O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida mahsulotlar ishlab chiqarish


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

18.3. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida mahsulotlar ishlab chiqarish 
 
Amerika Qo’shma SHtatlarida asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmi va uning dunyo qishloq xo’jaligidagi o’rni 
 
Mahsulotlar
Mln.tn 
Dunyodagi ulushi, 

Dunyodagi o’rni 
Makkajo’xori
256,9 
42,2 

Go’sht
37,6 
16,1 

Qoramol suti 
76,3 
16,1 

Soya
85,8 
47,3 

Bug’doy 
63,5 
10,7 

Paxta (xomashyo) 
5,2 
20,6 

Tovuq tuxumi
5,1 
9,9 

Pomidor
12,2 
12,5 

Kartoshka
21,1 
7,5 



112 
 
18.4. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligini taribga solish va qo’llab-
quvvatlash 
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligini tartibga solish va qo’llab-quvvatlash 
maqsadida Kongressda har to’rt yilda “Fermer xo’jaligi to’g’risida” yangi qonun qabul 
qilinadi. Bu qonunlarda xususiy investorlarning investitsiyalarini qishloq xo’jaligi u yoki bu 
sohasiga jalb etish rag’batlantiriladi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarining tushishiga asosiy sabab qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi sanaladi. SHu sababdan yerlarni bo’sh qoldirishga 
rag’batlantirish siyosati ham olib boriladi. Bu jarayon 1933 yildan boshlangan. Yerining bir 
qismini oborotga kirgazmagan fermerlar uchun maxsus sub’sidiyalar berish nazarda tutiladi.
Barqarorlik qarzlari. Amerika Qo’shma SHtatlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
narxini bir me’yorda (barqaror) ushlab turishga alohida e’tibor beriladi. Misol. Kongress bir 
bushel makka doni uchun 2,55 dollar narx o’rnatadi. Fermer shu dasturga yoziladi va unga 
har bir bushel makka uchun 2,55 dollardan qarz beriladi. Fermer yetirilgan makkani 
davlatga topshiradi. Agarda bozorda narx 2,55 dollardan ortib ketsa, fermer davlatga 
topshirgan makkasini qaytarib olishi mumkin. Erkin bozorda sotadi va narxning farqi yana 
ularda qoladi. Aksincha narx 2,55 dollardan tushib ketsa, makkani olmaydi va olgan qarzini 
qaytarmaydi. Davlat makkani zaxiraga qo’yishi yoki o’z zarariga sotishi mumkin. 
Kompensatsiya to’lovlari. Kongress turli mahsulotlar uchun “reja narxlari”ni e’lon 
qiladi. Kompensatsiya to’lovlarini olish sharti fermer ma’lum yerlariga ekin ekmasligi 
lozim. Agarda bozor bahosi o’rnatilgan “reja narxlar”dan past bo’lsa, farqini davlat to’laydi. 
Bir yilda bir fermer xo’jaligi uchun maksimal kompensatsiya to’lovi 50000 dollardan 
oshmasligi kerak. Bu to’lov paxta, don, sut va go’sht mahsulotlariga ta’luqlidir. SHu 
maqsadda ajratilgan 20 milliard dollardan fermerlar kam foydalanishdi. Har 5 ta fermerdan 
1 tasi foydalanganligini ko’rish mumkin. Bunda ma’naviy masala (davlatning resurslaridan 
tekinga foydalanish yaxshi emas degan fikrni) ham yuqori ekanligini ko’rish mumkin.
Bozor kvotalari (cheklovlari). Ayrim mahsulotlar, jumladan, apelsin va limonlar 
bilan savdo qilishda to’g’ridan-to’g’ri cheklovlar mavjud. Bunda har haftada qancha 
mahsulot sotish belgilab qo’yiladi. SHu yo’l bilan ularning fermerlar uchun sotish bahosini 
oshirish imkoni tug’iladi. Kvotalar shtat yoki hududning ishlab chiqaruvchilar komitetlari 
tomonidan belgilanadi. O’sha hududdagi apelsin va limon ishlab chiqaruvchi fermerlar 
kvotaga ovoz berishadi va uning natijasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan 
tasdiqlangandan yuridik kuchga ega bo’ladi. Bu holatni buzgan fermer qonun oldida 
javobgar bo’ladi.
Fermalarni kreditlash. Bu borada 1916 yildayoq maxsus qonun qabul qilingan. 1933 
yilda yangi qonun qabul qilindi va unda davlatning roli kuchaytirildi. Fermer davlat, 
koperativ va xususiy kredit manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Fermer 
xo’jaliklarini kreditlashning federal tizimga 3 guruh banklar xizmat qiladi. Ko’chmas mulk 
sotib olishga; qishloq xo’jaligi inventarlari va urug’lik sotish olishga; kooperativlarni 
kreditlash. Mamlakat 12 ta zanaga taqsimlangan va har birida 3 guruhdagi banklar 
yuqoridani yo’nalishlarni kreditlaydi. Bu maqsadlarda past foizli stavkalarda kreditlar 
beriladi.
Erni (tuproqni) konservatsiya qilish. Fermer dasturga kirib yeriga o’t eksa davlat 
tomonidan kompensatsiya beriladi. Yerni erroziyadan saqlash, dam oldirish maqsadida 
amalga oshiriladi.


113 
Irrigatsiya va suv bilan ta’minlash. 16 ta g’arbiy shtat yerlariga davlat kanallari va 
dambalari yorldamida suv chiqariladi. Bu sub’sidiya yordamida 18 foiz paxta, 14 foiz arpa, 
12 foiz sholi va 3 foiz bug’doy yetishtiriladi.
Ayrim shtatlarda fermrlarga soliq imtiyozlari ham beriladi. Bu jarayonlar tanqid 
ostiga ham olinmoqda. Sabab bu yordamlar erkin bozor iqtisodiyoti talablariga mos emas. 
Davlat qishloq xo’jaligini tatibga solishga aralashuvni yo’q qilish lozim, ayniqsa ortiqcha 
mahsulotni sotib olish va fermerlarni to’g’ridan-to’g’ri kreditlashdagi yordamni to’xtatishi 
lozim deb hisoblashadi.



Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling