193
Bozor kon’yukturasi –
muayyan davrdagi bozor holati; bozorda muvozanatning
mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarkterlanadi. SHunga ko’ra bozor kon’yukturasi ijobiy
va salbiy, qulay yoki noqulay bo’lishi mumkin.
Birja – mahsulotlarni sotish tizimlaridan biri. Talab va
taklifga qarab mahsulotlar
narxi birjada muvozanatlashib turadi.
Veksel (nemischa
Wechsel - ayirboshlash) – ko’rsatilgan muddatda muayyan
miqdordagi pulni to’lash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik
haqidagi rasmiy hujjat;
qimmatli qog’oz.
Daromadlar - hisobot davrida aktivlarning ko’payishi yoxud majburiyatlarning
kamayishi.
Davlat buyurtmalari – davlat tomonidan muayyan mahsulot turini (hozirgi
kunda
paxta va g’allani) yetkazib berish bo’yicha qishloq xo’jaligi korxonalari bilan tuzilgan
shartnoma-topshiriq.
Dividend — sof foydaning soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar to’langanidan keyin
shirkat xo’jaligi (aktsiyadorlar jamiyati) ixtiyorida qoladigan va a’zolar o’rtasida
taqsimlanishi lozim bo’lgan qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: