Bilimlarning integrastiyalash jarayoni yangi yo‘nalishlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bulardan biri “Geomatika” tushunchasidir. Bu termin geofanlarni, matematika va informatika fanlarini o‘zida birlashtiradi. Geomatika so‘zi fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib “Informatikani qo‘llash orqali geografik ma’lumotlarning kartografik tahlili” degan ma’noni bildiradi. Ko‘p hollarda geomatika va geoinformatika tushunchalari bir biriga mos tushadi. Geomatika bu geoinformatikaga asoslanib masalalarni xal qilishga mo’ljallangan ilmiy texnik fandir. Geomatika o‘z ichiga matematika, fizika, informatika, kartografiya, geodeziya, fotogrammetriya, va masofadan zondlash fanlarini oladi. Geomatika - ilm-fan va texnikadagi shunday faoliyat sferasiki, xulosalar chiqarishni ta’minlashda qo‘llaniladigan fazoviy-koordinatalashgan axborotlarni yig‘ish, boshqarish, saqlash va tarqatishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |