10 – mavzu: Muzey ashyolarini hisobga olish.
Muzey kollektsiyasi-bir yoki bir necha belgilariga ko’ra umumiyligi bilan bog’liq bo’lgan va ilmiy, ma’rifiy, ko’pincha badiiy jihatdan yaxlit xolda qiziqish uyg`otuvchi muzey predmetlari yig`indisi. Muzey predmetlarini klassifikatsiyalash hamma muzeyga zarur bo’lgan muzey predmetlarini qardoshligi va har xilligiga qarab gruppalarga bo`lish.
11 – mavzu: Muzey fondlari saqlash.
Komplektlash jarayonining ahamiyti. Fondlarni to’ldirishni manbalari va tashkiliy turlari. Muzey ahamiyatidagi hujjatlarga ilmiy pasportlar qo`yish. Fondlarni to’ldirish - muzeyning asosiy faoliyatlaridan biri. Buyumshunoslik - muzey buyumlarini o’rganuvchi fan. «Muzey fondlarini saqlash» tushunchasi. Fondlarni saqlash rejimi.
12 – mavzu: Muzey ashyolarini o’rganish.
«Muzey fondlarini saqlash» tushunchasi. Fondlarni harorati va namlik darajasi. Havo ifloslanishini oldini olish yo’llari. Konservatsiya - saqlash. Restavratsiya - ta’mirlash. Umumiy tushunchalar. Kataloglar tuzumi. Yo’lko’rsatkichlar tuzumi. Muzey ashyolariga ilmiy - ma’lumotnoma apparatini tuzish ishi muzey ishining muhim tarkibiy qismidir. Ashyolardan imkon qadar samarali foydalanish uchun ular o’rganilib, tahlil qilinib hujjatlarning tarkibi, mazmuni, manzili to’g’risidagi ma’lumotlar qisqa umumlashgan shaklga keltiriladi.
13 – mavzu: Muzeyning ilmiy ma’lumotnoma apparati
Kataloglar tarmoq, mavzu, muammo, masala, familiyalar, sanalar bo’yicha birlashtirilgan hujjatlar haqidagi ma’lumotlar katalogdagi bo’limlar, bo’linmalar, mavzular va boshqa bo`laklarni tashkil qiladi. Kataloglar ikki xil qoidaga asosan tuziladi: Mantiliy tuzilishdagi kataloglar (bunda ma’lumotlar mantiqiy bog`lanadi). Bunga sistematik, xronologik (davriy mavzular asosida tuzilgan kataloglar misol bo`la oladi. Alfavit tuzilishli kataloglar, mantiqiy bog`lanmagan xolda tuzilishi.
14 – mavzu: Milliy tarixiy madaniy merosni asrash va tarbiyaviy ishlar tizimida muzeylarning o’rni.
Kataloglar va yo’l ko’rsatkichlar tizimi. Muzeylarning ilmiy-yordamchi materiallari. Fond hujjatlari tizimini yaratishning vazifalari. Fondlarni hisobga olish va hujjatlashtirish. Muzeyga ashyolarni qabul qilish va ro’yhatga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |