Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Ki jahon kimsaga vafo qilmas, Shohlig‘ tarkiga kiro qilmas


Download 45.51 Kb.
bet12/13
Sana03.10.2023
Hajmi45.51 Kb.
#1690675
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi mavzu “Mehr va Suhayl” hikoyatida bosh qahramonlar va-fayllar.org (1)

Ki jahon kimsaga vafo qilmas,

Shohlig‘ tarkiga kiro qilmas.

Shahki, ming yil oning hayotidur,

G‘araz – o‘lganda yaxshi otidur. “

Sab’ayi sayyor”da Navoiy dahosining qudrati shoirning o‘z tilidan aytilgan o‘rinlarda ham namoyon bo‘ladi. Jumladan, doston yakuniga yaqinlashganda shoir asarning yozilish muddatiga to‘xtalib deydi:

Bo‘ldi chun bu raqam ishi tayyor,

Qo‘ydum otini “Sab’ai sayyor”.

Tortqonda bu turfa savti maddin,

Bayti besh mingga tortti addin.

Manga ayyomi garchi yod ermas,

Lek to‘rt oydin ziyod ermas.

Bo‘lsam o‘zga umurdin emin,

Bor edi to‘rt hafta ham mumkin…

















II BOB. “MEHR VA SUHAYL” HIKOYATIDA OBRAZLAR
2.1. “Mehr va Shuhayl” hikoyati
Chorshanba kuni uchun uning homiysi Utorud (Merkuriy) rangiga mos moviy qasrda Bahrom navbatdagi jahongashtadan Mehr va Suhayl haqidagi hikoyani tinglaydi. Unga ko‘ra Adan degan joyda bir orolni o‘z makoniga aylantirib, dengizda qaroqchilik qilishni kasb qilgan Jobir degan yo‘lto‘sar bor edi.
Bor ekandur Adanda javr fane ,
Javr qilmoq fanida safshikane .
Bori manzil o‘lub savohil anga,
Sohili bahr o‘lub manozil anga.
Ham tanumand-u ham shujo-u daler,
Ul sifatkim jazira ichraki sher.
Axzi moli harom komi o‘lub,
Bo‘yla kom istabon haromi o‘lub.
Behishti saro shahrining go‘zal malikasi sayr qilib chiqqan qayiqni qo‘lga kiritadi.
Go‘yiyo andag‘i jazoir aro,
Shahre ermish oti «Bihishtsaro» .
Anda shohi saxiyu donishvar,
Qabzai hukmi ichra ul kishvar…..
Bor emish go‘yiyo anga bir qiz,
Odami o‘yla ko‘rmagan hargiz.
Qaddikim naxli sarfaroz kelib,
Husn bog‘ida sarvinoz kelib.
Lekin Mehr shu qadar go‘zal ediki, Jobir uni ko‘rib, hushini yo‘qotardi. Shuning uchun qizga yaqinlasha olmay, o‘zining baland devorlar bilan o‘ralgan bog‘ida yashashiga ruxsat beradi.
Sho‘xdin chun emas edi ogoh,
Ko‘zi tushti aning sori nogoh.
Yiqilib zoyil o‘ldi andin hush,
Bir dam erdi o‘luk kibi xomush.
Hushi kirgach, yana nazar etti,
Ko‘rgach o‘q holidin yana ketti.
Necha qatla chu bo‘ldi mundoq hol,
Bildikim, yo‘q ang‘a boqarg‘a majol
Amr qildiki, mohi Zuhrajabin ,
Kirdi bog‘ ichra bo‘ldi qasrnishin .
Mehrning otasi Navdar shoh Yaman mamlakati shohi No‘monning o‘g‘li Suhaylga qizini bermoqchi edi shuning uchun shoh No‘mon o‘g‘lini kemaga chiqarib, Navdarning mamlakatiga yuboradi.
Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma’mur-u himmati oliy.
Oti Nu’mon-u mulki oti Yaman,
Adlidin mulki guliston-u chaman.
Anga bir o‘yla nozanin farzand,
Kim, bashar ichra yo‘q anga monand.
Hunar avji sori kelib anga mayl,
Yuzi andoqki mehr, oti Suhayl
Suhayl dengizda Jobirga yo‘liqadi va jangda yengilib qoladi. Suhaylning jang qilishiga, jasoratiga qoyil qolgan Jobir uni o‘ldirmasdan o‘z bog‘idagi bir chohga tashlatadi.
Jobir ar zarb urur edi behad,
Borcha zarbin Suhayl etar edi rad…
Ko‘rdi Jobirki, qoyim o‘ldi ishi,
Olida nomuloyim o‘ldi ishi…
Ilgiga hiyla shevasin oldi,
Yalang‘ochlab o‘zun sug‘a soldi…
Qo‘lig‘a chun aning qo‘lin oldi,
O‘zining zavraqi aro soldi.
Shoh Navdar va No‘mon o‘zaro xat yozishib, birgalikda Jobirga hujum qilishga kelishadilar. Navdar shoh quruqlikdan, No‘mon shoh dengizdan Jobir ustiga qo‘shin tortishga kelishadilar. Quruqlikdan kelayotgan Navdar askarlaridan ajrab, ovga berilib, Jobir qo‘liga asir tushadi. Dengizda esa No‘mon shoh ham yengilib, dengiz qaroqchisiga tutqun bo‘ladi.
Beribon kemalar aro orom,
Yel kibi aylasak, suv uzra xirom.
Men sudin aylasam azimat jazm,
Ul qurug‘luq soridin aylab azm.
O‘yla tarix aylasak miod,
Ki, qachonkim bo‘lur bu ish bunyod.
Mehr visoliga yetisholmagan Jobir esa ichkilikka zo‘r beradi. Mehr bog‘da aylanib yurib, chohda yotgan Suhaylni bilib qolib, qutqaradi, so‘ng Suhayl Jobir bilan jang qilib, uni yengadi va tutqunlikdagi hamma ozodlikka erishib, murodu maqsadga erishadilar.
«Har kishikim birovga qozg‘oy choh,
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh».
Chun Suhayl o‘ldi ul sifat fi ro‘z,
Mehr aqdig‘a bo‘ldi bazmafro‘z.
Tushti Jobir dafoyini qo‘lig‘a,
Balki olam xazoyini qo‘lig‘a.
Andag‘i el bo‘lub sarafganda ,
Shah topib barcha bo‘ldilar banda
2.2. Hikoyatda obrazlar va bosh qahramonlar tasnifi

Hikoyatda har bir zamonda bo‘lgani kabi yovuzlik va yaxshilik obrazlari keltiriladi. Jobir yovuz qaroqchi obrazida, Suhayl esa mard, oriyatli, jasur yigit obrazida tavsiflanadi. Xususan, Alisher navoiy Jobirni quyidagicha ta’riflaydi:


Adanda jabrni fan – kasb (qilgan kishi) bor edi, (U) jabr qilish fanida qahramon ediBarcha manzillar unga sohil bo‘lib, Dengiz sohillari uning manzillari edi. (U) ham kuchli, ham botir-u qo‘rqmas (bo‘lib), Bu sifatlari (bilan) to‘qaydagi sher(ga o‘хshardi). Maqsadi harom, ya’ni o‘zgalar molini talash bo‘lib, Bunday istagidan (u) qaroqchi(ga aylangandi). Shavkatidan unda na o‘rtoq, na do‘st bo‘lib, Yolg‘iz o‘zi yo‘lto‘sarlik qilar edi. Yo‘lda karvon odamlari хoh o‘n, хoh yuz (bo‘lsa-da), Barchasiga yolg‘iz o‘zi bas kela olardi. (U) dengiz ichida go‘yo nahang kabi ofat (bo‘lsa), To‘qayda sher-u yo‘lbars(day edi). Suv yuzida shabada kabi kezuvchi (edi), Хalq (uning) otini Jobir derdi. Lekin dasht-u daryoda(gi) sayyohlar (orasida) (U) «qaroqchi Jobir» (nomi bilan) mashhur edi.
Jobirga zid ravishda Suhaylni barcha yaxshi sifatlar bilan tariflaydi:
Yuzi(ning go‘zalligi)dan gul bargi xijolat tortardi, Qaddi(ning kelishganligi)dan sarv daraхti uyalib ketardi. U barcha fazilat-u hunarda tengi yo‘q, Ko‘zguga boqsa (husnda) o‘ziga o‘xshashi yo‘q. Hunar (egallashda) yuksaklikka mayl qilardi, Yuzi xuddi quyoshdek oti Suhayl edi…
Hikoyat umuman ilm-u hunar qudratini, mardlik va g‘urur, oriyat tuyg‘ularini yuksak darajaga ko‘taradi, ezgulik, go‘zallikni aks ettiradi. Undagi Suhayl tavsifi har bir yigitning idealidagi obraz bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
Suhayl (ham) jang va o‘q otishda epchil edi. U bilan jang qila boshlab, Ishlari kema ichida savashish bo‘ldi. Agar Jobir behad (kuchli) zarba ursa (ham), Suhayl barcha zarbalarini qaytarar edi. U yana zarba beradigan bo‘lsa, Bunga (hech) kor qilmas edi.
Shoir Suhaylga munosib tarzda Mehrni ham go‘zallik va aql borasida tengsiz ta’riflaydi:
Odamizod bunday (go‘zal)ni hargiz ko‘rmagan. Qaddi tik o‘sgan nihol singari, Husn bog‘ida u sarvinoz edi. Zulfi ni ko‘rib sunbul (rashkdan) yuz buralib ketadi, Og‘zini ko‘rgach g‘uncha (uyatdan) hech so‘z aytolmay qoladi. Yuzi jahonni yoritguvchi mash’ala bo‘lsa, (Undan taralayotgan) nur shu’lasi jonga o‘t qo‘yuvchi edi. Sochi kamand – sirtmoq bo‘lishni odat qilgan bo‘lib, Quyoshning bo‘yniga arqon(dek o‘ralib) tortar edi. Yuziga quyosh banda bo‘lgan(ning) oti Mehr, Falak boshi uzra quyoshdek aylanardi. (Agar u) noz bilan dengizga ko‘z tashlasa, To‘lqinlargina emas, (balki) dengiz qo‘zg‘alardi. Bu sifat bilan u olamni yoritadigan bir quyoshdir, Yo‘q, quyosh emas, jahonni yondirguvchi shu’ladir.
Bu sifatlardan tashqari Mehr vafo timsoli ham. Jobir asiraligida Suhayl firog‘ida kechdi. Alisher Navoiy “Mehr va Suhayl” hikoyatinini bejiz “Sab’ai sayyor” dostonida qo‘llamagan. Mehr va Dilorom obrazlarida umumiylik bag‘ishlagan. Bu hikoyat bilan shoh Bahromga albatta oshiqlik visol bilan yakunlanishini uqtirgan desak xató qilmagan bo‘lamiz.
Yomonlik jazo topishi, yaxshilik esa doimo mukofotlanishi har bir o‘quvchi uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega. Albatta Jobir aqlli va kuchli, biroq uning xatosi u o‘z qobiliyatlarini noto‘g‘ri ishlatishida. Biroq muhabbat, Jobir Mehrni ko‘rganida paydo bo‘lgan muhabbat kuchi shunday yovuzni ham qalbining tubida yotgan insoniylikni uyg‘onishiga sabab bo‘ladi va Jobir Mehrning odamlariga omonlik beradi. Shu o‘rinda Suhaylning obrazi esa ham ezgu, ham qat’iyatlikni aks ettiradi. Jobir har qancha xiyla ishlatmasin Suhaylni yenga olmaydi. Suhayl o‘z kuchi, bardoshi va matonati bilan Jobirni yengadi. Hikoyat orqali o‘quvchilar Suhayl obrazi har bir narsaga osonlikcha erishib bo‘lmasligini va jasorat ko‘rsatish vaqti kelgan bo‘lsa qo‘rquvlarni chetga surish, taslim bo‘lmaslikni o‘rgatadi. Muddatidan oldin taslim bo‘lish – g‘alabani qo‘ldan chiqishi muqarrarligidir. Shu sababli hech qachon taslim bo‘lmaslik, har bir ishda oxirigacha kurashish kerakligini o‘rganish kerak.


XULOSA
Sabʼai sayyor ("Yetti sayyora") — "Xamsa" Alisher Navoiyning toʻrtinchi dostoni (1484), ishqiysarguzasht harakterda. 38 bob (5000 baytdan oshiq). Sharqda keng tarqalgan "Bahrom Goʻr" afsonasi asosida. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Chyaraxran V (420— 438 hukmronligi) nomi bilan bogʻliq (Varaxran — dariycha Bahrom). U goʻr— qulon oviga oʻchligi uchun Bahrom Goʻr nomi bilan mashhur. Afsonani yozma adabiyotga, dastlab Firdavsiy olib kirgan. Soʻng Nizomiy, Xusrav Dehlaviy va boshqa shu mavzuda asarlar yozganlar. Navoiy bu tajribalarni umumlashtirib, mukammal original doston yaratgan. Doston Sharqda "Bahrom va Gulandom", "Bahromnoma", "Haft manzari Bahrom" nomlari bilan shuhrat qozongan. "Sabʼai sayyor" anʼanaga koʻra, hamd, munojot va naʼt bilan boshlangan, soʻng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi "Hamsa"dagi boshqa dostonlardan farq qiladi; hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya boʻlib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yoʻnalishi bilan chambarchas bogʻlanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning, xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi; xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va maʼrifat gʻoyalari ilgari suriladi, munofiklik va zolimlik qoralanadi.
. Hikoyat orqali o‘quvchilar Suhayl obrazi har bir narsaga osonlikcha erishib bo‘lmasligini va jasorat ko‘rsatish vaqti kelgan bo‘lsa qo‘rquvlarni chetga surish, taslim bo‘lmaslikni o‘rgatadi. Muddatidan oldin taslim bo‘lish - g‘alabani qo‘ldan chiqishi muqarrarligidir. Shu sababli hech qachon taslim bo‘lmaslik, har bir ishda oxirigacha kurashish kerakligini o‘rganish kerak.

Download 45.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling