O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti darvishov ibrohim o`rmonovich


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/35
Sana14.10.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1702719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
Лингвокультурология

Nazorat uchun savollar: 
1. Til va madaniyat qanday aloqador? 
2. Til va madaniyatning aloqasi haqidagi qarashlar tarixi haqida aytib bering. 
3. Qiyosiy-tarixiy paradigma nimaga asoslanadi? 
4. Hozirgi o`zbek tilshunosligida sistem-struktur paradigmaning maqomi 
qanday? 


32 
5. Lingvokulturologiya qaysi fanlar bilan aloqador? 
6. 
Lingvokulturologiyaning 
etnolingvistika, 
sotsiolingvistika 
va 
etnopsixolingvistika bilan muShtarak va farqli jihatlarini ayting. 
4-MA`RUZA: LINGVOKULTUROLOGIYANING ASOSIY 
YO`NALISHLARI (4 SOAT) 
REJA: 
1. Lingvokulturologiyaning fan sifatida shakllanishi.
2. Lingvokulturologiyaning asosiy yo`nalishlari: alohida ijtimoiy guruhlar 
lingvokulturologiyasi, diaxron, qiyosiy, chog`ishtirma lingvokulturologiya va 
lingvokultura leksikografiyasi.
3. Lingvokulturologiya maktablari.
4. Lingvokulturologiyaning dolzarb masalalari.
5. O`zbek tilshunosligidagi lingvokulturologik tadqiqotlar.
Keyingi yillarda lingvokulturologiyaga bag`ishlangan ishlar ko`payib qoldi. 
Jumladan, Yu.S.Stepanov “Konstantlar: Rus madaniyati lug`ati”ni yaratgan bo`lib, 
rus tili egalarining tillari uchun faol bo`lgan konseptlarni jamlagan va keng 
ma`lumot bergan. (Stepanov, 2001). N.D.Arutyunovaning “Til va inson olami” 
tadqiqoti turli davrlar va turli xalqlar madaniyatiga tegishli universal terminlarni 
o`rganishga bag`ishlangan. (1999) V.N. Teliya va uning maktabi vakillari esa 
iboralarni o`rganadi, bundan maqsad esa ularning milliy-madaniy ko`chma 
ma`nolarini tavsiflash va mentalitetning xarakterlovchi qirralarini ochib berishdir. 
(1996) Umuman olganda, lingvokulturologiya va lingvokulturologik terminlari 
oxirgi vaqtda ko`pgina tadqiqotlarda tez-tez uchraydigan bo`lib qoldi.Bu terminlar 
birmuncha erkin ishlatilmoqda: ba`zan til siyosati sifatida ham tahriflanmoqda 
(Artemyeva, 2003).
Lingvokulturologiya sohasiga XIX asrda V. Fon Gumbolg`dt o`zining 
“Tilning tuzilishi va insoniyat ma`naviy rivojiga ta`siri” kitobi bilan tamal toshini 
qo`ygan bo`lib, til va millat xususiyatlarining munosabatlari haqida qayd etgan edi. 
Ayniqsa, uning “turli tillar, o`z xususiyatlari, fikrlash va his-tuyg`uga ta`siriga 
ko`ra amalda turlicha dunyoqarashni ifodalaydi”, “tilning o`ziga xos xususiyatlari 
millatning o`zligiga ta`sir qiladi, shuning uchun tilni chuqur o`rganishtarix va 
falsafa insonning ichki dunyosi bilan bog`lab tushuntiradigan barcha narsani 
qamrab olishi kerak” kabi fikrlari keng tarqalgan. [Gumbolg`dt 1985: 370, 377]. 
Shu tariqa, olim tilning turli shakllarida turlicha hissiyot va tafakkur uslublarini 
ko`radi. Demak, tilda madaniy o`ziga xoslik aks etib turadi, degan xulosaga keladi.
V.Gumbolg`dtning 
g`oyalari 
XIX-XX 
srlardan 
neogumbolg`dtchilar 
tomonidan rivojlantirildi. A.A.Potebnya tilni faoliyat sifatida talqin etdi. 
L.Vaysgerber, X. Glints, X. Xolg`ts XX asr o`rtalarida fikrlash mundarijasining 
tuzilishi va fikrlarning mantiqiy qatori tilga bog`liq ekanligi haqidagi muammoni 
ko`tarib chiqdilar.
Neogumbolg`dtchilar tilning ichki mundarijasiga alohida ehtibor qaratdilar, 
turli tillarning semantik jihatlarini tekShirib, o`xshash va farqli jihatlarini 
aniqladilar. L.Vaysberger “olamni verballashtirish” tushunchasini olib kirdi. Unga 


33 
“dunyoni til orqali anglash jarayoni va tafakkur obyektiga aylantirish” deb tahrif 
berdi. Shuningdek, olim “yangi grammatika”ni yaratish vaqti kelganligini 
tahkidladi. Bu soha tilning mazmuniy tomoniga qaratilgan bo`lishi va tilni 
“harakatdagi kuch” sifatida baholashi kerak edi[Guxman 1961: 129-130, 154].
Amerika tilshunoslari E. Sepir va B.L.Uorf lisoniy mansublik gipotezasini 
ilgari surdilar. Unga ko`ra til bilish jarayonida eng asosiy rolni o`ynaydi. SHimoliy 
Amerika hindulari tilini o`rganishnatijasida olimlar til kategoriyalari fikrlash 
darajasiga ham ta`sir qiladi, degan xulosga keldilar. Lisoniy mansublik 
gipotezasiga ko`ra, turli tillarda turli kategoriyalarning uchrashi shu til egalari 
borliqni turlicha konseptuallashtirishlarini bildiradi.
XX asr davomida mazkur olimlarning fikrlari turli tanqid va qarshiliklarga 
duch keldi. Hozirgi kunda bu yo`nalish yana tilshunoslarning diqqat markazida. 
1990 yilda D. Lg`yusining «Language Diversity and Thought» (“Lisoniy har-xillik 
va tafakkur”) [Lucy 1992] va P. Lining «Whorf Theory Com`lex» (“Uorf 
nazariyalari yig`indisi”) [Lee 1996] kabi kitoblari dunyo yuzini ko`rdi. 1998 yil 
Duysburg (Germaniya) universitetida «Humboldt and Whorf Revisited. Universal 
and Culture-S`ecific Conce`tualizations in Grammar and Lexis» nomi ostida 
xalqaro simpozium o`tkazilgan bo`lib, unda tilda inson omili va lisoniy mansublik 
fenomenini tadqiq etishning yangi yondashuvlari o`rtaga tashlandi.
Sepir va Uorflar nazariyasi hozirgi tilshunoslikdagi juda ko`p oqimlarga tamal 
toshini qo`ydi. XX asrda “lisoniy to`ldiruvchilik gipotezasi” (G.Brutyan), “lisoniy 
universallik gipotezasi” (A. Vejbitskaya) kabi gipotezalar ham paydo bo`ldi. Bu 
holat til madaniyatning eltuvchisi sifatida rol o`ynashiga qiziqish kuchli ekanligini 
tasdiqlaydi.
XX asr o`rtalarida AQSH tilshunosi D.Xaymz “til va nutqni antropologik 
planda o`rganish”ning nazariy va metodologik asoslarini yaratdi. (1963) U 
“tilshunoslikning vazifasi til haqidagi bilimlarni til nuqtai nazaridan tushuntirish, 
antropologiyaning vazifasi esa til haqidagi bilimlarni inson nuqtai nazaridan 
uzatishdir” degan qarashni ilgari suradi. A.Duranti esa lingvistik antropologiya 
boshqa tilshunoslik sohalaridan moddiy borliqning individual mushohada 
qilinishiga diqqat qaratishi bilan ajralib turishini tahkidlaydi. (1992) Bu yo`nalish 
“inson til tarkibida” deb ham nomlanadi.
Sovet tilshunosligi mark-lenincha falsafaga asoslanganligi va ularning nazariy 
manbalari turlicha bo`lgani uchun ham antropotsentrizm tanqidga uchradi. Biroq 
Yu.S.Stepanov tahkidlaganidek, oxirgi o`n yillikda dogmatik strukturalizmni 
tanqid qilmagan va tilda antropotsentrizmga moyillik bildirmagan tilshunos yo`q 
edi. (1975) 
Rus 
tilshunosligida 
V.A.Maslovaning 
darsligida 
lingvokulturologik 
tadqiqotlarning zamonaviy yo`nalishlari tavsiflanadi, metodologik asosi yaratilgan. 
V.V.Vorobg`yovning «Lingvokulturologiya: teoriya i metodq» [Vorobyev 1997] 
nomli tadqiqoti gumbolg`dtchilik nazariyasi asosiga qurilgan bo`lib, tilda o`z 
aksini topgan madaniyatni o`rganishSepir-Uorf gipotezasi asosida amalga 
oShirilgan, L.Vaysberger terminlaridan faol foydalanilgan edi.
Tadqiqotda lingvokulturologiya lingvoo`lkashunoslik sohasining nazariy 
asosi sifatida tadqiq etiladi, sohaga “til va madaniyat munosabatlari va aloqalarini 


34 
tilni vazifalarida tekShiruvchi va bu jarayonni tizimli metodlar va zamonaviy 
yo`nalish, madaniy qoidalarga ko`ra birliklarning lisoniy va nolisoniy (madaniy) 
mundarijasiga jamlab, bir butun tizimi sifatida aks ettiruvchi kompleks bilimlar 
majmui” deb tahrif beradi. [Vorobyev 1997: 36-37]. 
Lingvokulturologiyaning 
asosiy 
o`rganishobyekti 
sifatida 
“til 
va 
madaniyatning o`zaro aloqaga kirishgan vaqtdagi o`zaro bog`liqligi va bu 
munosabatning bir butun sistem holatda talqin qilish”, fanning predmeti esa, 
“jamiyat turmuShining til kommunikatsiyasi jarayonida yuzaga keladigan va 
madaniy qadriyatlarga asoslangan milliy shakllari”, “olamning lisoniy 
manzarasi”ni hosil qiluvchi barcha narsadir deb baholaydi.
V.V. Vorobyev lingvokulturologik tahlilning asosiy birligi – lingvokulturema 
tushunchasini olib kiradi va unga “lisoniy va nolisoniy (tushuncha va predmet) 
mazmunning dialektik birligi” deb tahriflaydi. [Vorobyev 1997: 44-45]. So`zning 
lingvokulturemadan farqini esa A.A.Potebnyaning “so`zning yaqin va uzoq 
ma`nosi” tushunchasi orqali izohlaydi.
Lingvokulturema so`zdan farqli ravishda birmuncha murakkab tuzilishga ega: 
uning mazmun plani ikkiga: lisoniy ma`no va madaniy mazmunga bo`ladi. Bu 
birlik konnotativ mazmunga ega bo`lib, “uni yuzaga keltirgan mafkuraviy kontekst 
tugamaguncha yashayveradi” [Vorobyev 1997: 52]. Birlik so`z va davomiylikdagi 
matn sifatida ifodalanishi mumkin.
V.V. Krasnqx o`zining «Etnopsixolingvistika i lingvokulturologiya» nomli 
ishida lingvokulturologiyaga “tilda va diskursda madaniyatning namoyon bo`lishi 
va aks etishini o`rganuvchi fan bo`lib, dunyoning milliy manzarasi, lisoniy idrok, 
ruhiy-lisoniy yig`indining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishbilan bevosita 
bog`liq bo`ladi” deb tahrif beradi. » [Krasnqx 2002: 12] 
Volgograd maktabi vakillari V.I. Karasik, Ye.I. SHeygallar asosiy ehtiborni 
til va madaniyatni qiyoslashga qaratadilar. 
Antropotsentrik tilshunoslikning yetakchi yo`nalishlaridan biri hisoblangan 
lingvokulturologiya 
tilshunoslik, 
Madaniyatshunoslik, 
etnografiya, 
psixolingvistika sohalari hamkorligida yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, 
milliy mentallik bilan o`zaro aloqasi va ta`sirini antropotsentrik paradigma 
tamoyillari asosida o`rganuvchi sohadir. Tadqiqotchilarning tahkidlashicha, 
mazkur soha XX asrning so`nggi choragida shakllandi, "linpvokulturologiya" 
termini esa V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi tomonidan olib 
borilgan tadqiqotlar bilan bog`liq ravishda paydo bo`ldi. Lingvokulturologiyaning 
yuzaga kelishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning 
ildizi V.fon Gumbolhdtga borib taqalishini tahkidlaydilar. Tilshunoslikda bu 
sohaning Shakllanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glints, X.Xolg`ts, 
U.D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbitskaya, 
D.Xaymz kabi tilshunoslarning qarashlari muhim rolg` o`ynaganligi tahkidlanadi. 
Lingvokulturologiya sohasmda jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A.Maslova 
ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi: 
1) fan Shakllanishiga turtki bo`lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi 
(V.fon Gumbolg`dt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, E.Sepir kabi 
tilshunoslarning ishlari); 


35 
2) lingvokulturologayaning alohida soha sifatida ajratilishi; 
3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi.
Madaniyat, xalq tafakkuri, uning olamni idrok etishidagi o`ziga xos 
jihatlarning tilda aks etishini o`rganishlingvokulturologiyaning asosiy maqsadidir. 
Mazkur sohaning obyekti til va madaniyat, predmeti esa o`zida madaniy 
semantikani 
namoyon 
etuvchi 
til 
birliklari 
hisoblanadi. 
Binobarin, 
lingvokulturologiyada madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi. 
Bunday til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz, 
mifologema, etalon, metafora, paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar, 
pretsedent birliklar, nutqiy etiketlar eng asosiy lingvomadaniy birliklar 
hisoblanadi. Olamning lisoniy manzarasini, madaniyatning asosiy konseptlari 
majmui bo`lgan konseptosferani, lisoniy ongni tavsiflash hamda til egalarining 
milliy-madaniy mentalligini aks ettiruvchi lisoniy birliklarni, insoniyatning 
qadimiy tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga 
xos 
bo`lgan 
milliy 
ijtimoiy-madaniy 
stereotiplarni 
aniqlash 
lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi
2

Til 
va 
madaniyatning 
o`zaro 
ta`siri 
muammosi 
etnolingvistika, 
etnopsixolingvistika, 
kogaitiv 
tilshunoslik, 
lingvomamlakatShunoslik, 
lingvokonseptShunoslik, lingvopersonologiya kabi sohalarda ham o`rganiladi. Shu 
sababli ushbu sohalar lingvokulturologiyaga yaqin sohalar hisoblanadi. 
Tilshunoslikdagi barcha narsa madaniy-tarixiy mundarija zamiriga qurilgan. 
Boshqacha qilib aytganda, uning predmeti madaniyatning mahsuli, asosi va 
sharoiti hisoblangan til hisoblanadi XX asr oxirlarida R.M.Frumkina iborasi bilan 
aytganda, “o`ziga xos berk ko`cha paydo bo`ldi: ma`lum bo`lishicha, inson 
haqidagi ilmda eng asosiy narsa – inson va uning intellektini vujudga keltirgan 
madaniyatga o`rin yo`q ekan”. 
Darhaqiqat, ko`p hollarda inson olamning o`zi emas, uning tasavvuri, kognitiv 
manzarlari va modellari bilan ish ko`radi yoki olam xalqning madaniyati va tili 
prizmasidan o`tkaziladi. Bu holat Yu.S.Stepanovga faylasuf va boshqa olimlarning 
nazariy bilimlarini yo`naltirish xususiyatiga ega ekanligi haqidagi fikrini ehlon 
qilishiga sabab bo`lgandir. Darhaqiqat, XX asrning yirik faylasuflari bo`lmish
P.A.Florenskiy, L.VitgenShteyn, N. Bor va boshqa olimlar o`z nazariyalari 
markaziga tilni qo`ygan edilar. Zamonamizning atoqli mutafakkiri X.G.Gadamer 
“til – ozodlikning yagona yo`lidir” deb bejiz aytmagan edi. Yoki M.Xaydegger 
tabiat yoki atrofimizdagi olamni emas, aynan tilni birlamchi borliq sifatida ehtirof 
etgan edi. U insonning “turmuSh uyi”dir, inson yashaydigan voqelikni nafaqat aks 
ettiradi, balki yaratadi ham. Bu nuqtai nazardan tilshunoslik barcha ijtimoiy fanlar 
metodologiyasida strategik ahamiyatga ega ekanligi ma`lum bo`ladi. 
Til o`zining biror usuli yordamida dunyoni tahlil qilish va baho berSh 
yo`lidan boradi. V.Dalg` Shunday masal keltiradi: Bir grek sohil o`tirib, bir narsani 
zamzama qilib kuylabdiyu birdan yig`lab yuboribdi. U yerdagi bir rus qo`shiqni 
tarjima qilib berishni so`rabdi. Grek shunday tarjima qilibdi: “Bir qushcha, ruscha 
nomini bilmayman, qoyada uzoq o`tiribdi, qanotini qoqibdi-da, keyin uzoq-
uzoqlarga, o`rmonlar oSha uzoqlarga uchib ketibdi”. So`ng grek shunday debdi: 
“Ruschasiga o`xshamaydi, grekchasi esa juda qayg`uli”. 


36 
1 Frumkina R. M. Lingvistika v poiskax epistemologii // Lingvistika na 
isxode XX veka: Itogi i perspektivq: Tezisq Mejdunarodnoy konferentsii. -- M., 
1995. -T. II. -S. 104.
G.O.Vinokur tahkidlaganidek, muayyan madaniyatga xos tilni o`rganayotgan 
tilshunos Shu madaniyatning tadqiqotchisiga aylanib qoladi, madaniyatning 
mahsuli esa tildir.
Til, madaniyat va etnos munosabatari masalasi yangi muammo emas. XIX asr 
boshlarida nemis olimlari – aka-uka Grimmlar bu sohada izlanib ko`rgan bo`lsalar, 
XIX asrning 60-70 yillarida Rossiyada – F.I.Buslaev, A.N.Afanasyev, 
A.A.Potebnya ishlarida o`z rivojini topdi.
V.Gumbolg`dt g`oyalari esa eng keng tarqalganlaridan edi. Unng fikricha, til 
“xalqning ruhi”dir, u xalqning “tub o`zligi”dir. Madaniyat o`zini eng ko`p tilda 
namoyon qiladi. Til madaniyatning haqiqiy voqeligidir, u insonni madaniyatga 
kiritish xususiyatiga ega. Til madaniyatning dunyoga va o`z-o`ziga badiiy nuqtai 
nazaridir. Ijtimoiy fanlarda “til hukmdorligi” termini haqida ko`p gapiriladi. 
(Sepir-Uorf gipotezasi) Biroq bu qolip ilmda turlicha talqin qilinadi: M.M.Baxtin 
dastlab uni begona so`zning “qobig`i” (okova), L.S. Baxtin – Shaxsiy ma`noning 
tushuncha bilan munosabati deb tushungan.
XX asrning boshlarida Avstriyaning “WORTER UND SACHEN” (“So`zlar 
va buyumlar”) maktabi “til va madaniyat” masalasini tarkibli qismlarni aniq 
o`rganishyo`nalishiga burib yubordilar. Bu bilan ular tilshunoslikning turli 
sohalarida, ayniqsa, leksika va etimologiya sohasida kulturologik yondashuvning 
muhimligini ko`rsatib berdilar.
Neogumbolg`dtchilik va uning bir tarmog`i bo`lmish Sepir-Uorf maktabi ham 
til va madaniyatni ajratib bo`lmasligi, ularning keng ma`noda bir tushuncha 
ekanligidan kelib chiqib fikr yuritar edilar. Neogumbolg`dtchilarning nisbatan 
keyingi vakili L.Veysberger “til – tafakkur va real borliq oralig`idagi dunyo” 
ekanligini tahkidlaydi. 
K. Levi-Stros ko`rsatib o`tganidek, til bir tomondan madaniyatning hosilasi, 
uning asosiy mahsuloti, tarkibiy qismi bo`lsa, ikkinchi tomondan madaniyatning 
hayotiy 
shart-Sharoiti hamdir. 
Bundan tashqari, til 
– madaniyatning 
mavjudligining maxsus usullaridan biri, madaniy odlar Shakllanishi omillaridan 
biridir.
V.I.Vernadskiy o`z nazariyasida tilning biokimyoviy energiya (o`zi inson 
madaniy energiyasi deb atagan) ishlab chiqilishidagi o`ta muhim vazifasini 
tahkidlaydi.
Madaniyat til egasi g`oyasini shakllantiradi va tuzadi, shuningdek, lisoniy 
kategoriyalar va tushunchalar olamini shakllantiradi. Madaniyatni til orqali 
o`rganishg`oyasi keyingi yillarda “havoda kezib yuribdi”. Bu g`oya til 
materiallariga nihoyatda salmoqli, inson va olam haqidagi axborotlarni jamlagan 
voqelik sifatida qarashni ilgari suradi. 
Ma`lum bo`ladiki, madaniyatni til orqali o`rganish– yangi g`oya emas. Bu 
haqida A.Bryukner, V.V.Ivanov, V.N.Toporov, N.I.Tolstoylar ham yozib 
ketganlar. Uchinchi ming yillikda polyak antropologi Yeji Bartming`skiy bu 
sohaga katta hissa qo`shdi. Uning tadqiqotlarida madaniyat Shunchaki til bilan 


37 
qorishgan fan emas, balki chuqur izlanishlarsiz inson sirlari, til va matn sirlarini 
ochib bo`lmaydigan fenomen sifatida baholanadi. 
Shu tariqa XX asr oxirlariga kelib, yuqoridagi rus va g`arb olimlari 
tadqiqotlari yutuqlaridan kelib chiqib, quyidagi postulatni ilgari surish mumkin 
bo`ladi: Til madaniyat bilan nafaqat bog`liq, shu bilan birga, til madaniyatning 
ichida o`sadi, uni as ettiradi. Til bir vaqtning o`zida madaniyatni bunyod etish, 
taraqqiyot, saqlash (tekst ko`rinishida) quroli hamda uning bir qismi hamdir. 
Chunki til yordamida moddiy va ma`naviy madaniyatning real, obyektiv qiyofasi 
tilanadi. Bu g`oyalar asosida yangi ming yillikka oid bo`lgan fan – 
lingvokulturologiya yuzaga kelmoqda.
Lingvokulturologiya – tilshunoslik va Madaniyatshunoslik chatishuvidan 
yuzaga kelgan fan sohasi bo`lib, tilda mustahkamlangan, aks etadigan milliy 
madaniyatning namoyon bo`lishini tadqiq etadi. Yangi fanning “chatishuvli” 
xarakteri katta ahamiyatga ega emas, yoki lingvokulturologiya ikki fan 
imkoniyatlarini biriktirish orqali yuzaga kelmagan. U faktlarni “tor dunyoqarash” 
bilan o`rganish, tadqiqotlardagi cheklanganligini yengishga va ularga yangicha 
nuqtai nazar bilan qarash hamda tushuntirib bera olishga qodir yo`nalish 
hisoblanadi.
Shuning uchun mazkur fanga tilshunoslikning va Madaniyatshunoslikning 
vaqtinchalik ittifoqi sifatida emas, fanning nazariyalararo tarmog`i nuqtai 
nazaridan qarash kerak. U o`z maqsadlariga, vazifalariga, tadqiqot obyekti va 
usullariga ega. 
Xullas, lingvokulturologiya fanning maxsus sohasi sifatida XX asrning 90-
yillarida yuzaga keldi. Bu holatni aniq va o`zaro mutanosib davrlashtirish ko`p 
ham muvaffaqiyatli chiqmaydi. Sababi, fanning yuzaga kelganiga ko`p bo`lmadi, 
ikkinchidan, R.M. Frumkina aytganidek, ma`lum ilmiy soha vakilining shaxsiy 
subyektiv bahosi bilan bog`liq bo`lib qoladi.
Lingvokulturologiya taraqqiyotini ikki bosqichga bo`lish maqsadga muvofiq 
ko`rinadi: 1) V. Gumbolg`dt, A. A. Potebnya, E. Sepirabilan asarlarida ilmiy-
nazariy poydevor qo`yilishi; 2) lingvokulturologiyaning mustaqil tadqiqot sohasiga 
aylanishi. Mazkur fanning taraqqiyot surhati shuni ko`rsatadiki, biz ostonasida 
turgan davrni fundamental sohalararo fan – lingvokulturologiyaning paydo bo`lish 
davri deb ataluvchi uchinchi davrni ham ajratsak bo`ladi.
Lingvokulturologiyaning asosiy yo`nalishlari. 
Lingvokulturologiyada bugungi kunga qadar bir qancha yo`nalishlar paydo 
bo`ldi:
1. Ijtimoiy guruh, etnosning madaniy nuqtai nazardan alohida ajralib turuvchi 
davriga xos lingvokulturologiya, yahni aniq lingvomadaniy vaziyat tadqiqi. 
2. Diaxron lingvokulturologiya, yahni ma`lum davr oralig`ida etnosning 
lingvomadaniy o`zgarishlarini o`rganish. 
3. Qiyosiy lingvokulturologiya, turli hamda o`zaro aloqada bo`lgan etnoslarga 
lingvomadaniy belgilarni o`rganadi. 
4. CHog`ishtirma lingvokulturologiya. Bu soha endigina yuzaga kelgan 
bo`lib, misol sifatida M. K. Golovanivskoyning «Frantsuzskiy mentalitet s tochki 


38 
zreniya nositelya russkogo yazqka» (Rus tili sohiblari nazdida frantsuz mentaliteti) 
asarini keltirish mumkin. 
Bunda rus va frantsuz tillaridagi mavhum otlar, jumladan, taqdir, xavf, omad, 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling