O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarini
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
17.2. Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarini
qo’llab-quvvatlash mexanizmi Evropa hamjamiyatiga a’zo davlatlar o’rtasida olib borilayotgan yagona agrar siyosat o’ziga xos mexanizimlar bilan tartibga solinib turiladi. Ularning asosini qishloq xo’jaligi mahsulotlarining narxlarini yagona bozorda qo’llab-quvvatlab turish tashkil etiladi. 108 Uning asoslaridan biri maqsadli narxlardir. Maqsadli narxlar bozori mahsulot eng kam ta’minlangan joylarda xohish asosida o’rnatilishi mumkin bo’lgan narxdir. Donchilikda shunday narx o’rnatilgan joy Germaniyaning Disburg shahri deb qabul qilingan. Disburg shahri don bilan nisbatan yaxshi ta’minlanmagan zona hisoblanar ekan. Asosiy don ishlab chiqaruvchi zona deb Frantsiyaning shimoliy qismida joylashgan Orme shahri qabul qilingan. Maqsadli narxlar har yili Yevropa Hamjamiyatining Vazirlar kengashi tomonidan o’rnatiladi va u barcha hisoblanganing asosida yotadi. Interventsion narxlar maqsadli narhlardan past o’rnatiladi. Uning asosiy maqsadi ichki narxlarning ma’lum miqdordan pasayib ketmasligini ta’minlashdir. Maqsadli narxlar bilan interventsion narhlar bilan interventsion narxlar o’rtasidagi farq donni Orme shahridan Disburg shahriga olib kellish bilan bog’liq xarajatlar miqdorida bo’ladi. Agarda bozorda narx interventsion narxlardan past bo’lsa, interventsion idoralar o’z ishini boshlaydi. Ya’ni ular donni fermerlardan interventsion narxlarda sotib ola boshlaydilar. Bozor narxi interventsion narxdan yuqori bo’lgan taqdirda fermerlar o’z mahsulotlarini bozorda erkin sotadilar. Interventsion idoralar sotib olgan mahsulotlarini zaraga bo’lsada, chetga eksport qiladilar. SHunday qilib, interventsion narxlar Yevropa bozorida shakllanadigan narxlarning pastgi chegarasini belgilaydi. Interventsion narxlar dunyo narxlaridan past bo’lishi katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. U holda chetdan mahsulotlar kirib kelishi kuchayadi. SHu sababli ikkinchi darajadagi himoya tartibi o’rnatiladi. Bu himoya tartibi ostona narxlari orqali amalga oshiriladi. Uni ba’zida minimal import narxlari deb ham yuritiladi. Ostona narxlari mahsulotni asosiy iste’mol qiluvchi zonaga uni jo’natadigan asosiy portdan olib kelish xarajatlarini maqsadli narxlardan ajratish natijasida aniqlanadi. Donchilikda asosiy don iste’mol qiladigan zona Disburg shahri, donni jo’natadigan asosiy port esa Rotterdam deb qabul qilingan. Ostona narxlari o’zgaruvchan import tarifini aniqlashning asosi hisoblanadi. O’zgaruvchan import tariflari ostona narxlari bilan dunyo narxlari o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Evropa Hamjamiyati davlatlari qishloq xo’jaligi mahsulotlari importi bilan bir qatorda ularning eksporti bilan ham shug’ullanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining dunyo narxlari, odatda, Yevropa davlatlaridagidan ancha past. Bunday holda eksportni amalga oshirish ma’lum zararlar bilan bog’liq. Ushbu zararlarni qoplash uchun eksport bilan shug’ullanganlarga eksport subsidiyalari beriladi. Eksport subsidiyasi dunyo narxlari bilan interventsion narxlar o’rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Fermerlar eksport bilan shug’ullanishlari uchun maxsus tenderda ishtirok etadilar va uni yutib chiqqanlarga eksport bilan shug’ullanish huquqi beriladi. Faqat tenderda yutib chiqqanlargagina eksport subsidiyalari beriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling