O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 306-guruh talabasi Ruzibayeva Kamolaning " Hozirgi zamon o’zbek tili " fanidan Mustaqil ishi


Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar


Download 71.5 Kb.
bet3/14
Sana08.01.2022
Hajmi71.5 Kb.
#253721
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
yordamchi soz turkumlari

2. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar (vazifadosh ko’makchilar (22; 63) gapda o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan ko’makchi bo’lib keladi. Bular quyidagi turkumlardan ko’makchilarga ko’chadi:

1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda, yo’sinda;

2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog’li, doir, muvofiq, o’zga, boshqa; 3) fe'ldan: qarab, qaraganda, ko’ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo’ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata;

4) ravishdan: avval, so’ng, keyin, burun, ilgari, beri, beri, buyon, asosan, binoan.

3. Ko’makchi-bohlovchilar bog’lovchi vazifasini ham bajaradigan ko’makchilar: bilan, deb, deya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirin o’tsin deb(deya), u ko’p mehnat qildi.

4. Ko’makchi otlar o’z lug’aviy ma'nolarini saqlagan holda ko’makchi o’rnida kelib, harakat bilan predmet o’rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so’zlardir. Bu so’zlar o’rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi: old, o’rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o’rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so’zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so’zdan keyin kelgandagina ko’makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqig’i ostida. Aks holda, ular o’rin otlari hisoblanadi: stolning ustida (stolning qayerida?), uyning oldida. Ko’makchi otlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1) vertikal yo’nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.

2) gorizontal yo’nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;

3) aralash yo’nalishni bildiruvchi: o’rta, ora, bosh.

Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling