O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
Birinchisi, ma’naviy eskirish. Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi quyidagi hollarda
yuz beradi: birinchidan, mavjud asosiy fonddan unumliroq bo’lgan yangisi yaratilganda. Fan, texnika taraqqiyoti texnikaning yangi, unumli turlarini ishlab chiqqan holda eski fondlar yangisiga nisbatan unumsizroq bo’lganligi uchun ma’naviy eskirgan hisoblanadi. Asosiy fondlarning yangisi eskisiga nisbatan arzonga ishlab chiqarilganda ma’naviy eskirishni quyidagicha hisoblash qabul qilingan. 100 1 х АФбк АФтк АФбк АФмэ Bunda: AFme1 – asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi (eskisiga nisbatan orzonroq bo’lgan yangisi yaratilganda) AF bq – asosiy fondlarning balans qiymati, so’m; AF tq – asosiy fondlarning tiklash qiymati, so’m. Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi ularni unumdorligi sababli yuz berganda uni quyidagicha aniqlash mumkin. 100 2 х ЯАФму АФму ЯАФму АФмэ Bunda: AFme2 – asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi (eskisiga nisbatan unumlirog’i yaratilganda) YaAFmu – yangidan yaratilgan asosiy fondlarning unumdorligi AFmu – ishlab turgan (amaldagi) asosiy fondlarning unumdorligi Asosiy fondlarning yangilanish darajasi quyidagicha aniqlanadi. АФйок АФя Кя Bunda: Kya – asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti AFya – yil davomida yangidan jalb etilgan asosiy fond qiymati, so’m AF yoq – asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymati, so’m Asosiy fondlar eskirishining ikkinchi turi ularning jismoniy eskirishidir. Vaqt o’tishi, faoliyat ko’rsatishi natijasida asosiy fondlar jismoniy eskiradilar. Bu eskirish “amortizatsiya” tushunchasi bilan belgilanadi. Odatda, zavodlarda ishlab chiqarilgan 77 texnikalarning pasportida ularning xizmat ko’rsatish muddati, amortizatsiya ajratish normasi belgilangan bo’ladi. Lekin ayrim asosiy fondlarda bu ma’lumotlar berilmagan taqdirda amortizatsiya normasini hisoblab topish mumkin. Bu holatda umumiy yillik amortizatsiya normasi quyidagicha aniqlanadi: 100 N х Бх Л Д К Б Ан Bunda: An – umumiy yillik amortizatsiya normasi, %; B – asosiy fondlarning dastlabki yoki balans qiymati, so’m; K – asosiy fondlarni kapital ta’mirlash xarajatlari, so’m; D – asosiy fondlarni tugatishdagi xarajatlar, so’m; L – asosiy fondlarni tugatishdan olingan daromad, so’m; N – asosiy fondlarning o’rtacha xizmat qilish muddati, yil. Hozirda asosiy fondlarning eskirishini belgilashda tezlashtirilgan amortizatsiya ajratmasi ajratish yo’lidan ham foydalanilmoqda. Bu inflyatsiya darajasi yuqori paytda uning salbiy ta’sirini kamaytiradi. Bundan tashqari fan, texnika taraqqiyoti tezlashgan paytda asosiy fondlarni tezlikda almashtirish imkonini beradi. Asosiy fondlar qoldiq baholarda ham narxlanadi. Asosiy fondlarning dastlabki narxlaridan eskirish summasi o’rtasidagi farq ularning qoldiq bahosini bildiradi. Download 5.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling