O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/46
Sana08.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#243483
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

Avtomatik  nazorat  -  texnologik  jarayon  haqida  operativ  ma’lumotlarni 

avtomatik  ravishda  qabul  qilish  va  uni  qayta  ishlash  uchun  kerakli  bo‘lgan 

sharoitlarni ta’minlaydi. 

Avtomatik  rostlash  -  texnologik  jarayonlarning  tegishli  parametrlarini 

avtomatik  rostlovchi  asboblar  yordamida  talab  qilingan  sathda  saqlanishini  nazarda 

tutadi.  Bu  holda  odam  faqat  avtomatik  rostlash  tizimining  (ART)  turi  ishlashini 

nazorat qiladi. 



Avtomatik  boshqarish  -  texnologik  amallarni  belgilangan  muttasilligining 

avtomatik  ravishda  bajarilishini  va  boshqaruv  ob’yektiga  nisbatan  bo‘ladigan 

ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat. 

Avtomatlashtirish  -  texnologik  jarayonlarni  odam  ishtirokisiz  boshqaradigan 

texnik  vositalarni  joriy  etish  demakdir.  Avtomatlashtirish  -  ishlab  chiqarish 

jarayonidagi  odam  ishtirok  etmagan  sanoatning  yangi  bosqichi  bo‘lib,  bunda, 

texnologik  va  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  boshqarish  funksiyasini  avtomatik 

qurilmalar  bajaradi.  Avtomatlashtirishni  joriy  etish  ishlab  chiqarishning  asosiy 

texnik-iqtisodiy  ko‘rsatkichlarining  yaxshilanishiga,  ya’ni  ishlab  chiqarilayotgan 

mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi. 

Zamonaviy 

ishlab 

chiqarish 

jarayonlarining 

ko‘pchiligi 

to‘liq 

avtomatlashtirilganligi  bilan  xarakterlanadi.  Avtomatlashtirish  barcha  uskunalarning 

avariyasiz  ishlashini  ta’minlaydi,  baxtsiz  hodisalarning  va  atrof-muhitning 

zaharlanishini  oldini  oladi.  Shuningdek,  kimyo  va  oziq-ovqat  sanoatlarida  portlash 

hamda  yong‘in  chiqish  xavfi  ko‘pligi  ham  jarayonlarni  maksimal  darajada 

avtomatlashtirishni talab qiladi. 

Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi hozirgi vaqtda uch davrga 

bo‘linadi. 




Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling