O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


  19- BOB. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligi


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

114 
19- BOB. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligi
 
19.1. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining iqtisodiyotdagi 
o’rni va ahamiyati 
19.2. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining tarkibi 
19.3. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligini rivojlantirish 
yo’nalishlari 
 
19.1. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining iqtisodiyotdagi 
o’rni va ahamiyati 
 
Mustaqil hamdo’stlik davlatlariga Sobiq Iqtifoq tarkibiga kiruvchi (boltiqbo’yi 
dalvtlaridan tashqari) davlatlar kiradi. Ularning deyarli barchasida qishloq xo’jaligi eng 
muhim tarmoqlaridan bir sanaladi. Mustaqil hamdo’stlik davlatlarining barchasida qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Tabiiy iqlim sharoiga hamda tarixiy rivojlanish 
natijasida shakllangan iqtisodiyoga qarab har bir mamakat qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirishga ixtisoslashganligini ko’ramiz. 
Mustaqil hamdo’stlik davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining ulushi yalpi 
ichki mahsulot 11 foizdan 26 foizni tashkil etadi.
Mustaqil hamdo’stlik davlatlari qishloq xo’jaligida iqtisodiy faol aholining 12-28 
foizi band. 
Mustaqil hamdo’stlik davlatlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ichki talabni 
qondirish darajasida 56 foizdan 96 foizni tashkil etadi.
19.2. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining tarkibi 
 
Mustaqil hamdo’stlik davlatlari qishloq xo’jaligida mustaqillik yillari davrida katta 
o’zgarishlar yuz berdi. Eng avvolo bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonini boshidan kechirdi. 
Bozor munosabatlariga mos qonunlar va me’yoriy huquqiy asoslar o’zgartirildi. Qishloq 
xo’jaligida mulkiy munosabatlar o’zgarib, xususiy mulk hal qiluvchi kuchga ega bo’ldi. Bu 
o’zgarishlarga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari ham o’zgardi. Qishloq 
xo’jaligi kooperativlari, agrofirmalar, jamoa xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari yuzaga keldi.
Mustaqil hamdo’stlik davlatlari ichida qishloq xo’jaligi nisbatan yaxshi rivoj topgan 
dallatlardan bir Rossiya Federatsiyasi sanaladi. Qishloq xo’jaligining yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 2014 yilda 4,8 foizni tashkil etdi. Band bo’lganlarning 10 foizi qishloq 
xo’jaligi ishlaydi. Tarixan don yetishtirish bilan shug’illangan. Revolyutsiyagacha don 
ekinlari maydoni jami ekinzorlarda 88 foizdan ortiqroqni tashkil etgan. Don asosiy eksport 
tovarlaridan biri hisoblangan. Sobiq Itifoq davrida 145 millon gektardan ortiq yerda 
dehqonchilik qilingan. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2008 yilga kelib 1990 
yildagi darajaning 87 foiziga yetdi. O’simlikchilik 130 foizni, chorvachilik 60 foizni tashkil 
etdi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 56 foizi o’simlikchilik va qolgan 44 foizi 
chorvachilika to’g’ri keladi. Yetishtirilgan yalpi mahsulotning 48-50 foizini aholining 
shaxsiy yordamchi xo’jaliklari, 43 foizga yaqinini qishloq xo’jaligi korxonalari va 8 foizga 
yaqinini fermer xo’jaliklari ishlab chiqaradi. Yer yuzidagi jami haydaladian yerlarning 10 
foizi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi. Bo’g’doy eksporti bo’yicha dunyoda 3 o’rinda (AQSH 
va YeIdan keyin) turadi. 84 ta davlat Rossiya bug’doyi va unini import qiladi. 


115 
2006 yilda “APKni rivoji” dasturi qabul qilindi. Dastur ustun darajada chorvachilikni 
rivojlantirishga, qishloq xo’jaligini raqobatbardoshligini oshirishga, kambag’allika qarshi 
kurashishga, qishloq xo’jaligida kichik biznesni rag’batlantirishga qaratilgan. Har yili 
qishloq xo’jaligini qo’llab-quvvatlashga 140 milliard rubl otrofida mablag’ davlat 
byudjetidan sarflanmoqda. 2010 yilda Braziliya, Rossiya, Xindiston va Xitoy (BRIK) 
o’zaro qishloq xo’jaligi bo’yicha delaratsiya imzolashdi. Uning mohiyati qishloq xo’jaligi 
sohasi bo’yicha hamkorlik qilish, qishloq xo’jaligi bo’yicha ma’lumotlar bazasini 
yaratishdan iboratdir.
Qozoqiston Respulikasi qishloq xo’jaligi rivojlangan davlatlardan biri sanaladi. 
Qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladigan yer maydoni 222,5 million gektarni tashkil 
etadi. SHundan, 24,1 million gektari (10,8%) haydaladigan yerlarni, 5 million gektari 
(2,2%) pichanzorlarni va 189 million gektari (85%) yaylovlarni tashkil etadi. Respublika 
qishloq xo’jaligida bug’doy, arpa, sabzavot, poliz, kungaboqar, len, tamaki, paxta, qand 
lavlagi, sholi, meva va uzum yetishtiriladi. CHorvachilikda qo’ychilik, otchilik, tuyachilik 
va qoramolchilik asosiy tarmoqlar sanaladi. Keyinga paytlar parrandachilik ham tez rivoj 
topmoqda. 1954 yilda qo’riqni (tselena) o’zlashtirish boshlandi. 1954-1959 yillarda qo’riqni 
o’zlashtirishga 20 milliard rubl sarflandi. 
Qishloq xo’jaligi aholisi 7,3 millon kishi. Yiliga juda kam, ya’ni 150-320 mm 
yomg’ir tushadi. Mamlakat qishloq xo’jaligi shakar, o’simlik moyi, parranda go’shti, 
sabzavot va mevalar bilan o’zini ta’minlay olmaydi.
Jun, teri, paxta tolasi va bug’doy eksport qiladi. 90 foizdan ortiq chorva mollar uy 
xo’jaliklarida joylashgan.



Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling