O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligini


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

9.4. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligini 
oshirish yo’nalishlari 


73 
 
O’zbekiston qishloq xo’jaligi mehnat bozori nisbatan rivojlanmagan bozorlardan biri 
bo’lib, uni rivojlantirish birinchi darajadagi iqtisodiy – ijtimoiy masalalardan biri 
hisoblanadi.
Mamlakat qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning sonini mutloq va nisbiy kamaytirish 
bugungi kundagi va kelajakdagi asosiy vazifalardan biri. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslari 
nisbatan past malakalidir. Bu, o’z navbatida, juda katta muammolarni yuzaga keltiradi. 
Qishloq xo’jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish mamlakat iqtisodiyotini yangi 
bosqichga ko’taradi. Bu sanoat va boshqa xizmat turlariga mehnat resurslari bir qismining 
o’tishi uchun zarur sharoitlar tug’diradi. CHunki mehnat unumdorligi o’sishi natijasida 
mehnat resurslarining katta bir qismi qishloq xo’jaligidan ozod bo’ladi. Bu rivojlanishning 
umumiy ob’ektiv tendentsiyasi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslarining 
malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va tayyorlash tizimi ishlarini jonlantirish zarur. 
Bu ishlarning jonlanishi ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Qishloq xo’jaligi 
aholisi, ishchi – xizmatchilari daromadlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ishchi – 
xizmatchi daromadlaridan past bo’lmasligini ta’minlash ham ulardan foydalanish darajasini 
oshirgan bo’lar edi. Milliy mentalitet va mavjud mart –maroitlar natijasida qishloq aholisi, 
ishchi xodimlari nisbatan kam harakatlanadi. Nisbatan o’troq bo’lgan aholi va ishchi 
xodimlarni o’sha joyning o’zida ish bilan ta’minlash muammosini yechish bozor 
iqtisodiyoti talablariga zid bo’lmasligi kerak. SHunga qaramasdan sanoatni, xizmatlarni 
qishloq joylarda tashkil etish ishi doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim. Bunday 
siyosatsiz mamlakatda ijtimoiy masalalar ham chuqurlashib boraveradi.
Qishloq xo’jaligi mehnat resurslari mehnatining fond, energetik quvvatlar bilan 
qurollanish darajasini oshirish ulardan foydalanishni yaxshilash yo’llaridan biridir. Qishloq 
xo’jaligida mehnat har bir ekin turi yoki mahsulot turi bo’yicha texnologiyani hisobga olgan 
xolda zarur vositalar bilan ta’minlanishi kerak. SHu sababli, ayniqsa, kichik texnika ishlab 
chiqarishni yoki xorijdan sotib olishni yo’lga qo’yish, rivojlantirish talab qilinadi.
Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni yanada rivojlantirish ham mehnat 
resurslarinidan foydalanish samaradorligini oshirishning bir yo’nalishidir. Fan-texnika 
taraqqiyotining qishloq xo’jaligi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilashdagi 
imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. Bunda asosiy etibor yangi, serhosil ekin navlarini 
yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, chorva mollarining sermahsul zotlarini 
ko’paytirishga qaratilishi maqsadga muvofiq.
Moliya, kredit tizimi, soliq tizimi va boshqa ko’plab iqtisodiy dastaklarning 
rivojlanishi ham mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga ijobiy yoki salbiy ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. 
Ishchi kuchlari bozori tarkibi va uni tartibga solish mexanizmini quyidagi chizmada 
ko’rish mumkin (8- chizma).
5
5
Минаков И.А. и др. Эклномика отраслей АПК. Учебник.-М.: КолосС, 2004—464с. (100с). 



Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling