O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti darvishov ibrohim o`rmonovich
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Лингвокультурология
o`xshaydi. Yorim – predmet; oy – ongdagi referent; go`zallikda – asos. Obrazlilik
til birligining real xossasi bo`lib, ongimiz «manzara» hosil qilish qobiliyatiga ega. Shuningdek, g`oyaviy obrazlar ham mavjud, ular umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan bo`lib, manzara holatidagina mavjud bo`ladi. Metaforik obrazlar va frazeologik obrazlar lug`atlardagi izohlash yordamida tavsiflanmaydi. Chunki bu yerda muammo uning ma`nosida emas, ichki shaklidadir. I.Brodskiy ichki shaklni narsalarning nazar solish orqali qoldirilgan izi deb tahriflaydi. Ichki shakl tushunchasi dastlab rus tilshunosligiga 1892 yil A.A.Potebnya tomonidan kiritilgan. Keyinchalik XX asrning 20-30 yillarida B.A.Larin va G.O.Vinokurlarning poetik nutqqa bag`ishlangan ishlarida taraqqi topdi. So`zning ichki shakli – so`zni tashkil qiluvchi morfemalar ma`nosidan yuzaga keladigan tub ma`nodir. Masalan, his va tuyg`u, mahbub va sevimli so`zlari bir xil ma`noni bildirsa-da, ichki shakli har xil. Ichki shakl so`z ma`nosini motivlashtiradi. Ammo bu Shartlanganlik to`liq emas, masalan, oqsoqol so`zining ichki tuzilishi «oq soqolli» va «keksa erkak» ma`nolariga ham ulanishi mumkin. A.A.Potebnya ichki shaklni «etimologik ma`noga yaqin» deb biladi. Yasama so`zning «yaqin ma`nosi» uni tashkil etuvchilarning ma`nolaridan kelib chiqadi. «Uzoq etimologik ma`no» esa so`z o`zagi motivatsiyasining qayta tiklanishi mumkin bo`lgan eng birinchi ma`nosidir. Odatda, mutaxassis bo`lmaganlar uchun vaqt nuqtai nazaridan bu ma`no yopiq bo`ladi. Masalan, olchoq so`zining ilk etimologik ma`nosi «jasur, epli». Shu tariqa, ichki shakl so`zning so`zlovchi tomonidan anglangan ma`nosi ifoda uslubidir. U turli tillarda turlicha ifodalanadi. Masalan, qorag`at o`zbek tilida «rang belgisi»ga ko`ra nomlangan, rus tilida smorodina «hid belgisi»ni ifodalaydi, belorus tilida xuddi shu tushuncha parechi deb yuritilib, «po rechi – daryo bo`yi» - «o`rin belgisi»ga ko`ra nomlangan. A.A.Potebnya so`zning ichki shakli deganda uning obrazini tushunadi. Uning fikricha, so`z maqol, matal, topishmoq kabi insonning tafakkuriy ijodi natijasida yuzaga kelgan. Shuning uchun ichki shaklni metaforadagi o`z ma`noga taqqoslaydi. Ichki shakl Madaniyatshunoslar uchun xalqning dunyoqarashini o`rganishnuqtai nazaridan qiziqarlidir. So`zning semantik taraqqiyoti ichki shakl xiralashishi, esdan chiqishi mumkin, enantiosemik xarakterda bo`lib qolishi mumkin. Masalan, siyoh (qora) barcha rangdagi bo`yoqlarni bildiradi. Biroq Shunda ham ichki shakl yasama so`zning semantikasida yashayveradi. Bu xuddi tilning tarixiy xotirasi kabidir, ijodkorgagina tushunarli, predmetning kechagi ko`rinishi, u bugungi tushuncha soyasida qolib ketgan (N.B.Mechkovskaya). Lug`aviy ma`no bilan bog`langan holda ichki shakl olamni so`z orqali anglashning alohida stereonusxasini yaratadi. 24 Ichki shakl asosida yuzaga kelgan assotsiatsiyalar va ma`noviy bo`yoqlar, konnotatsiyalar denotatdan ko`ra milliy-madaniy o`ziga xoslikka ega. 7. Lingvokulturologiyaning tadqiqot predmetlaridan biri turli tillarning uslubiy tarmoqlaridir, ular turli shakllarda yuzaga keladi. Ayrim tillarda dialektal farqlar kuchli bo`lsa, ayrim tillarda shevalar o`rtasida farqlar uncha sezilmaydi; ayrim tillar uslubiy farqlanish endigina boshlangan bo`lsa, ayrimlarida bu masala ancha chuqur va keng. Adabiy til va noadabiy til qatlamlari shakllari jamiyatning madaniy tarixi har bir bosqichini aniqlab beradi: yozuv tarixi, maktab tahlimi, adabiyoti, dunyoqarashi, uning madaniy-g`oyaviy simpatiyalari singari. Xalq madaniyatining me`yoriy-uslubiy tarmoqlarga ta`siri uning lug`at tarkibiga ta`siriga nisbatan bilvosita va chuqur munosabatlarga ega. 8. Nutq madaniyati ham lingvokulturologiyaning muhim predmetlaridan biridir. A.A.Leontyev yozadi: «Nutqiy muloqotning milliy-madaniy o`ziga xosligi mazkur jamiyatda muloqotning usullari, funktsiyalari, tashkillanishidagi farqlar, omillar tizimi haqidagi tasavvurlarimiz bilan bog`liq. Bu omillar jamoaning Shakllanishining turli bosqichlariga asoslanadi, turlicha tabiatga ega bo`ladi, biroq jarayonda o`zaro bog`oliq ravishda ishtirok etadilar. Bu omillar asosan lioniy, psixolingvistik va umumpsixologik omillardir». Shuningdek, A.A.Leontyev quyidagi omillarni ajratib ko`rsatadi: 1) madaniy an`analar bilan bog`liq omillar (muloqotning ruxsat etilgan va tahqiqlangan tiplari va shakllari, shuningdek, muloqotning stereotipli shakllari) 2) ijtimoiy holat va muloqotning ijtimoiy vazifalari bilan bog`liq omillar (maxsus ishlatiladigan «til»chalar, muloqotning etiket shakllari); 3) etnopsixologiya bilan tor ma`noda bog`liq bo`lgan omillar (turlicha faoliyat turlari va ruhiy jarayonlar vositasida); 4) denotatsiyaning xos xususiyatlari bilan bog`liq omillar; 5) mazkur jamoa tilining xos xususiyatlari bilan bog`liq omillar; Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, har bir madaniyatda insonlar o`zlarining ijtimoiy roliga qarab muloqot jarayonida o`zini qanday tutish tasavvurlari orqali axloqlarini nazorat qilib boradilar. 9. Muloqot xulqi ham lingvokulturologiyaning muhim predmetlaridan biridir (Formanovskaya). Bu tushunchani O.Mandelg`shtam «madaniy yoqimlilik ijod qilish» deb ataydi. Muloqot xulqi – bu insonlar nutq madaniyatining ijtimoiy buyurtirilgan va madaniy-spetsifik qoidalari bo`lib, insonlarning ijtimoiy va ruhiy mavqei, rasmiy va norasmiy muloqot sharoitlaridagi roli va shaxsiy munosabatlari bilan bog`liq bo`ladi. E.Bernning fikricha, muloqot xulqi – muloqotning milliy-madaniy tarkibiy qismidir. Axloqiy munosabatlar – universaliya hisoblanib, ularning yuzaga chiqishi milliy xoslangan bo`ladi. Shu tufayli ham lingvokulturologiyada o`rganiladi. Muloqot xulqi standart va stereotip shaklda ko`rinib, yopiq sistemaga o`xshasa ham, muloqot xulqining buzilishi inson va insoniyat uchun ko`zda tutilmagan oqibatlarni olib kelishi mumkin. N.I.Formanovskiy fikricha, kommunikativ haqiqat samimiylikdan ko`ra qadrliroqdir. Shu tariqa lingvokulturologiya jonli muloqot jarayonlarini ham tadqiq etadi. 25 Yuqoridagi berilganlar ro`yxatini tugal va to`liq deb baholamaymiz. Nazorat uchun savollar: 1. 1Lingvokulturologiya qanday soha? 2. Antropotsentrik paradigma nima? 3. Til va madaniyatning munosabatini tushuntiring. 4. O`zbek lingvokulturologiyasi rivoji haqida so`zlang. 5. Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti nima? 6. Lingvokulturologiyaning tadqiqot predmetiga nimalar kiradi? 7. Muqobilsiz leksikaning lingvoulg`turologiyadagi a=amiyatini tushuntiring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling