O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

95 
 
 
 
2-chizma. Agrosanoat majmuasi bozori tarkibi 
 
Bozorning tarkibining shakllanishi ko’plab omillarga bog’liq. Jamladan, mulk shakli 
va xo’jalik yuritish usullari, tovar ishlab chiqaruvchilar va ularni iste’mol qiluvchilar soni, 
baholarni nazorat qilish darajasi, tarmoqqa kirish va chiqishda qo’yiladigan to’siqlar, 
munosabatlarning rivojlanganlik darajasi, davlat siyosati va boshqalar bozorning tarkibiga 
ta’sir ko’rsatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bozorning amal qilish mexanizmlari, unga davlatning 
aralashuvi darajasiga qarab uch turdagi bozor tipi farqlangan. Bularga: rivojlanmagan 
bozor; erkin bozor va tartibga solinib turiladigan bozorlar kiradi. Rivojlanmagan bozor – bu 
bozorda oldi-sotdi jarayonlari kuchli rivojlanmagan, odatda oddiy tovar ayriboshlash 
jarayoni yuz beradi. Bu bozorda tovarlarning natural ayriboshlanishi (barter) ko’proq 
amalga oshiriladi. Bu bozor to’yinmagan hisoblanadi. Erkin bozor – bu raqobatli bozor 
hisoblanadi. Bu bozorda juda ko’plab kichik va katta tovar ishlab chiqaruvchilar ishtirok 
etadi va ularning birortasi ushbu tovar narxini o’zgartirishga sezilarli ta’sir eta olmaydi. 
Tovarlar erkin sotiladi. Erkin bozor o’z mazmuniga ko’ra amaliyotda deyarli uchramaydi. 
Erkin bozor tushunchasi nazariy jihatdan mavjud bo’lib, iqtisodiyotning juda yuqori 
darajada rivojlangan davrlarda amal qilishi mumikn. Tartibga solib turiladigan bozor – bu 
bozorning faoliyatiga huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy chora-tadbirlar bilan davlat aralashib 
(tartibga solib) turadi. Hozirda dunyo mamlakatlarida asosan taribga solib turadigan 
Агросаноат мажмуаси бозори 
Бозор инфратузилмаси 
Ихтисослашган бозорлар 
Бозор механизмлари 
Товар биржалари 
Улгуржи ва чакана савдо корхоналари 
Аукционлар 
Ярмаркалар 
Воситачи, даллол 
фирмалар 
Реклама агентликлари 
Ахборот хизмати 
Консалтинг хизматлари 
Аудиторлик ташкилотлари 
Қишлоқ хўжалиги 
маҳсулотлари ва хом ашёси 
бозори 
Ишчи кучи бозори 
Ишлаб чиқариш 
воситалари бозори 
Ер бозори 
Талаб 
Таклиф 
Рақобат 
Нарх 
Аграр 
қонунчилик 


96 
bozorlar mavjud bo’lib, davlatning bozorga aralashuv darajasi turli mamlakatlarda 
turlichadir.
O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tish jarayonida “davlat asosiy 
tashabbuskor” tamoyiliga amal qilmoqda. Respublikada qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
bozori tez rivojlanib bormoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyosi va oziq – ovqat 
bozorini tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin. (3-chizma) 

Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling