O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


  mahsulotlari uchun raqobatda yaxshi pozitsiyalarni yaratishi va ular uchun eng samarali  bozor talabini vujudga keltirishi mumkin


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

92 
mahsulotlari uchun raqobatda yaxshi pozitsiyalarni yaratishi va ular uchun eng samarali 
bozor talabini vujudga keltirishi mumkin. 
 
14.3. Qishloq xo’jaligi marketingi strategiyasini tuzish 
Tadqiqotlarni olib borish natijasida marketologlar maqsadli bozor rivojlanishi 
prognozlarini, qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatning unda harakat qilish maqsadi, 
srategiyasi va taktikasini, uning tovar, narx, sotish siyosati hamda sotishni rag’batlantirish 
va reklama tadbirlari o’tkazish siyosatisotishni o’z ichiga olgan qishloq xo’jaligi fermeri va 
shirkatlarining ishlab chiqarish – sotish faoliyatining strategik, taktik va operativ rejalarini 
tuzib chiqishadi.
Muqobil strategiyani ishlab chiqish qishloqda tadbirkorlikning samarali bo’lishini 
belgilab beradi. Marketing bozor strategiyalarining turli xil variantlarini taklif etadi: global 
va umumiy – talab holati va darajasi, bozorni qamrash me’yori, bozor ulishi, tovar va 
bozorning yangiligiga ko’ra. Marketing dasturlari marketing faoliyatida juda ham muhim 
o’rinni egallaydi, qishloq xo’jaligi fermerining bozordagi o’rni qandaydir ma’noda ana shu 
dasturlarning sifatli ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishiga bog’liq. 
Tovar siyosati qishloq xo’jaligi fermerining raqobatdagi pozitsiyasini oshirishga 
qaratilgan “Agriculture mix” kompleksining tarkibiy qismi bo’lgan maxsus marketing 
dasturini ifodalaydi. Bunda bu siyosat chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 
iste’mol xususiyatlarini, ularning yangi turlarini ishlab chiqish va raqobatdoshligini 
oshirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining hayotiy tsiklini uzaytirish va ularning 
assortimentini optimallashtirishga qaratiladi. Bu choralar tanlangan bozor segmentidan 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sifat tasniflari va xususiyatlarini iste’molchilarning aniq 
talablari darajasiga yetkazish va uning samarali sotilishini ta’minlashni ko’zda tutadi. 
Narx siyosati qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatining bozorda uzoq muddatli 
harakatidagi narx strategiyasini va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining har bir guruh va turiga 
hamda bozorning aniq bir segmentiga nisbatan qisqa muddatli narx taktikasini aniqlashni 
bildiradi. 
Narx siyosati tovar narxini o’zgartirib, raqobatbardoshligini oshirishga imkoniyat 
yaratadi (bozor munosabatlari sharoitida savdo faoliyatini olib borish talab qilinganidek) va 
bozor talablaridan va boshqa omillar asosida narx belgilashni taminlaydi. 
Odatda, narx siyosati bir necha bozor strategiyalarini o’z ichiga oladi: “bozorga yorib 
kirish” siyosati (penetration policy), “qaymog’ini olish” siyosati (skimming policy), 
differentsiyalangan, diskrinimatsiyalovchi, raqobatbordosh, obro’li narxlar va boshqa 
turdagi narxlar, chegirma va narxli imtiyozlar siyosati va b. Narx siyosati, shuningdek, 
taqribiy miqdorda ifodalangan, belgilanadigan narx darajasini aniqlash metodologiyasi va 
shartnoma narxini hisoblash va qayd qilish metodikasini o’z ichiga oladi. 
Sotish siyosati qishloq xo’jaligi mahsulotlarini to’g’ridan – to’g’ri va bilvosita usillar 
orqali sotish kanallarini vujudga keltirishni nazarda tutadi. To’g’ridan – to’g’ri usul sotish 
filiallari, omborlar, stantsiya va texnik xizmat ko’rsatish markazlarning bevosita ishlab 
chiqaruvchi qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaligi tomonidan tashkil qilinishini 
ko’rsatadi, ya’ni o’zining sotish tizimi orqali. Bilvosita usul savdoning mustaqil vositachilar 
orqali amalga oshirilishini bildiradi. Qishloq xo’jaligi femeri intensiv, selektiv va 
“esklyuziv”sotish sistemalaridan foydalanish, nolinchi yoki ko’p darajali sotish tarmoqlarini 
yaratish, sotishning vertikal va gorizantal strukturalarini aniqlashi mumkin. CHakana, ulgirji 
va tashqi savdo sotish sistemalarini ishlab chiqish ham qishloq xo’jaligi fermerining sotish 
siyosatiga kiradi. 


93 
Kommunikatsion siyosat qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bozorga olib kirilishiga 
qaratilgan tadbirlar kompleksini rejalashtirish va amalga oshirishni anglatadi. Bu sohada 
turli xil reklama ko’rinishlaridan foydalaniladi, jamoatchilik bilan aloqalar o’rnatiladi, 
sotishni rag’batlantirish, sotishdan oldingi va keyingi xizmat ko’rsatish hamda zamonaviy 
savdo markasi, ya’ni “brend”lardan foydalanadi. 
Marketing – qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaligi boshqaruv faoliyatining 
yaxlit kontseptsiyasi bo’lib, umumiy printsiplar va funktsiyalar bilan xarakterlanadi va 
qishloq xo’jaligi fermerining ishlab chiqarishi va sotishni tashkil qilishi iste’molchilarning 
talablarini qondirishga yo’naltirilgan. Ammo, qishloq xo’jaligi fermerini boshqarishning 
marketing kontseptsiyasini qo’llash sohasi va ob’ektiga qarab marketingning turli xil 
ko’rinishlari ko’rsatiladi. 
Rivojlanish xususiyati va yondashuvlaridan kelib chiqib, uning “menejeristik”, 
“bixevioristik”, “integrallangan”, “innovatsion”, marketingni kontseptsiyasi to’g’ridan–
to’g’ri, strategik, ekologik va ijtimoiy marketing turlari mavjud. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabning xususiyatlariga qarab quydagi 
marketing turlari mavjud: 

konversion – negativ, manfiy talabni ijobiyga aylantiradi; 

kreativ –bozorda ma’lum vaqtda muayyan tovarga talab yo’q bo’lsa, talabni 
yaratadi; 

rag’batlantiruvchi – past darajadagi talabni oshiradi; 

remarketing – susayayotgan talabni jonlantiradi; 

sinxromarketing – o’zgarib tiruvchi talabni barqarorlashtiradi; 
- qo’llab – quvvatlovchi – optimal talab saqlanishini ta’minlaydi;
- demarketing – ochiqcha yuqori talabni pasaytiradi. 
Marketing taklif qilinayotgan tovar va xizmatlarning ko’rinishlariga qarab bir qancha 
turlarga bo’linadi. Xususan, marketing o’zining shaxsiy xususiyatlariga ega bo’lgan 
iste’mol tovarlari marketingi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari marketingi, bank va moliya 
marketingi, savdo – sotiq marketingi, turistik biznes marketingi, ilmiy – texnikaviy 
marketing, g’oyalar marketingi va boshqa turlarga bo’linadi.
Tashkilot va qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatining turiga, tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanadigan sub’ektga qarab quyidagi qishloq xo’jaligi marketing turlari mavjud: 
notijorat va tijorat tashkilotlar marketingi, qishloq xo’jaligi kichik biznes marketingi, saylov 
oldi kompaniyalar, alohida shaxslar marketingi va boshqalar. 

Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling