O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


-rasm. Oilaviybiznesningustunvazaifjihatlaritasnifi


Download 302.72 Kb.
bet5/21
Sana08.01.2022
Hajmi302.72 Kb.
#236598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
oilaviy biznes ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining istiqbolli yonalishi

2-rasm. Oilaviybiznesningustunvazaifjihatlaritasnifi



      1. Yoshavlodnitarbiyaqilishvakasbiyyo’naltirish. Oilaviy biznes ishiga farzandlarni ilk maktab yoshidanoq jalb qilish tajribasi pirovardda bola ishni yuritish ko’nikmalarini amaliy yo’l bilan ega bo’ladi.

Bu kabi kuchli tomonlarga qaramasdan, oilaviy korxonalar uchun faoliyatning saqlanib qolish ehtimoli ancha past xarakterga ega. Oilaviy

mulkchilikda bo’lgan 75-80 foiz korxonalar o’z faoliyatlarini qisqa va o’rta muddatlarda tugatib yuboradi yoki boshqa sotilib yuboriladi4.

Oilaviy korxonalar omadsizligining bunday yuqori darajasini bir qator sabablar bilan izohlash mumkin:


  1. Boshqarishdagimurakkablik. Biznesning bu shakli oddiy bo’lishiga qaramasdan boshqaruv nuqtai nazardan yetarlicha murakkabdir. Bu murakkablik asosan oilaviy hissiyotlar va muammolarning biznes bilan “aralashtirib” yuborilishidir.

  2. Qat’iyrasmiytalabningyo’qligi. Aksariyat oilalar o’z biznesini bevosita boshqarishi bois, odatda aniq shakllantirilgan ish munosabatlari qoidalarini va ichki tartibni belgilashga qiziqish yo’qdir. Oila hamda biznesning ortib, kengayib borishi bilan bunday holat biznesni davom ettirish uchun tahdid solishga qodir bo’lgan samarasizlikning o’sishiga va ichki oilaviy mojarolarga olib keladi.

  3. Intizomning yetishmasligi. Ko’pincha oilaviy firmalar boshqaruvni rejalashtirish, ishni taqsimlash va oila a’zolari bandligining samaradorligini nazorat qilish, malakali tashqi mutaxassislarni jalb qilish va saqlab qolish singari strategik jihatdan muhim sohalarga yetardi darajada e’tibor bermaydilar. Bunday muhim strategik qarorlarga pisand qilmaslik har qanday oilaviy biznesning bankrotligiga sabab bo’lishi mumkin.

Kuchli va zaif tomonlarning qaysi biri ustun kelishi oilaning o’z biznesni qanchalik samarali tashkil etishi, u bilan bog’liq qiyinchiliklarni yenga olishiga bog’liqdir.

Jahon iqtisodiy amaliyotida oilaviy biznes sektori yetarlicha tarixiy tajriba bosqichlarini bosib o’tgan. Bu shubhasiz O’zbekiston xalqining qadimiy an’analari, qadriyatlarida ham o’z aksini topgan. Ma’lumki, xususiy tadbirkorlik xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bo’lib, qadim zamonlarda ham ajdodlarimiz biror bir kasbni puxta egallab, u orqali ro’zg’orini tebratgan. Xususan, xalq hunarmandchiligining yog’och o’ymakorligi, zardo’zlik, kashtachilik,






4Lipman Fr. The family business guide, NY Palgrave Macmillan, p. 7, 2010.

temirchilik, kulollik singari yo’nalishlari mahallalarda oilaviy tadbirkorlikning namunasi sifatida taraqqiy etayotir. Buni mamlakat Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan marosimdagi ma’ruzasidagi: "Tadbirkorlik, ishbilarmonlik xalqimizning, millatimizning qon-qoniga, suyak-suyagiga singib ketgan noyob va ezgu fazilatdir"5, degan fikrlari orqali ham izohlash mumkin.

Ayni paytda oilaviy biznesning xorijiy mamlakatlardagi rivojlanish tendentsiyasini kuzatadigan bo’lsak, uning ikki xil darajada tashkil etilishi guvohi bo’lishimiz mumkin. CHunonchi, birinchidarajadagi oilaviy biznes tor masshtabdagi, asosan faqat oila a’zolari va ularning yaqin qarindoshlari ishlaydigan kichik, mikro firmalar yoki korxonalardir. SHu bilan birga, mazkur darajadagi oilaviy biznesga yuridik shaxs maqomini olgan holda yoki olmagan holda ham tashkil etiladigan oilaviy biznes sub’ektlari kiradi. Bu borada oilaviy biznesni tashkiliy darajasiga ko’ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektori tarkibida kuzatish mumkin. Oilaviy biznesning mazkur tashkiliy shakli AQSH, Kanada, Rossiya, shuningdek, Yevropa va Janubiy SHarqiy Osiyoning qator kichik mamlakatlaridagi oilaviy korxonalar amaliyotida ko’p uchraydi. Ularning asosiy tarmoq sohasi – xizmatlar sektori, hunarmandchilik va qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklariga taalluqli.

Oilaviy biznesning mazkur darajasi o’z navbatida yana 2 ta quyi tashkiliy tuzilmada gavdalanadi:



  • Mehnat taqsimoti aniq chegaralanmagan, boshqaruvda va mehnatning tashkiliy tizimida ierarxik tuzilmaga ega bo’lmagan, bitta oila doirasidagi sub’ektlar. Ularda oilaviy biznes rahbarligi oila boshlig’iga tegishli bo’lib, ish oila a’zolari o’rtasida o’zaro kelishuvga asosan taqsimlanadi;

  • Yaqin qarindoshlik rishtalariga ega bir necha oilalarning o’zaro hamkorlikdagi biznesi. Bunda oilaviy biznes sub’ekti – korxona yoki






5Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo`lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir.//O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda so`zlangan ma`ruza. Manbaa: http://www.press-service.uz

firmalarda ishtirokchilar ulushi nisbati yoki mavqeiga ko’ra boshqaruvchi oilalar hamda bo’ysunuvchi, xuddi yollanma xodimlar singari jalb qilinuvchi oilalarga bo’linadi. Oilaviy biznesning mazkur tashkiliy darajasi boshqaruvdagi murakkablikka ko’ra boshqalaridan farqlanadi. Bu boradagi murakkablik asosini eng avvalo yaqin qarindoshlik rishtalari mavjud sharoitda oilalar o’rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi bilan bog’liqdir.



Ikkinchi darajadagi oilaviy biznesga aktsiyalar nazorat paketi muayyan oilaga mansub yirik kompaniyalar kiradi. Jahon biznes tajribasida ushbu darajadagi oilaviy biznes ham keng tarqalgan bo’lib, asosan, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yaqqol kuzatiladi. Masalan, Italiyada “Salvatore Ferragamo”, “Benetton”, “Fiat Group”, Frantsiyada “L’Oreal”, “Carrefour Group”, “LVMH”, “Michelin”, Janubiy Koreyada “Samsung”, “Hyundai Motor”,“LG Group”, Germaniyada “BMW” va “Siemens”, Yaponiyada “Kikkoman” va “Ito-Yokado”, AQSHda esa “Ford Motors Co” va “Wal-Mart Stores” kompaniyalari shular jumlasidandir.

Yirik darajadagi oilaviy biznesda aktsiyalar nazorat paketining qancha ulushi bitta oila hissasida bo’lishligi har bir davlatning o’z qonunchiligi orqali belgilanadi. Masalan, Finlandiyada bu ulush 25 foizni, AQSH va Germaniyada esa 50 foizni tashkil etmog’i shart.

E’tiborli tomoni, oilaviy biznesning iqtisodiyotdagi ulushi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’iy nazar yuqori mavqega ega hisoblanadi. CHunonchi, Ispaniyada oilaviy biznesning jami biznes sub’ektlari umumiy hajmida 70 foizni, YaIMda esa 65 foizni tashkil etsa, keyingi 10 yillikda tezs ur’atlarda rivojlanayotgan Lotin Amerikasi mamlakatlarida YaIMning tarkibida oilaviy biznes ulushi 60 foizdan ortiqni tashkil qiladi. Dunyo mamlakatlari bo’yicha jami biznesdagi oilaviy biznesning ulushi o’rtacha 70 foizga teng.

Oilaviy biznesni O’zbekistonda rivojlantirishning o’ziga xos tamoyillari:



  • Milliyqadriyatlar, ana’nalargasuyanish;

  • Avlodlararovorislik, kasb-hunar, faoliyatningavloddanavlodgao’tishi;

  • Mahallaning nafaqat an’ana va qadriyatlar, balki, oilaviy biznesning asosi hisoblangan hunarmandchilik hamda kichik biznesni qo’llab-quvvatlovchi tayanch markazi ekanligi;

  • Oilaviy biznesni qo’llab-quvvatlashda jamoatchilik ko’magiga erishish.

Ushbu so’nggi tamoyilni ro’yobga chiqarishda mamlakatimizda tashkil etilgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Hunarmand” uyushmasi, ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash jamoat fondi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi kabi qator jamoat tashkilotlari hamda fondlari alohida o’rin egallaydi.



    1. Download 302.72 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling