). 5.8-chizma. O`rta tekislik normal vektori. Sirt α-ning tasodifiy qiymatini taqsimotini zichligini beruvchi funktsiya D(α) orqali ifodalanadi. D(α) uchun bir nechta model mavjud: Download 5.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling