O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Agrosanoat majmuasi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
3.3. Agrosanoat majmuasi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi
sohaning hozirgi holati va rivojlanish yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi 1-sohasining ayrim tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Jumladan, kimyo sanoati agrosanoat majmuasi 1-sohasining nisbatan kuchli rivojlangan tarmog’i sanaladi. Respublika eksportida kimyo sanoatining ulushi 5-7 foizni tashkil etmoqda. Respublikamizda asosan azotli va fosforli ma’danli o’g’itlar ishlab chiqarilar edi. Kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun maxsus zavodlarning yo’qligi tufayli bu turdagi o’g’itlarni asosan import qilinar edi. Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida kaliyli o’g’it ishlab chiqarish zavodi tashkil etildi va yiliga 120 ming tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Respublikada mamlakat agrosanoat majmuasining 1-sohasiga kiruvchi traktorsozlik, paxta terish mashinalari ishlab chiqarish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. O’zbekiston Respublikasi paxta terish mashinalarini komples holda ishlab chiqaradigan ikki davlatning biri hisoblanadi. Respublikada qishloq xo’jaligi mashinasozligi mamlakat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda 300 dan ortiq qishloq xo’jaligi mashinalar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari bor. Ayniqsa, paxta 50 terish mashinalari va agregatlari ishlab chiqarish tizimi yaxshi rivojlangan. Paxta terish mashinalari bilan bog’liq barcha mexanizmlar O’zbekistonda ishlab chiqariladi. Mamlakatda ishchi mashinalar – pluglar, ekish agregatlari, chizellar, boronalar va ko’plab turdagi ish qurollari ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Albatta, ularning sifatini yaxshilash talab qilinadi. Respublikada don o’rish kambaynlari, maxsus avtomobillar kabi juda zarur vositalar ishlab chiqarish tarmoqlari hali tashkil etilmagan. Ular respublikada ishlab chiqarish uchun Germaniya davlati bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilmoqda. Respublika agrosanoat majmuasining birinchi sohasini rivojlantirish juda murakkab bo’lib, bu katta mablag’ va vaqtni talab qiladi. Respublikada mavjud holatni chuqur o’rganib hamda agrosanoat majmuasi tarmoqlarining talablaridan kelib chiqib, asosiy vositalar lizingi rivojlantirilmoqda. Lizing yo’li bilan chetdan eng zarur asosiy vositalar keltirilmoqda. Masalaning bu tariqa hal etilishi ham malakat iqtisodiyoti ayniqsa, qishloq xo’jaligi uchun muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib aytganda, respublikada agrosanoat majmuasi 1-sohasining rivojlanishi talab darajasida yuqori emas. SHu sababli, bu sohani rivojlantirish mamlakat hukumati iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling